Gumanitar fanlar kafedrasi



Download 414,13 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi414,13 Kb.
#791363
  1   2   3   4
Bog'liq
Navoiyshunoslik




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA


O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI


O`zbek tili va adabiyoti fakulteti
18/2 – guruh talabasi
Rixsiboyeva Maftuna Solixodja qizining
Alisher Navoiy va
Husayn Boyqaro” mavzusidagi


MUSTAQIL ISHI
Chirchiq 2022
Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro
KIRISH

ASOSIY QISM:


1. Husayn Boyqaro va Alishеr Navoiy davrida Hirot
2. Alisher Navoiy asarlarida Husayn Boyqaro obrazi tasviri
“Xazoyin ul-maoniy”da Husayn Boyqaro talqini.
3. Shoir devonlari debochalarida Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari tasviri.
4. “Tarixi muluki Ajam” asaridagi masnaviyda Husayn Boyqaro fazilatlarining tasvirlanishi
Masnaviyda ilgari surilgan g`oyalar va ularning Husayn Boyqaro obraziga muvofiqligi.
5. Masnaviyda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarining yoritilishi.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Husayn Boyqaro va Alishеr Navoiy davrida Hirot

Abulg‘ozi Sulton Husayn Boyqaro Amir Temurning evarasi. Ya’ni, Sohibqironning o‘g‘li Umarshayxning Mirzo Boyqaro ismli farzandi bo‘lib, uning G‘iyosiddin Mansur degan valiahdi bo‘lgan. Husayn Boyqaro esa G‘iyosiddin Mansurning yakkayu yagona o‘g‘lidir.


Husayn Boyqaro 1438 yilda Hirot shahrida tavallud topgan. 1469 yilda Hirot taxtiga o‘tirib, 37 yil hukmronlik qilgan. U juda idrokli, zo‘r qobiliyatli edi. Temuriylar sulolasida yuzaga kelayotgan inqiroziy holatlar, mamlakatdagi murakkab siyosiy tanglik, shahzodalar o‘rtasidagi ziddiyatli to‘polonlar, qonli olishuvlar davrida Husaynga Xuroson mulki nasib etdi.
Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Husayn Boyqaro XV asrning 60-yillari boshlarida Hirot, Obivard, Niso, Mashhad va boshqa viloyatlarda temuriy Sulton Abusaidga qarshi kurash olib borib, Xuroson toj-taxtining asosiy da’vogari sifatida tanildi. U avval Xorazm viloyatini qo‘lga kiritdi. Abusaid Mirzo G‘arbiy Eron va Iroq viloyatlarida Oqqo‘yunli turkmanlarga qarshi harbiy yurish qilayotgan bir paytda Husayn Boyqaro katta kuch bilan Xurosonda paydo bo‘ladi. Bu urushda Abusaid Mirzoning halok bo‘lishi Husayn Boyqaro uchun omad keltiradi. Chunki Abusaidning vorislari otasining o‘limidan so‘ng Sulton Husayn bilan to‘qnashishga jur’at eta olmay, Xuroson uchun kurashdan voz kechadi va Movarounnahrga qaytadi.
1469 yil 24 martda Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida poytaxt — Hirotga kirib keladi. Shundan so‘ng Shohruh Mirzo davridagidek, Amir Temur davlatining markaziy hududlarida yana Xuroson va Movarounnahr kabi ikki davlat yuzaga keldi. Movarounnahrda Sulton Abusaid o‘g‘illari (Sulton Ahmad, Sulton Mahmud)ning uquvsizligi va sustkashligi tufayli feodal tarqoqlik avj olib, ko‘p viloyatlarda mustaqil hokimliklar paydo bo‘ladi.
XV asrning II yarmida Movarounnahrning siyosiy va ma’naviy hayotida so‘fiylik tariqatining ta’siri kuchayib, mamlakat siyosiy turmushida uning namoyandalari muhim rol o‘ynay boshlagan edi. Temuriyzodalarning o‘zaro ziddiyatli to‘qnashuvlariga aralashib, ularni o‘zaro kelishtirish, tinchitishda ham tariqat namoyandalari vositachilik qilardi. Masalan, Xo‘ja Ahror mojarolarga aralashib, raqiblarni yarashishga undardi.
Shunday bir paytda Xuroson shaharlari, xususan, Hirotda Sulton Husayn va uning donishmand do‘sti Alisher Navoiy ta’sirida ma’naviy-madaniy hayot bir muncha yuksaldi. Xuroson ilm-fan, adabiyot va madaniyat markaziga aylandi, muhimi, osoyishtalik hukm surdi. To‘g‘ri, bu davrda qisman bo‘lsa-da Xurosonda shahzoda va amirlarning o‘zaro ziddiyatlari mavjud edi. Shuningdek, ayrim hududlarda Shayboniyxonning tajovuzkorligi ham boshlanayotgan edi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Shaybonixon Amir Temurdan so‘ng, uning saltanatida qariyb 40 yil davom etgan hukmronlikning oxirgi tayanchlarini deyarli tamoman zabt eta boshlagan bir davrlarda Husayn Boyqaro Xurosonda osoyishtalikni o‘rnata olgan va o‘ziga xos salohiyatga ega edi. Shuning uchun Shayboniyxon Boyqaroning o‘ziga qarshi qat’iy hujumga o‘tishidan hayiqar edi.
Ana shunday davr va sharoitda Sulton Husayn Boyqaro o‘z faoliyatida ijtimoiy foydali tadbirlarni amalga oshira oldi. Temuriylar va o‘z vorislari o‘rtasidagi ziddiyatlar mavjudligi hamda shayboniylar tahdidining kuchayib borishiga qaramay, mamlakatning ilm-ma’rifatini, ma’naviy madaniyatini va xo‘jalik hayotini Movarounnahrdagidan ancha yuksak darajaga ko‘tardi. Mamlakatda barqarorlik hamda birlikni saqlab, zamonasining tadbirkor va salohiyatli hukmdori sifatida tanildi. Bunda Alisher Navoiyning ta’siri va xizmatlari nihoyatda katta bo‘lgan.
Navoiyning ta’siri va ishtirokida Husayn Boyqaro mamlakatda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi, savdo-sotiq munosabatlarini yo‘lga qo‘ydi. Tarix, til va adabiyot, san’at va hunarmandchilik sohalarining ravnaq topishiga imkoniyat yaratadi. Alisher Navoiy Husayn Boyqaro va uning hukmdorlik davri haqida o‘zining “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida quyidagicha ta’rif beradi: ”…Abdulg‘oziy Sulton Husayn Bahodurxon… jahonbonlik taxtida maqom tutti va kishvarisitonlig‘ masnadida orom topti – mulk silkiga amniyat gavharlarin chekti va jahon mazra’ida jamiyat donalarin ekti… va kalom xaylig‘a ravnaq va rivojlar dast berdi. Va har ilmda mufid ta’liflar va har fanda muntij tasniflar qildilar. …Qirq yilg‘a yaqindurkim, Xuroson mulkikim, fazlu kamol ahlig‘a olam mamolikining misri muazzami va savodi a’zamidur…”.
Husayn Boyqaro Navoiyni nihoyatda hurmat qilgan. Uning so‘zi, qimmatli maslahatlari va bevosita yordami bilan mamlakatdagi halokatli nizolarga xotima bergan. Xurosonda o‘ttiz yilcha davom etgan o‘zaro kelishmovchiliklarni bostirib, osoyishtalik o‘rnatishga erishgan. To‘g‘ri, bunda Husayn Boyqaroning o‘tkir aqli, teran zehni va qattiqqo‘lligi ham yordam bergan. Lekin undagi bunday xususiyatlarni ijobiy tomonga yo‘naltirishda Navoiyning dono maslahatlari muhim rol o‘ynagan.
Alisher Navoiy avlodi o‘z davrining ham davlatmand, ham ma’rifatparvar kishilaridan bo‘lgan. Ba’zi tarixiy manbalarda yozilishicha, Alisher Navoiyning otasi G‘iyosiddin Muhammad Kichkina bilan Husayn Boyqaroning otasi o‘iyosiddin Mansur emikdosh bo‘lishgan (Suyima o‘aniyeva, Sharifa Abdullayeva «Husayn Boyqaro». Devon. Risola. 1968 y).
Alisher Navoiy shu jihatdan ham temuriylar avlodiga yaqin, deb qaraladi. Shu bilan birga manbalarda yozilishicha, Navoiy ham temuriylarning urug‘-aymog‘i sanalgan imtiyozli barlos bahodirlariga mansubdir. Har holda Navoiyning ota-bobolari temuriy avlodlari bilan yaqin aloqada, saroy amaldorlaridan bo‘lgan, buvilari esa temuriy shahzodalarga enagalik qilishgan.
Temuriy Abulqosim Bobur (1452-1457 yy) davrida Navoiyning otasi saroyda podshoning ishonchli, martabali amaldorlaridan hisoblangan. Shuning uchun ham u 1452 yilda Sabzavor shahriga hokim etib tayinlangan. Temuriylar davrida Navoiyning otasi va bobosi ancha katta yer, suv hamda turli sohadagi mol-mulklar egasi bo‘lishgan.
Alisher Navoiy va Sulton Husayn birga o‘qib, bolalik chog‘laridayoq yaqin do‘st bo‘lganlar. Alisher otadan yosh yetim qoladi. Shu bois, u Xurosonning hukmdori Abulqosim Bobur dargohida Husayn bilan birga tarbiyalangan. 1456 yilda Abulqosim Bobur Mashhadga jo‘naganda bu ikki do‘st u bilan birga borishadi va o‘sha yerda o‘qishni davom ettirishadi. Abulqosim Bobur (1457 yil) vafotidan so‘ng Alisher va Husayn 12 yil davomida boshqa-boshqa shaharda bo‘lishgan. Xususan, Husayn Mirzo bu davrda Xorazmda, so‘ng Xurosonning Hirot, Obivard, Niso, Mashhad kabi viloyatlarini kezib yurgan. Bu yerlarda u hukmronlik uchun kuch to‘plab, o‘zining raqibi – Abusaid Mirzoga qarshi kurashib, qo‘zg‘olonlar ko‘tarib yurgan. Alisher esa ayni shoirlik iste’dodi tufayli katta shuhrat qozonib, avval Mashhad, so‘ng Taft (Iroq), Hirot madrasalarida ta’lim olgan. Mashhadda Hasan Ardasher va Kamol Turbadiy kabi mashhur shoirlar bilan, Taftda tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib, ularning suhbatida bo‘lgan.
Temuriy Abusaid Mirzo Hirotni egallagach, Navoiyni o‘z raqibining eng yaqin do‘sti bo‘lganligi hamda shoirning oilasi va qarindoshlari alg‘ov-dalg‘ov kurashlar davrida Husayn Mirzoga sadoqat bilan xizmat qilganligi bois yosh ijodkorga nisbatan adovatda bo‘ladi. Abusaid Mirzo Navoiyning el orasida shuhrat topayotganidan xavfsirardi. Uning xalq o‘rtasida obro‘-e’tibor qozona borishi hokimiyat ildiziga zarba bo‘lajagini bilardi. Bu xavfsirash tufayli, hatto, uning ijodkor tog‘alari Mir Sayid (Qobiliy) va Muhammad Ali (o‘aribiy)ni qatl ettiradi. Alisher Navoiyni esa markazdan yiroqlashtirish harakatida bo‘ladi. Uning xohishi (shoirning ham istagi) bilan Navoiy Hirotni tark etib, ma’lum muddat Samarqandda yashashga majbur bo‘ladi.
Alisher Navoiy Samarqandda yashagan paytlarda ham ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg‘ul bo‘ladi, ikki yil madrasa ta’limini oladi. U mashhur olim Abu Lays Samarqandiydan saboq oladi. Jumladan, falakiyotshunoslik, riyoziyot, hikmatshunoslik, muhandislik kabi ilmlarga qiziqib, bu sohalarda ham ancha bilimga ega bo‘ladi. Ulug‘bek rahbarligida vujudga kelgan rasadxonani ko‘rishga muyassar bo‘ladi va bu dargoh unda katta taassurot qoldiradi. Xullas, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning keyingi faoliyati uchun Samarqand safari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi…
Husayn Boyqaro uzoq yillik mashaqqatli kurashlar evaziga 1469 yilda Xuroson mulkini egallab, g‘alayonlarni tinchlantirgach, qadrdon do‘sti Navoiyni Samarqanddan o‘z huzuriga qaytarib, uni davlat ishlariga jalb etadi. U do‘stini, avval, muhrdorlik lavozimiga, keyinchalik (1472 yildan) unga amir unvonini berib, bosh vazir etib tayinladi. Shu kundan boshlab Alisher Navoiyning faoliyati mamlakat siyosiy hayotida muhim rol o‘ynay boshladi. U Husayn Boyqaro hukmronligining barqarorligi uchun kurashdi. Buning uchun dastlab insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Husayn Boyqaroni mamlakatda adolat o‘rnatib, xalqqa g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga undadi. Unga aholining tinch va osoyishta yashashi uchun mamlakatda kuchli markazlashgan davlatni vujudga keltirishni, ichki va tashqi munosabatlarni yaxshilashni uqtiradi. U Husayn Boyqaroni mamlakatni obodonlashtirish va ilm-fan, madaniy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish, xalqning moddiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni amalga oshirishga undaydi. Bu kabi taklif va maslahatlar Sulton Husaynga ma’qul bo‘ladi. Natijada u faoliyatini Alisher Navoiy maslahatlari asosida tartibga keltiradi.
O‘sha davrning mashhur tarixnavisi Xondamir o‘zining «Makorim ul-ahloq” asarida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning mamlakatni obodonlashtirish, bunyodkorlik va dehqonchilik ishlarini rivojlantirish yuzasidan tuzgan rejalari haqida muhim ma’lumotlarni beradi. Uning yozishicha, Husayn Boyqaro suhbatlarda mamlakat obodonchiligi haqida so‘z ketsa, Alisher Navoiyning maslahati yoxud mulohazalaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishini, bosh vaziri, qadrdon do‘stining so‘zlari shoh (Husayn) nazdida e’tiborli bo‘lganligini bayon etgan.
Husayn Boyqaro hukmronligi davridagi obodonlashtirish, shuningdek, qurilish-bunyodkorlik ishlari saltanat devonxonasi bosh vaziri bo‘lgan Alisher Navoiy nomi bilan bevosita bog‘liq.
Tarixchi Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidi” risolasida qayd etilishicha, Alisher Navoiyning bir yillik daromadi 18 ming ”shohruhiy” dinorga teng bo‘lgan. Bundan tashqari, otasidan meros bo‘lib qolgan yer-suv, mol-mulkdan ham yaxshigina daromad olgan. U ushbu mablag‘ning aksariyat qismini hayriya tadbirlariga, jumladan, qurilish va obodonlashtirish ishlariga sarflagan.
Tarixchi Xondamirning yozishicha, Navoiy o‘z mablag‘iga 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, 9 ta hammom va bir qancha imorat va inshootlar qurdirgan. Astrobod shahridagi Mir saroyi, jome masjidi, Marv shahridagi «Xisraviya” madrasasi shular jumlasidandir.
Shuningdek, jangu jadallar yoki tabiy ofatlar tufayli shikastlangan jamoat binolarini qayta ta’mirlashdek sermashaqqat ishlarni ham amalga oshirgan. Masalan, tarixchi Xondamirning «Xulosatul-axbor” asarida yozilishicha, XII asrda Hirotda bunyod etilgan jome masjidini ta’mirlashda qariyb 100 nafar mohir hunarmand-ustalar jalb etilib, uzunligi 114 metr, eni 84 metr, 6 ta darvozasi bo‘lgan bu masjid qisqa fursatda ko‘rkam binoga aylangan. Ushbu majmua hozir ham Hirotning eng go‘zal obidalaridan biri sanaladi. Bundan tashqari, Navoiy tashabbusi bilan Hirot, Mashhad, Marv va boshqa shahar-qishloqlardagi Gavharshod masjidi, Qobus minorasi, Arslon-joziba raboti kabi 12 ta yirik imoratu inshootlar ta’mirlangan.
Mir Alisher Navoiy insonlar salomatligi yo‘lidagi ezgu ishlarga ham befarq bo‘lmagan. Jumaladan, Hirot shahrida o‘z jamg‘armasi hisobidan “Shifoiya” shifoxonasini qurdirgan va bu yerda ishlash uchun taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Bu maskan tabobat ilmgohi tarzida bo‘lib, unda tabib va hakimlar bemorlarni davolash bilan birga tabobat ilmi va tadqiqot ishlari ham olib borishgan. ¢iyosiddin Muhammad, Nizomiddin Abdulxay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulxay Tuniy, Muhammad Mu’in, Xudbiddin Odam kabi mashhur tabiblar ”Shifoiya”da faoliyat ko‘rsatganlar.
Navoiy rahnamoligida Hirotda “Dorush-shifo” shifoxonasi ham ochiladi. XV asrda Hirot ”Dorush-shifo”si, ayniqsa, kahhollari (ko‘z kasalliklari tabiblari) nihoyatda shuhrat qozongan. Hatto Xo‘ja Ahrorning Navoiyga yozgan maktubi bilan Mavlono Fazlullo davolanish uchun Samarqanddan Hirotga kelgan edi. Xo‘ja Ahror kasal bo‘lganida esa Navoiyning farmoniga asosan «Dorush-shifo» shifoxonasi tabibi Nizomiddin Abdulhay Samarqandga yuboriladi.
Navoiyning Hirot va Mashhad shaharlarida dehqonchilik ishlarining rivoji uchun amalga oshirgan ezgu tudbirlari ham tahsinga loyiq. U ushbu ikki shahar atrofida kanal qazdiradi, Tus viloyatining Chashmag‘ul mavzeida «Turukband» suv ombori qurdiradi.
Alisher Navoiy davrida Hirotda kitobot san’ati, ya’ni xattotlik – qo‘lyozma asarlarni (husnixat, musavvirlik, lavvohlik va muqovalash asosida) ko‘chirib tayyorlash, tasviriy hamda xalq musiqasi san’atlari ham yuksak darajada rivojlangan edi (Mallayev N.M. «Navoiy ijodiyotining xalqchil negizi», 1973 y).
Ma’naviy madaniyat rivoji yo‘lida hamisha muruvvatli bo‘lgan Alisher Navoiyning tasviriy va musiqa san’ati ahliga ham e’tibori katta bo‘lgan, ularga g‘amxo‘rlik qilgan. Uning muruvvati bilan bu sohalar ancha taraqqiy etgan edi. Masalan, tasviriy san’atda Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Mahmud Muzahhib, Hoji Muhammad Naqqosh kabi ko‘pgina mo‘yqalam sohiblari yetishib chiqqan. Ayniqsa, Alisher Navoiy muruvvati bilan yuzaga kelgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishdi. Bu maktab asoschisi zamondoshlari tomonidan “Moniyi soniy”, keyingi davr olimlari tomonidan esa ”Sharq Rafaeli” deb ulug‘langan Kamoliddin Behzod XV asr tasviriy san’atining ulug‘ namoyandasi hisoblandi.
XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ham ancha taraqqiy etdi. Bu davrlarda yangi kuy va qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari hamda musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Juda ko‘p sozandalar, bastakor va hofizlar yetishib chiqdi. Mashhur musiqachilar bilan bir qatorda Alisher Navoiy ham musiqa sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Ya’ni, iste’dodli musiqashunos sifatida “Isfaxoniy” va turkiy tilda ”aruz” vaznida qo‘shiq aytish san’atini «Mezonul-avzon» asarida nazariy jihatdan asoslagan.


Download 414,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish