Xristianlikning SHarqqa tomon tarqalishi, O’zbekistonda xristian cherkovining tutgan o’rni. XI asrning oxirida xristianlikniig SHarqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar SHarqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Merke) da xristian cherkovlari qurilgan bo’lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (558 yillar) 6-12 yepiskopliqsan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar, moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram yerlarda ta’qib qilinganlar.
O’rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik o’rtasidagi kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Haggo Beruniy yashagan davrda ham (973-1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo’lgan.
Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan. Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Albaniyasi hududida esa (hozirga Ozarbayjon va Janubiy Dog’iston xududi) IV-VIII asrlarda hukmron din hisoblangan.
O’sha davrdagi ko’pdan-ko’p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidaga SHarqning hukmronlari tomonidan eng ko’p homiylik ko’rsatilgan din xristianlikning sharqiy yo’nalishi bo’lmish nestorianlik bo’lgan. Xalif saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgohi esa Konstantinopoldan Bag’dodga ko’chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, Amurgacha bo’lgan SHimoliy va g’arbiy Xitoyda targ’ib qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga karshi kurashdagi markazi 1257 yildan so’nggina o’z faoliyatini to’xtatgan Samarqand mitropoliyasi bo’lgan.
Hozirgi mustaqil O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular orasidagi dindorlar 17 konfessiyaga, ya’ni diniy uyushmaga e’tiqod qilishadi. Bular doirasida islomdan so’ng 2-o’rinni xristianlikning pravoslaviye oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va markaziy uyushmasi, chunonchi baptist, iyegovist, adventist kabi sektalari bor.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi yangi tahrirda e’lon qilingan konunga asosan respublikadagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat ko’rsatmoqdalar. Bu huquq va erkinliklar qonun bo’yicha kafolatlangan.
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik. hamjihatlilik mavjud bo’lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari ham salmoqli hissa qo’shmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |