7 – jadval
"Ringa" usulini qo’llash bosqichlari
№
|
Bosqichlar
|
Izoh
|
1.
|
Birinchi bosqich
|
* Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarishga)ga doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda ortaga tashlaydi.
|
2.
|
Ikkinchi bosqich
|
* Muammo pastga yani loyiha ustida ish tashkil etiladigan pogonaga uzatiladi.
|
3.
|
Uchinchi bosqich
|
* Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari boyicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarini bartaraf etish bosqichidir.
|
4.
|
Tortinchi bosqich
|
* Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferensiyalar otkaziladi.
|
5.
|
Beshinchi bosqich
|
* Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim oz muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
|
Qaror shaxs tomonidan qabul qilinar ekan, unda bu shaxs fazilatlari u yoki bu darajada aks etmay qolmaydi. Shu nuqtai nazardan quyidagi korinishdagi qarorlarning mavjudligi etirof etiladi:
motadil, muvozanatlashgan qarorlar;
turtki beruvchi (impulsli) qarorlar;
tinch holatni saqlovchi (inertli) qarorlar;
tavakkalli qarorlar;
ehtiyotkorona qarorlar;
oqilona qarorlar.
Muvozanatlashgan qarorlarni, odatda mazkur muammoni obdon bilgan, har bir harakatini "yetti olchab bir kes" qabilida ish tutadigan, ozining xatti-harakatlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshadigan menejerlar qabul qiladi. Bunday boshqaruvchilar qarorni qabul qilishdan oldinroq u togrisida ozining tayanch fikriga ega bolgan boladi.
Turtki beruvchi (impuleli) qarorlarni qabul qiluvchi rahbar rang-barang fikr, goyalarni osonlik bilan oylab topadigan, ammo ularni aniqlash, baholash, tekshirishga imkoniyat topa olmaydigan rahbardir. Shu sababli bunday qarorlar birdaniga qabul qilinib, yetarli darajada asoslanmagan va ishonchsizroq boladi.
Tinch holatni saqlovchi (inertli) qarorlar chuqur izlanishlar natijasida qabul qilinadi. Bunda qaror tezkor tolling paydo bolishdan kora koproq aniqlik kiritish, nazorat qilish asosida qabul qilinadi. Shu sababli bunday qarorlarda novatorlik, originallik va juda sozlik alomatlari oz aksini topmaydi.
Tavakkalli (riskli) qarorlarning impulsli qarorlardan farqi shundaki, uni qabul qiluvchi boshqaruvchilar oz taxminlarini asoslashga urinmaydilar. Ular ozlariga ishongan holda hech qanday xavfdan qorqmaydilar.
Ehtiyotkorona qarorlar oz ishiga nihoyat puxta yondoshadigan, unga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydigan, turli variantlarni baholab ish tutadigan menejerlar tomonidan qabul qilinadi. Bu qarorlarda originallik va yangilik alomatlari oz aksini topmaydi. Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |