3. Boshqaruv faoliyatiga oid qarorlarni qabul qilish
Ish jarayonini rejalashtirish deganda, boshqaruv obektining zimmasiga yuklanadigan vazifa, uning oldiga qoyiladigan aniq maqsad nazarda tutiladi. Boshqaruvchining qarori yozma yoki ogzaki tarzda ifodalanishi mumkin. Menejmentda mazkur holat boshqaruv qarorining qabul qilinishi, deb yuritiladi. Faoliyatni rejalashtirish yagona maqsad yolida barcha tashkilot azolarining say-harakatlarini (urinishi, izlanishi) uygun birlashtirishga yordam beruvchi vositadir. Boshqaruv tub manoda aynan faoliyatni rejalashtirishdan boshlanadi. Korxonani maqsadli faoliyati qanchalik muvaffaqiyatli kechishi ushbu vazifaning sifatli ijro etilishiga bevosita bogliq.
Boshqaruv faoliyatiga oid qarorlarni qabul qilish quyidagi masalalarga oydinlik kiritishga yordam beradi:
* ayni vaqtda korxonaning ahvoli qay darajada? Bu savolga javob izlash davomida menejerlar tashkilotning kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilishi lozim. Tashkilot faoliyatining muhim jihatlarini (moliyaviy soha, marketing, personalning imkoniyatlari) organib chiqish asosida tashkilotning real imkoniyatlarini aniqlash mumkin boladi.
* faoliyat maqsadi va yonalishi qanday bolishi lozim? Bu masalani yechimini izlash chogida menejerlar tashqi muhitni organib, tashkilotning imkoniyatlari qanday, unga kimlar va nimalar tosqinlik qilishi mumkin, degan savollarga javob topmogi lozim.
* maqsadli qaoliyatni qay tarzda amalga oshirmoq kerak? Bu yonalishda menejerlarning asosiy vazifasi tashkilot azolarining oldiga qoyiladigan aniq vazifalarni belgilab berishdan iborat.
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qoyilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va kolamiga kora xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni oz ichiga oladi. Vaziyatni tahlil qilish. Muqobil variantni tanlash. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undaga bosqichlar. Keltirilgan chizma taxminiy bolib vaziyatga va hal qilinayotgan holatning xususiyatlariga kora ozgarishi mumkin. Umuman qarorni ishlab chiqish jarayonida quyidagi savollarga javob topish lozim boladi: Nima qilish kerak (obyekt mikdori va sifati)? Qanday xarajat (resurslar) evaziga? Qanday tarzda (texnologiyada) bajarish kerak? Kim uchun bajarish kerak? Qanday muddatda bajarish lozim? Kim tomonidan bajarilishi kerak? Qaysi joyda bajarish lozim? Qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi?
Agar ushbu savollarga mikdor nuqtai nazardan togri javob topib, ularni makon va zamonda, shuningdek, resurs va bajaruvchilar bilan boglay olmasangiz, bilingki siz qarorni ishlab chiqish texnologiyasini toliq uddalay olmagan bolasiz.
Qarorni ishlab chiqish jarayoni vaziyatni tahlil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni tahlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi: tahlil qilinayotgan obyekt holatini, uning sifat jihatlarini, resurslar bilan taminlanganligini tahlil qilish; mazkur obyekt samaradorligini eng yuqori samaraga ega bolgan oxshash obyekt bilan taqqoslash; taqqoslanayotgan obyektlar korsatkichlari ortasidagi tafovutlar sababini aniqlash; adabiyotlar manbaini, ilmiy-tadqiqot ishlari boyicha hisobotlarni, patent fondi, istemolchilar imkoniyatlari va shu kabilarni tahlil qilish; ishlab chiqaruvchi va raqobatchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish; mazkur obyektning taraqqiyot yonalishlarini shakllanti-rish va h...k. Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga togri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan ogish sodir boladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tugiladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bolgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi. Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan obyektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yollar bilan erishiladigan qaror maqsad shakllantiriladi va uning yechimi boyicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan korsatib berilishi mumkin. Masalan, galla yetishtirishni keskin kopaytirish va galla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qoyildi. Bir qator mulohazalar asosida donni yetishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini ozgartirish togrisida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don yetishtirishga kochirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari toshpiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik koradi. Bu yerda asosiy maqsad va vazifa respublika uchun zarur bolgan don mahsulotini yetishtirishdir. Shunday qilib, muammoni aniqlash, vaziyatni va muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlashdan boshlanadi.
Vaziyatni aniqlash deganda muammoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish tushuniladi. Qachon vujudga keldi, qancha vaqt boldi, tez-tez takrorlanib turadimi? Muammo asosan, mavjud bolgan holatning bolishi lozim bolgan holatga mos tushmaslik, noaniqlik, sabab va oqibatning aniq bolmasligi, bir necha muqobilning mavjudlik standartlardagi noaniqliklar. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni. Muammo quyidagicha tushuncha va tasnifga ega. Oz vaqtida hal qilishdagi zarurlik darajasi, yechish imkoniyati umuman olganda yechimga ega emas. Mazkur sharoitda yechib bolmayadi, yechish mumkin.Tarkibiy tuzilishi: tarkiban aniq, bolaklab-maydalab organish imkoniyati bor. Tarkiban ortacha aniqlikda, faqat asosiy qismlarini ozaro boglanishda organish imkoniyati bor. Tarkiban bosh va faqat sifat nuqtai nazaridan organish mumkin. Muammoning kelib chiqish sabablari. Chizmadan korinib turibdiki, muammolar turli sabablar, yani kozlanmagan holatlar, oldimizga qoyilgan maqsadning yechimi boyicha boladigan harakatlar, ayrim standartlarda mavjud mezonlarning noaniqliklari va nihoyat yol qoyilishi mumkin bolgan tasodifiy xatolar tufayli vujudga kelishi mumkin. Bu muammolarning yechimi qaror modelini ishlab chiqish bilan bogliq. Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bogliq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qollaniladi. Tanlab olingan variantning maqsadga muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlar boyicha umumiy tarzda baholanadi.
Muammo tushunchasi va uning tasnifi. Eng maqbul qarorni ishlab chiqish kop jihatdan omilkor kishilarning va, ayniqsa, kelgusida shu qarorni bajaruvchilarning fikri naqadar tola hisobga olinganligiga bogliq. Mezonlar tanlab bolingach, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga otiladi. Zero, ishlab chiqarish natijalari va maqsadning amalga oshuvi shularga bogliq boladi. Bularga yana resurslar, (moddiy, moliyaviy, mehnat), texnika va texnologiya, topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt, xom ashyo yetkazib beruvchilar, ozaro aloqalar va hokazo kiradi. Shundan song qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga otiladi. Bu bosqichda qoyilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi. Model bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir. Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab bolishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini otaydi. Modellashtirish quyidagi bosqichlarni oz ichiga oladi: tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bolinadi, omillar aniqlanadi, tanlab olingan omillarning ozaro aloqasi aniqlanadi va ozaro tasiri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi. Qarorlarni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik kopchilik fikri bilan birgalikda qoshib olib boriladi, yani tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi; qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va h...k. lar) bilan rasmiylashtiriladi; qaror ijro etuvchi shaxslarga yetkaziladi (38-chizma). Qaror loyihasini bajaruvchi bajarishni oz zimmasiga oladi. Resurs bilan taminlash kafolatlanadi. Mutaxassis (togri rasmiylashtirilganligini tasdiqlaydi. Qarorni amaliyotga joriy qilish grafigi qaytariladi va qayta ishlashga yollaydi. Tasdiqlaydi. Qarorning bajarilishini nazorat qilish grafigi yakuniy qaror Ijro. Yakuniy qarorni qabul qilish bosqichi. Har qanday qarorni qabul qilishda rahbar quyidagi 10 ta tamoyilga amal qilsa, foydadan holi bolmas edi. Tafsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni tolaligicha hal qilish lozim. Ehtimol tutilgan hamma variantlarni korib chiqmagunga qadar qaror qabul qilma. Hatto hamma tan olgan haqiqatlarga ham shubha bilan qara, ularni rad etishdan qorqma. Muvaffaqiyat juda oz bolib koringanda ham oldingda turgan muammoga turli xil nuqtai nazarlardan qarashga intil. Hal qilingan muammoning mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradigan model yoki oxshashlikni izla. Haqiqatga yaqinlashish uchun imkoni boricha koproq savollar ber. Hayolingga kelgan birinchi qaror bilan qanoatlanib qolma. Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin oz muammolaring haqida biron-bir kishi bilan gaplashib kor. Oz sezgi va hissiyotingga etibor bilan qara. Har bir kishi hayotga va har kuni paydo bolib turadigan muammolarga oz nuqtai nazaridan qarashini unutma. Imkoni boricha kamroq farmoyish berish kerak. Tajriba shuni korsatadiki, farmoyish qanchalik kop bolsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin boladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriqlarni har xil vaqtda, bajarilish izchilligiga qarab berish maqsadga muvofiqdir.
Qarorlarni bajarish bu oqibat natijasida yuqori bolganda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi boginlar (sex, uchastka, brigada, smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir. Qaror, eng avvalo, buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, songra u mamuriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hakozolar korsatilgan boladi. Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish bu firma, korxona, sex, uchastka, brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat korsatish jarayonida rahbarlik qilish boyicha aniq masalalarni hal etish demakdir. Bunda har bir bolinma ozining funksional vazifasini bajarish bilan band boladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv bolinmalari bir-biriga ozaro tasir korsatib, bosh rejalarning bajarilishini taminlaydi. Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va ozi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shugullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umum-manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi. Erishilgan yutuqlarni rahbar faqat ozining xizmatlari etib korsatmasligi lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin buning sabablarini diqqat bilan organish zarur. Kopchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli oz lavozimlariga mos kelmay qoladilar. Bazida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qiladilar. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir. Qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun korgazmali chizma jadval tuzish lozim. Unda ijrochilar, bajarish muddatlari, taqsimlangan ish hajmi, obyektlarga bolinish, sarflanadigan ortacha vaqt, moddiy va manaviy resurslarga bolgan ehtiyoj qayd qilinadi. Tashkiliy reja ijrochilarga yetkaziladi, tushuntiriladi, zarur bolgan taqdirda yol-yoriq, uslubiy korsatmalar beriladi.
Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilishda rahbar muayyan meyoriy hujjatga tayanadi. Korxona, firma togrisidagi Qonun yoki Nizom ana shunday meyoriy hujjatlardan hisoblanadi. Bu xujjatda mazkur korxona (bolinma)ning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan tashqari uning shtat jadvali va mamuriy rahbar (boshlik, mudir) korsatilgan boladi. Nizomda kopincha ushbu bolinmaning boshqa xizmatlar bilan funksional aloqalari tartibga solinadi. Shunday qilib, har bir boshqaruv bolimi yaxlit uyushtirilgan bolib, uni bitta rahbar boshqaradi. Xodimlar ortasida majburiyatlar va javobgarlik ular uchun mustaqillik va tashabbus korsatishning eng kop imkoniyatlarini taminlaydigan qilib taqsimlanadi. Har bir bolimda barcha xodimlarning vazifalari, javobgarligi va huquqi: "Huquq vazifasiz, vazifa huquqsiz bolmaydi" Bazan rahbarlar ortasida bir-birining ishiga aralashish hollari roy beradi. Bunday harakat ham rahbarlar orasida malum norozilikni keltirib chiqaradi.
Boshqarish jarayonidagi oxirgi bosqich bu qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishdir. Nazorat bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda bajarilish darajasi togrisidagi malumotni aniqlash usulidir. Haqiqiy holatni bilmasdan va dalillarni tekshirmasdan turib, togri va oqilona rahbarlik qilib bolmaydi. Quyi boginlarni boshqarishda asosan hisobga olishning tezkor va buxgalteriya hisobi turlaridan foydalaniladi. Yaxshi yolga qoyilgan hisobga olish samarali qarorlar ishlab chiqish, ularning bajarilishini kuzatib borish imkonini beradi. Hisobga olishdagi chalkashlik, odatda ishlab chiqarishni boshqarish ahvolning yomonligidan va katta kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. Nazorat funksiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bolganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bolishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar ozi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar yetkazishi, yani ularning ishida kechikishlar, uzilishlar paydo bolishiga sababchi bolishi mumkin, degan tamoyilga amal qilingan holda aniq belgilanadi. Shunga binoan har bir xodimga majburiyat, huquq va javobgarlik yozma tarzda aniqlashtiriladi. Bu esa xodimlarni bir-birlarining ishiga aralashishidan holi qiladi. Nizomga binoan odatdagi sharoitlarda rahbar faqat bevosita boysunuvchilargagina farmoyish beradi. Boshqa boysunuvchilarga farmoyish faqat ularning bevosita rahbarlari orqali beriladi. Masalan, sex boshligi formal jihatdan xizmat boyicha ozidan past turgan barcha xodimlarga buyruq berish huquqiga ega. Biroq, u bevosita rahbarlarni chetlab buyruq berganda, bu hol: tashkiliy parokandalikka olib keladi, intizomga salbiy tasir korsatadi, kongilsiz sotsial oqibatlarni keltirib chiqaradi. Oz qarorining ijrosini tekshirmagan rahbar, intizomsiz, ijrochilarni notogri tarbiyalagan rahbar hisoblanadi. Yaxshi yolga qoyilgan nazorat ishonchli aloqadir. Bunday aloqa bolmasa, boshqarish tizimi normal ishlay olmaydi, boshqarish qarorlarining amalga oshirilishiga zarur bolgan hollarda tuzatishlar kiritib bolmaydi. Qarorning bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham oz ichiga oladi. Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |