3-MAVZU. Islom dini. Islom ta’limoti
Reja:
1. Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Islom dinining vujudga kelishi
2. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi.
3. Hadislar – Qur’ondan keyingi mo’’tabar manba.
4.Islomdagi oqimlar
5.Kalom falsafasi. Islomda huquq falsafasi
2. Tasavvuf ta’limoti: tushunchasi, mohiyati, ma’naviyati va poeziyasi
Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 600 million kishini tashkil etadi.
«Islom» so’zi arabcha bo’lib «xudoga o’zini topshirish», «Itoat», «Bo’ysunish» ma’nosini beradi. SHundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko’pchilik shakli «Muslimun» bo’lib, o’zbeklarda «Musulmon», qirg’iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, Habashiston, g’arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit’asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg’oniston, Xitoy aholisining bir qismi, yevropa qismida bo’lsa, Bolqon yarim orolida yashaydigan xalqlarning bir qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Aholisining ko’pchiliga mutloq musulmonlardan iborat bo’lgan 39 mamlakat, xatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etgan ba’zilari ham (Misr, Malayziya) 49 o’zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. YA’ni ularning ba’zilarida (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarining nomiga islom so’zi qo’shib aytiladi. Rasmiy statistika bo’yicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi, musulmonlardan iborat 28 mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan olingan.
Islom dinida payg’ambar hisoblangan Muhammad (s.a.v.) 571 yilda Makkada quraysh qabilasining hokimiylar avlodidan bo’lgan Abdulloh va Omina xonadonida tug’iladi. Muhammad (s.a.v.) yoshligida yetim qolgan, avval bobosi Abu Mutallib so’ng amakisi Abu Tolib qo’lida tarbiyalanadi. Balog’atta yetgach, savdogarlar qo’lida xizmat qilib, 25 yoshida beva boy ayol— Hadichaga uylangach, uning mablag’lari bilan mustaqil savdogarlik qila boshlab, juda ko’p davlatlarga borgan. Muhammad (s.a.v.) 610 yili qirqqa kirganda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot yurgizgan. U targ’ibot boshlagan dastlabki yillarda, nisbatan juda oz kishi (Hadicha, Abu Bakr, Talxa, Zubayr, Usmon va qarindoshlari, ayrim savdogarlar) bu targ’ibot izidan borganlar. SHuning bilan birga, o’sha davrdayoq qurayshlarning ummaviylar xonadoniga mansub bo’lgan va Makkada siyosiy xokimiyat tepasida badavlat zodagonlar targ’ibotiga jiddiy qarshilik qo’rsata boshlagan. Mamlakatda ahvol jiddiylashganini ko’rib Muxammad (s.a.v.) Makkadagi Aus va Hazraj nomli qabilalarning vakillari bilan Madinaga ko’chib kettan.
622 yili yuz bergan bu ko’chish (arabcha «hijra»)dan musulmonlarning xijriy yil hisobi boshlanadi. Makkadan ko’chib borganlar islom tarixida «muhojirlar» (ko’chib kelganlar), Madinalik qabilalardan islomni qabul qilganlar esa «ansorlar» («yordamchilar») deb nom olgan.
Muxammad (s.a.v.) Madinaga kelgach, o’z mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi va islomni targ’ib qilishni davom ettiradi.
Nihoyat makkaliklar va madinaliklar o’rtasida bir necha janglar bo’lgan. Ulardan biri. Badr qudug’i yonida II hijriy yilning ramazon oyida (17 yoki 19 kun) bo’ladi. Ikkinchi jang 625 yil iyul - avgust oylarida va 626 yili «Handoq jangi» nomini olgan uchinchi to’qnashuvlar ham bo’lib o’tdi. Ushbu janglarda Muhammad (s.a.v.) g’alaba qozongandan keyin Madinada o’z mavqeini mustahkamlab bu yerda faol siyosat olib boradi.
628 yili musulmonlar jamoasi uchun muhim bo’lgan voqea yuz beradi. Muhammad (s.a.v) Ka’bani muqaddas deb e’tirof etishni namoyish qilish maqsadida 1500 ga yaqin musulmonlar bilan barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga jo’naydi. Bundan xavotirlangan ummaviylar rahbarlari Abu Sufyon bilan birga Makkada 30 kilometrcha narida bo’lgan Hudaybiya vodiysida uni to’xtatadilar. Muzokaralar boshlanib, o’rtada shartnoma, «xudaybiya sulhi» tuziladi, qasam ichiladi, qasam «bayha» deb ataladi. Bitimlarga muvofiq makkaliklar madinaliklarga kelasi yildan boshlab hajga kelishga ijozat berishadi.
630 yili: Madina qo’shinlari Makkani qarshiliksiz egallaydilar. Ummaviylar bilan raqobat qilgach, ular Payg’ambar yaqin yordamchilariga aylanadilar. Islom Arabiston yarim orolining asosiy hukmron diniga aylanadi, SHunday qilib Muhammad (s.a.v) islom bayrog’i ostida arab qabilalarini birlashtirib yagona markazlashgan mamlakatni tashkil etadi.
Muxammad (s.a.v) 632 yili iyun oyida 62 yoshida Madinada vafot etadi. Bu davrlarga kelib anchagina mustahkamlangan musulmonlar davlati vujudga kelgan va bu davlat YAmandan Sino yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan markaziy qum sahrolarigacha cho’zilgan katta hududni o’z ichiga oladi. Muxammad (s.a.v.) vafotidan keyin halifalar (yordamchilar) davlatni boshqaradilar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati o’zining bundan keyingi tarixiga «arab xalifaligi» deb nom beradi. Muhammad (s.a.v.) vafot ettandan keyingi birinchi kunlardayoq musulmonlar jamoasi yo’lboshchilari hokimiyat uchun kurash boshlaydilar. Bu kurashda muhojirlar guruhi g’olib chiqadi va Muhammadning qaynotasi, Oyshaning otasi Abu Bakr halifa deb e’lon qilinadi, Abu Bakr hukmronligining (632-634) dastlabki yillarida bir qator arab qabilalari o’rtasida Madina hukmronligiga qarshi o’z mustaqilligi uchun harakat boshlanadi. Bu voqealar diniy manbalarda «ar—ridda» deb nom olgan. Islom tarixida Madina hukmronligiga qarshi bosh ko’targan qabilalar harakati «islomdan chiqish», «dindan qaytish» deb ta’riflangan. Dindan qaytgan kishilar qattiq ta’qib qilingan. Halifa Umar (634 — 644) zamonida istilolar yana kuchaydi. 634 yili Basra, 633 yili Damashq, 640 yili Quddus va Falastin, Suriya yerlari to’la ravishda halifalik qo’liga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |