Qur’oni Karim ilohiy kitob bo’lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqqadas kitob yer yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash halifa Abu Bakr davrida boshlanib halifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to’rt nusxada ko’chirilgan. Ana shu ko’chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog’liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning yurtimizda bo’lishi Ollohning bizning yurtimizga bo’lgan inoyati deb bilmoq lozim. Qur’oni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz Qur’oni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o’tmishda bir orzu edi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |