Reja: “Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Dinning mohiyati, funksiyalari



Download 124,67 Kb.
bet27/60
Sana20.08.2021
Hajmi124,67 Kb.
#152708
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Bog'liq
Dinshunoslik maruzalar

Hadislardan:

Omonat qo’ygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting;

Xaqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang;

Qachonki bir gunoh qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish qiling.

O’zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo’rqaman:

Nafsu havoga berilib, yo’ldan ozishdan;

Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishidan;

Ilmu ma’rifatga ega bo’la turib g’ofillarning ishini tutishidan;

Beshta narsadan oldin beshta narsani g’animat biling:

O’limdan avval tiriklikni, betoblikdan avval salomatlikni, bandlikdan avval bo’sh vaqtni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan oldin boylikni.

Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so’ng esa otangga yaxshilik qil.

Ota-onalarning keksalik vaqtida har ikkisini, yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin va yana xor bo’lsin.

Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do’zaxga mahkumdir. Hadisi muborakdan keltirilgan ushbu misralarning ma’naviy jihatlariga izoh berishning hech bir hojati yo’q-

Islomda ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo’lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishinish o’zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hadislardlgi «Sadaqaning afzali mo’min kishi ilm o’rganib, so’ng boshqa mo’minlarga o’rgatishdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» kabi fikrlar tahlilga muxtoj emas.

Qur’oni karimda «Ilm» so’zi asosida «Alima» - bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo’lgan oyat ham «Ikra...» «O’qi» so’zidan boshlanadi.

Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashxur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay «suhbatlashib» chiqibdilar. Ertalab SHayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb suraganlarida, Abusaid Abulxayr: «Men nimaiki vajd (intuiqiya) bilan bilgan bo’lsam, u aql bilan bilib olgan», debdi. Ibn Sino esa o’z shogirdlariga: «Men nimaiki aql bilan bilgan bo’lsam, u ko’ngnil bilan idrok etadi», deb aytgan ekan. Ko’rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abulxayr esa - tasavvuf shayxi, ilohiyot olimi. Ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar.

Mirzo Ulug’bek bilan Xo’ja Ahror Valiy zamondosh, bir shaharda yashaganlar. Ulug’bek - munajjim va shoh, uning shogirdlari aniq fanlar vakillari. Xo’ja Ahror esa mu’tabar din arbobi, ruhoniy zot. Ammo ular bir-birlariga halaqit bergan emaslar, aksincha, biri ilmiy ma’rifatni, ikkinchisi bo’lsa ruhoniy ma’rifatni rivojlantirib, bir-biriga ko’mak berganlar.

Gap hoh diniy, hoh dunyoviy ma’rifatni to’g’ri va chuqur anglashda, har ikkovini ham egallamay nodon, johil bo’lib qolmaslikdadir.

Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi.

Islom bu faqat aqida emas, avvalo, ma’rifat, ilmdir: Islom tarixiga nazar tashlasak Muhammad payg’ambarimizgacha bo’lgan davr arablarda «johiliya» davri deb ataladi. «Johiliya» nodonlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri o’rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa, adabiyot va san’atni rivojlantirdi, o’ziga xos ma’naviyat va ma’rifatni yaratdi. Bizning ulug’ bobolarimiz islom ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shib, kalom ilmi, fiqh, tasavvuf ta’limotini rivojlantirdilar.

          


Download 124,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish