Boshqaruv qarorlari
Reja:
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qoyiladigan talablar.
2. Boshqaruv qarorlari tasnifi.
3. Boshqaruv faoliyatiga oid qarorlarni qabul qilish.
4. Qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish.
5. Qabul qilingan qarorlarning ijro etishini nazorat qilish.
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qoyiladigan talablar
Qaror bu bajarilishi lozim bolgan ishning aniq bir yolini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror bu u yoki bu yolni tanlab olishda bir toxtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda onlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bolishi lozim bolgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qatiy belgilab qoyilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida oz funksiyasini bajara olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish togrisida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yollari bolganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar "yetti olchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor.
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan qarorni boshqaruv binosining poydevori deyishi mumkin.
Qaror qabul qilish menejerning fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xojalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bolsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Shunday qilib, qaror qabul qilish bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun oz vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha, sex (bolim)ning boshligi qabul qiladigan bitta qaror shu sex (bolim)ning besh-olti oylik ishiga tasir qilar ekan. Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bogliq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
- qaror qabul qilish jarayonida axborotning tolaligi va sifati;
- qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
- qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga yetkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hakozo).
Togri qarorni togri tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga bolgan talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan qaror maqsadini xojalik maqsadiga muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy va sotsial rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish zarur. Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |