Nirvana – (sanskr. «so’lish») buddaviylik va jaynizm diniy falsafalariga ko’ra, ruhning sansara kishanlaridan to’la ozod bo’lishi va oliy maqomga erishish
Nirvana – (sanskr. «so’lish») buddaviylik va jaynizm diniy falsafalariga ko’ra, ruhning sansara kishanlaridan to’la ozod bo’lishi va oliy maqomga erishish.
Ota Xudo - Xristianlikda Xudoning uch ko’rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo’lib, uchlikning qolgan ko’rinishlari (O’g’il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan hisoblanadi.
Oxirat – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan keyin barcha qayta tirilib, qilgan amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan ikkinchi hayot.
Rojdestvo – Xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Iso Masihning odam tanasida mujassam bo’lib tug’ilishi kuni munosabati bilan o’tkaziladi. Ushbu bayram haqidagi ilk ma’lumotlar IV asrga tegishli xristian manbalarida qayd qilingan.