Tashabbusli qarorlar oz tavsifiga kora novatorlik mazmuniga kora esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil organishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi.
Ananaviy qarorlar - bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldindan malumdir. Bunga, korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bola oladi. Tavsiyali qarorlar oz mohiyatiga kora tashabbusli qarorlarga yaqin bolib, ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar oz aksini topadi.
Aniq qarorlar tola-tokis axborot mavjud bolgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin boladi.
Noaniq qarorlar - bu tavakkal bilan - tola bolmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati bolmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. Masalan, Mudofaa vazirligining eng yangi, murakkab qurolni yaratish togrisidagi loyihani tasdiqlash boyicha qabul qilingan qarori, odatda noaniq qaror shaklida boladi. Chunki ishlab chiqarilgan qurolning qanchalik samarali yoki samarasizligi, uning, qanchalik puxta yaratilganligi, nechoglik moljalni oqlaganligi bilan isbotlanadi. Ehtimol, tavakkal qilib ishlab chiqarilgan yangi qurolga ehtiyoj umuman bolmasligi mumkin.
Ana shunday va shunga oxshash hollarda qabul qilingan qarorlar, odatda noaniq yoki tavakkal qilib qabul qilingan qarorlar hisoblanadi.
Amal qilish xarakteriga qarab boshqaruv qarorlari quyidagi turlarga bolinadi:
*vaqtinchalik qarorlar;
*tezkor (operativ) qarorlar;
*muntazam qarorlar;
*vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar.
Vaqtinchalik qarorning amal qilishi malum muddat bilan cheklanadi yoki doimiy qaror qabul qilinguncha amal qiladi. Masalan, biror-bir bayram munosabati bilan korxonada navbatchilarning tayinlanishi boyicha chiqarilgan buyruq shunday qarorlarga misol bola oladi. 1
Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bolgan hollarda uni bartaraf qilish boyicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xojalik faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan ( oy, yil choragi, yarim yillik, toqqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bola oladi.
Vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biron sababga kora qabul qilinadi. Masalan, shahar transporti xizmatining samaradorligini aniqlash maqsadida biror-bir avtobus marshurutidagi harakatni kuzatish boyicha qabul qilingan qaror shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham boladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar kop hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda ozini korsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 8090 foizi buyruqbozlikka asoslangan boladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab boladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan boysunuvchilar ortasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, ozaro ishonchning yoqolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. Yakkaboshchilik tamoyilidan farqli olaroq, yakdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga kora ilgari surilayotgan muqobil fikrni sozsiz qollab-quvvatlashdan iborat. Bunday bolishi juda kam uchraydigan hodisadir, chunki qarorlarni qabul qilishda qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdorlari bolsada, odatda boshqalarnikidan farq qiladigan oz fikriga ega boladi.
Kollegiallik (kopchilik) tamoyili kaolisiyalar, yani turli ittifoq yoki birlashmalar royirost malum bolib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yoliga otiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun kopchilikning ovoziga tayaniladi. Kopchilik hollarda yarmidan kop ovoz gohida prinsipial masalalar yuzasidan meyor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili xur fikrlik, yani fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qollaniladi.
Oz mohiyati bilan konsensus bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Konsensusga ozaro fikr almashish va maslahat, shuningdek ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qollash yordamida erishiladi.
"Ringi" usuli yapon biznesida keng qollaniladigan usuldir. Bu usulga kora majlislarda emas, balki sorab chiqish yoli bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Yaponiyada Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat masuliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining korinishlaridan biri, deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bolgani uchun yapon matbuotida uning shaniga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bolsada, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |