Reja: Alisher Navoiyning she`riyatdagi ilk qadamlari, "Ilk devon"ning yaratilishi



Download 0,52 Mb.
bet1/10
Sana06.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#323389
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
alisher navoiy


Alisher Navoiy she`riyati manbalari lirik devonlari

Reja:

1. Alisher Navoiyning she`riyatdagi ilk qadamlari, "Ilk devon"ning yaratilishi.

2. "Badoe` ul-bidoya" va "Navodir un-nihoya" devonlari kompozitsiyasi.

3. "Xazoyin ul-maoni" - Alisher Navoiyning turkiy she`riyati kulliyoti.

4. “Arba’in” va “Nazm ul-javohir” asarlari.

Alisher Navoiyning turkiy-o’zbek tilida yozgan she`rlari quyidagi manbalarda to’plangan.

1. Alisher Navoiy she`rlaridan tuzilgan "Ilk devon". Alisher Navoiy she`riyatining noma`lum muxlislari tomonidan tuzilgan "Ilk devon". Ta`kidlanganidek, mazkur devon Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan hijriy 870 (1465-1466) yilda tuzilib, Sulton Ali Mashhadiyning go’zal nasta`liq xati bilan ko’chirilgan, noma`lum musavvir esa devonning varaqlarini go’zal naqshlar bilan bezagan. Devonga nom qo’yilmaganidan uning faksimil (foto) nusxasini birinchi marta nashrga (Toshkent: Fan, 1968) tayyorlagan Hamid Sulaymon uni "Ilk devon" tarzida nomlagan. Alisher Navoiy ham "Badoe` ul-bidoya" debochasida uning nomini keltirmaydi: "Xaloyiq orasida ming bayt-ikki ming bayt ortuqroq-o’ksukroqkim, o’zlari jam` qilib erdilar, bag’oyat mashhur bo’lib erdi" .

"Ilk devon"da to’rt xil janrdagi she`rlar kiritilgan. Bular g’azal (391), mustazod (1), muxammas (1) va ruboiy (41). Ularning jam`i 434 ta bo’lib, umumiy hajmi 5871 misrani tashkil etadi. Devon quyidagi matla`li g’azal bilan boshlanadi:

Iloho, podshoho, kirdikoro,

Sanga ochug’ nihonu oshkoro.

Devon quyidagi ruboiy bilan tugaydi:

Oxir dami umr ista shitob, ey soqiy,

Tutg’il manga oncha mayi nob, ey soqiy-

Kim hashrda mast o’lay xarob, ey soqiy

To anglamay, etsalar azob, ey soqiy.

Demak, "Ilk devon" Alisher Navoiyning 24 yasharligigacha yozilgan asarlarini qamrab olgan. Shunisi borki, hozir "Ilk devon" deb talqin va taqdim etilgan nusxa haqiqatan ham Alisher Navoiy muxlislari tomonidan tuzilgan devon nusxasimi, degan savol hali uzil-kesil hal qilingan deb bo’lmaydi. Tadqiqotlar bu savolga aniq javob topishi mumkin.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish