ISLOM TA’LIMOTI
Islomdagi yirik yo’nalishlarning paydo bo’lishi haqida shuni aytish, lozimki, islom ham o’z tarixiy taraqqiyoti davomida bo’linishdan chetda qolmagan.
Jahondagi barcha yirik dinlar o’z taraqqiyotining muayyan bosqichida turli yo’nalish va oqimlarga bo’lingan. CHunki mazkur din tarqalgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi, muayyan dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlichaligidadir.
Islom ham o’z tarixiy taraqqiyotida bunday bo’linishlarni o’z boshidan kechirdi. VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval. xorijiylar (Al-xavorij, xaraja-dindan chiqmoq mazmunida) yo’nalishi shakllangan, so’ngra yana ikki yirik oqim-sunniylik va shialikka ajralgan.
Sunniylik - bu islomda izchil, sobitqadam yo’nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko’pchilik qismi - 92 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7 foizi shialikka e’tiqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an’ana, hatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan so’z arabcha «Sunna» - «muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad to’g’risidagi rivoyatlar va uning hadislari to’plami degan tushunchadan olingan. YAna sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo’lgan ko’rsatmalar, amallardir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo’lgan xalifalarning oliy
hokimiyatiga bo’lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar to’plami deb qaraladi. U VII asr o’rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidaga kurash o’z ifodasini topgan. Uni to’plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Imom Buxoriy, Imom at— Termiziy asosiy rol o’ynaganlar.
Sunniylikdan keyinchalik hanafiy, hanbaliy, molikiy va shofiy
mazhablari shakllandi.
SHialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma’nolarni beradigan arabcha «shia» so’zidan kelib chiqqan. SHialik o’z ahamiyati va tarafdorlari soniga ko’ra islomdagi ikkinchi yo’nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to’rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda ko’p sektalarga bo’linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdoriga ega bo’lib, hozir ham islom drirasida, katta rol o’ynamoqda.
SHialar Arabistonda paydo bo’lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan.
SHia yo’nalishi islomiy ibodiy, zaydiy, druz, ja’fariy mazhablarini o’z ichiga oladi.
Xorijiylar. (Al-xavorij) Bu oqimning nomi, «chiqing», «qarshi bo’lish», «isyonchilar» ma’nolarini anglatuvchi arabcha «haraja» so’zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. Islom olamini 1% ni tashkil etadi. U Ali bilan Muoviya o’rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo’lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida paydo bo’lgan.
Xorijiylar 661 yili Alini o’ldirishgan. Muoviya hukmronligi yillarida (661-680) va undan kyoyin xorijiylarning yirik qo’zg’alonlari bo’lib o’tgan.
Islom boshqa jahon dinlari orasida davlat va huquqqa nisbatan juda yaqin aloqada bo’lib bu shariat shaklida mavjud bog’liqlikning uzviyligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. SHariat-islom diniy huquq qonun-qoidalarning mavjudligidir. Ammo shariatni dinning huquq majmuidan kengroq tushuncha deb bilish lozim. CHunki bu diniy huquqdan
tashqari ahloqiy va diniy marosimchilik talablarining majmuini o’z ichiga oladi.
Qur’onda bo’lmagan yoki bo’lsa ham noaniq holda tasvir qilingan hatti-xarakatlar yoki ta’qiqlarni shariat aniq va ravshan qilib belgilashi ham uzoq muddatlar davomida undan foydalanib kelishga zamin bo’lgan.
Islomdagi diniy huquqiy mazhablar va ularning asoschilari, himoyachi va oqlovchilariga oid tartib qoidalari, qasam ichish, va’da berish va qasamyod qilish, qarzni uzish, kafillik, kafolat berish, omonat saqlash tahlili va ularga mansub tartib - qoidalar shariatning asosiy bo’limlaridan hisoblanadi. SHariat musulmonlarnipt ichki hayoti, e’tiqodi va diniy vijdonini bevosita nazoratga oluvchi diniy va ahloqiy qoidalarni qamrab oladi.
XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda vujudga kelgan siljishlar ayniqsa islom keng tarqalgan hududlarda yuzaga kelgan ilg’or fikrlarning davlat taraqqiyotidan orqada qolayotgan g’oyalarga qarshi kurashda ko’zga tashlanadi. Bu jarayon islomga nisbatan qarashlarda ham o’z aksini topgan. Bunga quyidagilarni misol keltirish mumkin. Islom modernizmi - islomning diniy ta’limotidagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarga taalluqli aqidalarni yangi zamon sharoitlariga muvofiklashtirish, zamonaniylashtirish orqali taraqqiyotning yangi yo’llarini ishlab chiqishdir.
Islom traditsionalizmi oqimining tarafdorlari o’rta asr aqidalariga qattiq amal qilib, ularni o’zgarmas deb hisoblagan holda dinni har qanday isloh qilishga: modernizmga qat’iy qarshi chiqqanlar va hozir shunday qilayotirlar. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir mo’min, qaysi millatga mansubligidan qat’iy nazar, o’z hayotida islom aqidalariga amal qilishi, ularni og’ishmay bajarishi, islom traditsionalizmining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Islom fundamentalizmi esa «sof» islomni tiklash harakati asosida Markaziy Osiyo musulmonlari, ko’pincha yosh musulmonlar orasida paydo bo’lgan diniy oqim. Ushbu mavzuga bag’ishlaigan - diniy fundamentalizm, ekstremizm haqida alohida ma’ruzalar mavjud.
SHarq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga chuqur ta’sir o’tkazgan tasavvuf (sufizm) ta’limoti VIII asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik - bu dunyo hoyu-xavasidan voz kechish) harakati ko’rinishida bo’lib Bag’dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng yoyilgan.
Asli tasavvuf so’zi «Sufiy» so’zidan, «Sufiy» so’zi esa arabcha «Suf» so’zidan yasalgan. Suf deb arablar jundan bo’lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda sufiylik yo’lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tiqilgan chakmon (u hirka deb ham aytilgan) yoki po’stin kiyib yurishni odat qilganlar. SHuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, ya’ni sufiylar deb ataganlar. Sufiy boshqa odamlardan o’zini pok va g’aribona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo’lishi va faqat ilohiy ruhga qo’shilishni maqsad qilib qo’yishi bilan tubdan farq qiladi. Sufiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo’lmasligi kerak. YAgona istak bu Ollohning diydoriga yetishishdan iborat. Faqirlik tuyg’usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg’iz Ollohga banda, u yolg’iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o’zlikdan kechish - sufiylik ta’limotining ma’nisi mana shu. Buyuk sufiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: o’zingdan o’tding, Ollohga yetding. Hazrat Xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo’q, lekin hech narsadan g’amimiz yo’q,. O’sha «hech»... narsa ketidan yugurib g’am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go’riston, agar o’lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf - sufiylik insonni o’rganar ekan, avvalo, kishining ko’ngliga, diliga tayanadi, ko’ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko’ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo’yish jism ehtiyoji va nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb o’rgatiladi. Komil inson bo’lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta’masini yengish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo’yish kishini nafsiga qo’l qilib kuyadi. Darvesh, sufiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog’idan, tubanlik jaridan kutqarib, uni poklashning birdan-bir yo’li nafsning ehtiyojini yengishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko’ngil bog’lash darkor. Sufiylikda buni dunyo mohiyatini va o’zligini, insoniylikni anglash yo’li deb qaralgan. O’zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o’tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «o’z nafsining yomonligini tanish o’zligini tanishdir».
Demak tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O’tmishdagi Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.
SHuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo’lgan. Xoja hakim at-Termiziy, SHayx Abu Mansur al-Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Ahmad YAssaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, SHayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, YUsuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma’rifat yo’lining rahnamolari bo’ldilar. Ular yaratgan ta’limot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. CHunonchi, Ahmad YAssaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo’lishga chaqirishda foydalanish o’rinli. YAssaviy inson hayotidagi katta kurash - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag’lub shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan g’arib - shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. SHu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo’lmagan kishining g’ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. O’z xikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldan ozib, toyib, to’zib gumroh bo’lur.
YOtsa - tursa shayton bilan hamroh bo’lur....
U nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb murojaat etadi, va «Nafsim meni yo’ldan urib xor ayladi, Termultirib haloyikqa zor ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qo’latadi. SHu bois «Nafsni tanib mehnat yetsa rohat», - deb xitob qiladi. Bu g’oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g’oyat muhim.
Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida xur fikrlikka keng o’rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o’z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni ko’pchilik bilan baham qurish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo qurishni afzal bilganlar.
Bahouddin Naqshband - aybsiz odam yo’q, shuning uchun agar aybsiz do’st axtarsak do’stsiz qolamiz, - der edilar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo’lgin va odamlarga yorug’lik ber, o’zing esa qorong’uda bo’l, degan ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Ko’ngil Ollohda bo’lsinu, qo’ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida so’zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya haqida ham to’xtab o’tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o’z vatanini, xalqini dildan sevgan insonni ham ko’ramiz. 1221 yilda bosqinchi mug’ul galalari qadami Xorazmga yetib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o’z holiga tashlab qochadi. SHu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shaxid bo’ladi. Uning siymosi xalq, kahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o’nta bo’lib, ularda bu tariqat yo’lini tutgan sufiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo’lishi ko’rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo’lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik har qanday pastkashlik riyo, makr va xiyla-nayrangga bormaslik hayvoniy xususiyat - shaxvoniy hirslarga berilmaslik g’oyalari ilgari suriladi.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga saykal berish ilmi. U inson odobini - ya’ni ma’naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. SHu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.
Islomda axloqiy-huquqiy qonun-qoidalar majmui shariat XI-XII asrlarda tugal shakllangan. SHariat qonun-qoidalari Qur’on va sunnat asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib-qoidalar «Hidoyat», «Vikrya», «Muxtasari hidoya», «Muxtasari vikrya» nomli kitoblarda jamlangan.
SHariatda qonunlar muqaddas hisoblanib, unga har bir mo’min-musulmon ijtimoiy holatidan kat’iy nazar Ollohning bandasi sifatida birday amal qilishi talab etilgan.
Islomda halol qilingan narsalar va ishlar ko’pchilikka ma’lum, u haqda ko’p eshitganmiz. Harom qilingan ishlarni eslatib o’tish va eslatib turish joizdir. Bulardan ayrimlarga qo’yidagilar: sog’ bo’la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bo’lish, savdo-sotiqda g’irromlik qilish, birovning haqqiga, omonatiga hiyonat qilish, qasamho’rlik, sudxo’rlik, o’g’irlik, qarokchilik, mayxo’rlik, g’iybat, tuhmat, bo’hton, josuslik, qotillik, poraxo’rlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarar keltiradigan ish va amallardan iborat.
Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g’amho’rlik farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo’l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo’lish, mehr-shafqatlilik, to’g’rilik, rostguylik, sofdil bo’lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g’oyalari ilgari surilgan.
Munofiqlik belgisi uchtadir: YOlg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga hiyonat qilishdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |