- vazifa
Boshqaruv qarorlari unsurlari
- vosita
- javobgarlik
- muddat
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu yerning ozida muammo kelib chiqadi.
Bu muammoning yechimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi:
Nima qilish kerak (masalan, istemolchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat korsatkichlarini yaxshilash lozim)?
Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qollash lozim?
Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bolishi kerak?
Kim javobgar bolishi kerak?
Kimga va qaysi bahoda sotish lozim?
Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi?
Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak?
Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Malumki, har bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil boladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdaga kundalik masalalarga doir, sex boshligi xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan sex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, ozaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi masalalar boyicha qaror qabul qiladi.
Turli rahbarlar qaror qabul qilishga turlicha yondashadilar. Masalan, ulardan bazilari qarorni mustaqil qabul qiladi, uning natijasini talab etilgandagina yuqori turgan rahbarlarga malum qiladi, boshqalari yuqori turgan rahbar bilan kelishmay turib hech qanday qaror qabul qilmaydi. Uchinchi turdagi rahbarlar mustaqil qaror qabul qilishdan chochiydi, oz rahbari korsatmasini kutib otiraveradi.
Har qanday darajadagi rahbar oz huquq va burchlarini, masuliyat va javobgarligini, oz vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bolishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmogi lozim. Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalgitsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim doirasi torligidan, oz sohasini yaxshi bilmasligidan, oz vazifasini uddalay olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim ham oz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni ozining burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak. Kondalang turgan masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning har bir bogini oz ishini bajarishi kerak, yuqori organlarga ha deb murojaat qilinaverilsa, ular yirik muammolar bilan shugullanishga yetarli vaqt topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar oz huquqlari doirasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |