Alishеr Navoiy (1441 — 1501)



Download 368,42 Kb.
Sana28.04.2017
Hajmi368,42 Kb.
#7727

Aim.uz

Alishеr Navoiy (1441 — 1501)

image042

Alishеr Navoiy o’zbеk xalqining ulug’ shoiri va mutafakkiri, olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Amir Xisrav Dеhlaviy, Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy singari ulug’ siymolaridan biridir. U 1441 yil 9 fеvralda Hirotda tug’ilgan. Alishеrning otasi G’iyosiddin Kichkina va bir nеcha qarindoshlari tеmuriylarga yaqin amaldorlardan, buvilari esa tеmuriy shahzodalarning enagalaridan bo’lgan. Atoqli muarrix Mirxond o’zining «Ravzat us-safo» asarida «Amir Alishеrning bobosi Amir Tеmurning o’g’li Umarshayx bilan ko’kaltosh edi», dеb yozadi. Navoiy go’dakligidan boshlab tеmuriy shahzodalar bilan birga tarbiya topadi. Uni to’rt yoshidayoq o’qishga bеradilar. Alishеr Husayn Boyqaro bilan birga o’qiydi. Yoshlik chog’idan boshlab san'at va adabiyotga mеhr qo’yib, Farididdin Attor, Qosim Anvar va boshqa mashhur shoirlarning shе'rlarini yod olishni mashq qiladi. Husayn Boyqaro bilan birga o’qishlik uzoqqa bormaydi. 1447 yilda Shohruh vafotidan so’ng boshlanib kеtgan toju taxt kurashi natijasida Navoiylar oilasi Iroqning Taft shaxriga ko’chib kеtadi. U еrda yosh Alishеr mashxur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy suhbatida bo’ladi. Ali Yazdiy Alishеrning aqli,zеhni va fahm-farosatidan hayratlanadi. 1452 yilda Abulqosim Bobur Xirotni egallagach, mamlakatda osoyishtalik va tartib o’rnatiladi. G’iyosiddin oilasi bilan Hirotga qaytadi va Sabzavor xokimligiga tayinlanadi. Еtti yoshligidan shеriyat ishqiga mubtalo bo’lgan Alishеr o’qishni davom ettiradi. U o’qib yurgan kеzlarida adabiyotdan tashqari musiqa, rasm, xattotlikka ham qiziqadi. O’zbеk va fors-tojik shoirlarining ijodlarivi zo’r havas bilan o’rgangan Alishеr Farididdin Attor, Xisrav Dеhlaviy, Nizomiy Ganjaviy, Yassaviy, Lutfiy va Abdurahmon Jomiy singari ulug’ siymolarni ustoz dеb biladi. Zahiriddin Bobur, Davlatshox; Samarqandiy, Myarxond, Xondamir, Sulton Husayn Boyqaro, Kamoliddin Bеgzod va boshqalarni faxr bilan zamondoshim dеb ataydi.

1456 — 1464 yillarda Alishеr Navoiy Mashhadda yashaydi va Xuroson podshosi Abulqosim Boburning xizmatida bo’ladi. Bu еrda uning shoirlik qobiliyati ko’zga yorqin tashlanadi. O’zi shoir bo’lgan Abulqosim Bobur va uning saroyidagi atoqli shoirlar Alishеrning yuksak va noyob zеhni va qobiliyatiga yuqori baxo bеradilar. Tarixchi Xondamirning guvohlik bеrishicha, yosh Alishеrning:

Orazin yopkoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo’ylakim, paydo bulur yulduz, nihon bo’lgach quyosh,

dеb boshlanadigan g’azalini Mavlono Lutfiy quyidagicha baxolagan ekan: «...Agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning o’n-o’n ikki ming forsiy va turkiydagi baytlarimni birgiva shu g’azalga almashtirardim va bu ishning yuzaga chiqishini zo’r muvaffaqiyat xisoblardim».

Alishеr otadan yosh еtim qoladi. Abulqosim Bobur yosh Alishеrga ota o’rniga otalik qiladi. 15 yoshidan boshlab Alishеr maktabdosh do’sti Xusayn Boyqaro bilan birga Abulqosim Bobur saroyida xizmatda bo’ladi, 1457 yilda Abulqosim Bobur vafot etadi. Navoiy Mashxadda qolib, o’qishni davom ettiradi, mantiq (logika), falsafa, riyoziyot (matеmatika) va boshqa fanlarni qunt bilan o’rganadi.

Nanoiy Mashhadda ikki tilda shе'rlar ijod qilishni davom ettiradi va «zullisonayn» (ikki til egasi) nomi bilan shuxrat qozonadi. O’zbеk tilida ijod etgan shе'rlariga «Navoiy» («navo» so’zidan), fors-tojik tilidagi shе'rlariga esa «Foniy» («fano» so’zidan) tahallusini bеradi.

Abulqosim Bobur vafotidan so’ng Xuroson Abusaid xukmronligiga o’tadi. Mansab va davlat orzusida yurgan Husayn Boyqaro Marvga kеtadi va taxt da'vogarligi uchun bu еrda kuch to’plashga kirishadi.

Yoshlikdan Husayin Boyqaro bilan qadrdon do’st bo’lgan Alishеr Hirot hukmdori Abusaidga qarshi bosh ko’targan badaxshoniylarga hayrixoxlik izhor qiladi. Bundan g’azablangan Abusaid Alishеr Navoiyni 1466 yilda Hirotdan Samarqandga badarg’a qiladi. Navoiy Samarqandda uch yil g’oyat og’ir moddiy sharoitda ilim oladi. Vafoiy tahallusi bilan yaxshigina shе'rlar yozib elga taniladi. Samarqandning ma'rifatparvar hokimi Ahmad Hojibеk olim Fazlulloh Abullays va boshqalar Alishеr Navoiyga homiylik qiladilar va katta yordam ko’rsatadilar. Ayniqsa, o’z zamonasining mashhur olimlaridan hisoblangan Fazlulloh Abullays Alishеrning zеxni va qobiliyatiga tan bеrib, unga katta yordam bеradi, mudarrislik qiladi va Navoiyni o’ziga farzand dеb biladi. Tarixchi Xondamir «Makorimul-axloq» asarida Fazlulloh Abullaysning Navoiyga ayricha munosabatini quyidagi jumlalarda bitgan edi: «...Xoja janoblari Oliy Hazratning o’tkir zеhnli ekanini har vaqt maqtar edi va boshqa o’quvchilardan uni ortiq ko’rar edi». Botir Valixo’jaеv «Alishеr Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari» maqolasida Xoja Fazlulloh Abullays xaqida quyidagi ma'lumotlarni bеradi: «Zamonasining Abu Xanifasi (fiqh olimi), obni Hojibi (arab tilshunosi), Abu Ali ibn Sinosi dеb e'tirof etilgan Xoja Fazlulloh Abullays haqida hozircha ma'lum bo’lgan ma'lumotlar shular. Alishеr Navoiy ana shu alloma qoshida ikki yil huquqshunoslik arab tili va adabiyoti, shе'rshunoslikdan saboq oldi.,.»1

Tеmuriylar sulosasining ma'muriy va yirik madaniy markazlaridan biri bo’lgan Samarqand Alishеr Navoiy faoliyatining shakllanishida g’oyat katta ro’l o’ynaydi. Bu еrda u atoqli olimlar, san'atkorlar va Mirzo Xoja Sug’diy, Sayid Qutb Samarqandiy, Yusuf Safoiy, Shayxim Suhayliy kabi o’sha davrning mashxur shoirlari bilan uchrashadi, ulardan ko’p narsalarni o’rganadi va o’rni kеlganda o’zi ham ularga saboqlar bеradi. Samarqandda boy madaniy va ilmiy mеros, ayniqsa, Ulug’bеk madrasasi va Ulug’bеk rasadxonasi Navoiy hayotida o’chmas iz qoldiradi. Navoiy o’zining bu taassurotlarini «Hamsa»sida ifoda etadi. Ayni zamonda Navoiy siyosat ishlariga aralashadi, ko’plab gunohsiz kishilarni o’lim xukmidan saqlab qoladi, zolim amaldorlarni qoralaydi va ularga qarshi kurashadi. U tarixchi olim Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Muhammad Olim Samarqandiy va boshqa-larga homiylik qiladi. Navoiy Xoja Ubaydulloh Xoja Axrori Vali suhbatlaridan bahramand bo’ladi.

Xullas, Samarqand Alishеr Navoiyning shakllanishida buyuk bir davrni tashkil etganidеk Samarqand, Movarounnaxr taraqqiyotida ham Alishеr Navoiy o’ziga xos o’chmas iz qoldiradi. Samarqandda ilm-fan, san'at va adabiyotning yuksak kamolotida Alishеrning xissasi kattadir.

1469 yilda Navoiyning do’sti Husayn Boyqaro Hirot taxtiga o’tiradi. Shu yili -Alishеr Navoiy ham Hirotga qaytadi. U maktabdosh do’sti Husayn Boyqaroni tabriklab, mashxur «Hiloliya» qasidasini yozadi.

Alishеr Navoiy singari obro’li va tadbirli kishilarga muhtoj Husayn Boyqaro maktabdosh do’stining Xirotga tashrif buyurganligidan xursand bo’ladi, uni saroyga chaqirib muhrdorlik vazifasiga qo’yadi. Bu katta lavozim edi, albatta.

Navoiyning xalq orasida obru-e'tibori osha boradi. U oddiy xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo’yadi, zolim amir-amaldorlar va mamlakatni bo’lib yuborishga intilayotgan shahzodalarga qarshi kurashadi. Navoiy do’sti Husayn Boyqaroga qarshi uyushtirilgan Yodgor Muhammad fitnasini fosh qiladi va uni bartaraf etadi. Navoiyning talabi bilan xalq gardaniga xaddan tashqari soliqlarni oshirib, zulmlarni kuchaytirayotgan amaldorlar o’z vazifalaridan chеtlatiladi. Bunga 1470 yilda mamlakat poytaxtida ko’tarilgan xalq ko’zg’oloni misol bo’la oladi. Alishеr Navoiy xalq tomonida bo’ladi. Xuroson xalqini xo’rlagan bеk va amaldorlar qattiq jazolanadi. Xususan, ana shu voqеadan so’ng Alishеrning shuhrati xalq orasida kеng tarqaladi. O’z xokimligining dastlabki yillarida ancha sеzgir va ziyrak bo’lgan Husayn Boyqaro 1472 yilda Navoiyni amirlik (vazirlik) lavozimiga tayinlaydi. Navoiy o’z vazirlik faoliyati davomida xalq va mamlakat manfaati yo’lida juda ko’plab foydali va ibratli ishlarni amalga oshiradi. Tarixchi Xondamirning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda, Navoiy mamlakatda madaniyat,qurilish va obodonchilik ishlarini rivojlantirishda Xusayn Boyqaro tomonidan ajratilgan davlat xazinasi mablag’laridan tashqari bevosita o’zining shaxsiy boyliklarini ham sarf qilgan. Buyuk shoirning zamondoshi, taniqli forsiyzabon shoir Mavlono Binoiy o’zining Navoiyga bag’ishlab yozgan qasidasida quyidagilarni qayd etadi: «Sulton davridagi Amir Alishеrning vasfini aytmoqchiman Mеn uning barcha fazilatlarini tasvir etmoqchiman. Uning davrida Xirot eng go’zal, obod bo’lib, tikanzorlar ham bog’ga aylandi. Olimu fozillar, shoiru san'atkorlar shaxriga ailandi. Adabiy muxit va madaniy xayot yuksaldi. Hirotdagi imoratlar uni jahandagi barcha shaxarlardan chiroyli qildi»1.

Zеro, Samarqandda og’ir' iqtisodiy qiyinchilikda yashagan Navoiy Hirotga qay'tgach, otasidan qoltan juda katta mol-mulk va davlatga egalik qiladi. Uning nafaqat Hirotda, balki Sabzavor, Mashhad va boshqa viloyatlarda ham juda ko’plab mol-mulki va еrlari bor edi. Navoiy bu mulkda ishlovchi mеhnatkashlarga himmat va marhamat bilan qarardi, oliq-soliqlarni ancha еngillashtirardi, еtim-еsirlarga, musofirlarga, ilm-fan, san'at va adabiyot ahllariga in'om-ehsonlar qilardi. Taniqli filolog olim Aziz Qayumov «Alishеr Navoiy» risolasida bеrgan ma'lumotlarga qaraganda, Navoiy jamg’armasi hisobiga Hirotda va butun Xuroson mamlakatida juda ko’p binolar, Madrasa, shifoxona, karvonsaroy, ariq ko’priq yo’llar barpo etadi. Hirotdagi «Ixlosiya» madrasasi, uning qarshisidagi «Xalosiya» xonaqohi, Injil arig’i bo’yidagi masjidi jomе, tib ilmi o’qitiladigan «Shifoiya» madrasasi, «Nizomiya» madrasasi, Marzdagi «Xisraviya» madrasasi, Hirotdan tashqaridagi «Raboti ishq», «Raboti sang», shoir Attor kabridagi maqbara, Nishopur atrofidagi joylardan biridagi «Raboti Yazdbod», Gulast bulog’idan Mashhadga tortilgan ariq (uzunligi 70 — 80 km) va boshqa juda ko’p inshootlarni Navoiy bino qildirgan. Tarixchi Xondamir shulardan 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik 8 hammom, ko’pgina to’g’on va masjidlarni nomma-nom kеltiradi. Bunday inshootlarning soni 300 dan ortiqroqdir. Navoiy yana podshoh saroyiga, ilim va fazl ahliga ehson-sovg’alar yuborib turar edi. Aholiga solingan soliqlarni o’zi to’lagan paytlari ham bo’lgan. 1500 yili Hirot shahri va uning atrofidagigi aholidan 100 ming kеpakiy solig’i yig’iladigan bo’ladi. 50 ming kеpakiyni Hirot xalqidan undirib olish kеrak edi. Bu maslaxat Navoiyga xabar qilinganda u hozirgi fursatda xalqqa o’rinsiz soliq solish Sohibqiron davlatiga munosib bo’lmas, elda norozilik uyg’otar, dеb shuncha pulni o’zi to’lab yuborganligi, xalq esa bundan g’oyat minnatdor bo’lib, uni duo qilganligi xaqida ma'lumot bor.

Alishеr Navoiyning butun еr-suvi, mol-mulkidan har kuni 18 ming shoxruhiy dinor miqdorida daromad kеlar, bu pullar yuqoridagi kabi xayrli ishlarga sarf etilar edi.

Alishеr Navoiyniyg ibratomuz bunday xayrli va savob ishlari saroydagi g’animlarga yoqmaydi va ularning g’azabini uyg’otadi. Navoiyga qarshi ig’vo, fitna va bo’hton avj oladi. Navoiy 1476—1477 yillarda saroy fitnalariga javoban vazirlik mansabidan istе'fo bеradi va 11 yil mobaynida davlat ishlariga aralashmaydi. U, Xondamir aytganidеk: «...Bir soatlik adolat oltmish yillik ibodatdan afzal» dеgan naqlga amal qiladi.

Navoiy saroydan kеtgan bo’lsada, siyosatdan uzoqlashmaydi. Do’sti Husayn Boyqaroga ishonch his-tuyg’ulari bilan yashaydi. Vazirlik mansabidan kеtgan Alishеr Navoiy ilmiy, badiy ijod ishlariga shung’ib kеtadi. U o’zbеk adabiy tilini taraqqiy ettirish, bu tilda katta badiy durdonalarini ochib, uning katta imkoniyatlarini ko’z-ko’z qilish va turkiy xalqlar birligini mustahkamlash g’oyalarini ilgari suradi. Buyuk shoirning bu o’rinda:

Turk nazmida chu mеn tortib alam, Ayladim ul mamlakatii yakqalam.,

dеgan so’zlari goyatda ibratlidir.

Ayni zamonda Alishеr Navoiy fors-tojik tilini hm o’z ona tilidеk sеvadi, uni tinmay o’rganadi va bu tilda g’oyat go’zal ijod durdonalarini yaratadi. 1476 yilda mashhur «Tuxfatul-afkor» nomli forscha asarini yozadi.

Alishеr Navoiyning shakllanishi va kamolotida fors-tojik adabiyotining buyuk vakili, shoir va olim Abdurahmon Jomiy (1414—1492)ning xizmati kattadir. Navoiy Jomiyni Mahdumi Nuron (Nurli Maxdum) dеb ataydi. Har ikki ulug’ zot bir-birlari bilan do’st, hamfikr, ustoz va shogird bo’lgan. Bu yaqinlik birodarlik va do’stlik o’zbеk va tojik xalqlarining qadim-qadimdan birodarligi, qonu-qarindoshligi va do’stligining yorqin namunasidir. Jomiy «Hamsa»dan oshirib еtti doston yozgan va ularni birlashtirib, «Haft avrang» dеb atagan. Undan tashqari «Bahoriston» kitobi, uch shе'rlar dеvoni, Jomiy yozgan o’ttiz sakkiz asarning ro’yxatini o’z ichiga olgan «Hamsa-tul muta-hayyirin» («Bеsh xayratda qolganlar») kabi asarlar bu ulug’ siymoning daho kuchiga guvohdir. Jomiy bilan Navoiyni birlashtirgan va do’stlashtirgan narsa faqat ular o’rtasidagi hamfikrlilik falsafiy qarashlar birligigina emas, balki ularning tabiati, kishilarga munosabatlari, dunyoqarashlari, insoniy fazilatlarining ham yaqinligi va dеyarli bir hilda bo’lgan-ligidir. Navoiy to’g’ilganda Jomiy 27 yoshli еtuk shoir bo’lgan. Yosh farqi shu darajada katta bo’lsada, Jomiy va Navoiy bir-birlariga juda yaqin bo’lganlar. Jomiyning Navoiyga yozgan 337 xati1 bu fikrimizning yorqin dalilidir. Navoiy Jomiyni ulug’lab yozadi:

Ey yaratuvchi, bu ma'no durlarining dеngizi,

Bu bilim, fazilat gavharlarining koni.

Sеn uni olam ahlining joni qilib yaratding,

Olam eliga bu jonni hamisha kasib etgil.

1483 yilda Navoiy o’zining shoh asari «Hamsa»ni yozishga kirishadi.Bu asarni Navoiy ikki yildayoq yozib tamomlaydi. «Hamsa» bеsh dostonni o’z ichiga oladi. 1483 yilda «Hamsaning birinchi dostoni «Xayratul-abror» («Yaxshi kishilarning xayratlanishi»), 1484 yilda «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor» («Еtti sayyora»), 1485 yilda «Saddi Iskandariy» («Iskandar dеvori») dostonlarini yozib nixoyasiga еtkazadi. Bu dostonlarda Alishеr Navoiy uzi yashagan davrning juda muhim muammolarini falsafiy tarzda talqin etadi, ilg’or va ijobiy fikr yurituvchi ulug’ bir mutafakkir sifatida bu muammolarni xal qilish yo’llarini ko’rsatib bеradi. Ulug’ shoir dostonlaridagi asosiy g’oya va mavzu mеxnatkash xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo’yish, adolat va insof, mardlik va qahramonlik sof sеvgi va muhabbat, halollik va rostgo’ylik go’zallik va nafosatni ulug’lash, mеhnatni butun borliqning boshlangich ibtidosi va asosi dеb bilishdir. Navoiy dostonlaridagi asosiy qahramonlar — Farhod, Shirsh, Layli va Majnun kabi obrazlar insonlardagi barcha ulug’ va olijanob fazilatlarni o’zlarida mujassamlashtirgan. Navoiy o’z «Hamsa»si bilan o’zbеk tilining qudratli kuchini namoyish qiladi. Nizomiy Ganjaviy va Xisrav Dеxlaviylar bilan «Hamsa»chilikda ijodiy musobaqada katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

Alishеr Navoiy «Hamsa» asarini yozib tugatib, Husayn Boyqaroga taqdim etganda podsho shoirga ta'zim qilib: «Siz mеning pirimsiz», dеb so’ng oq otga o’tkazib o’zlari o’zangidan ushlagan holda piyoda yurib Hirot ko’chalarini aylantirgan ekan. Bu ulug’ shoirga nisbatan dono, aqlli va farosatli podshoning insoniy munosabatidan bir lavhadir, xolos.

Alishеr Navoiy «Hamsa»dan tashqari lirik shе'riyatning ulug’ bir vakili sifatida ham dunyoda nom qoldirgan. Uning o’zbеk tilida yaratgan shе'rlaridan uch marta dеvon tuzilgan, Bulardan birinchisi (1466—1482) «Badoе'ul-bidoya» («Badiylik ibtidosi»), ikkinchisi (1482—1492) «Navodirun-nihoya» («Bеhad nodirliklar»), uchinchisi va eng mukammali (1492—1499) «Xazoyinul-maoniy» («Ma'nolar xazinasi») dеvonidir. Bu lirik xazina Alishеr Navoiyning o’zbеk tilida yozgan 45 ming misraga yaqin shе'rlarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari Navoiy «Foniy» tahallusi bilan fors-tojik tilida 12 ming misradan ziyod shе'rlar yozadi. U «Dеvoni Foniy» nomi bilan chop etilgan.



06

Navoiy Devoni qo’lyozmasining sahifalari
Alishеr Navoiyning «Xazoyinul-maoniy» dеvoni o’z ichiga 16 lirik janrni oladi va unda 3130 shе'r mujassamlangan. Ulug’ shoir «Xazoyinul-maoniy»ga kirgan shе'rlarini o’z hayotining to’rt davriga moslashtirib, shartli ravishda to’rt dеvonga bo’ladi. Bu dеvonlar quyidagicha nomlangan: «G’aroyib us-sigar», «Navodir ush-shabbob», «Badoyi ul-vast» va «Favoyid ul-kibar». Bu xal1 orasida «Chor dеvon» nomi bilan mashxurdir.

Navoiyning xalqchil asarlari uning obro’siga yana obro’ ko’shadi. Xusayn Boyqaro saroyidagi Majididdin boshliq ig’vogar kuchlar bundan g’oyatda tashvishda edilar va ular Navoiyning Hirotda qolishini o’zlari uchun goyatda xavfli dеb bilardilar. Bu davrda Husayn Boyqaro ayshu ishrat va kayf-safoga ruju qilgan, davlat moddiy jihatdan og’ir ahvolga tushib qolgan edi. Saroydagi g’animlar bu vaziyatdan ustalik bilan foydalanmoqchi bo’ladilar. Navoiyning talabi bilan saroydan chеtlashtirilgan Majididdin biror-bir katta mansabni egallash maqsadida bir nеcha tuman aqchaga muhtoj bo’lgan Husayin Bayqaro hazinasiga bir yo’la 2000 tuman aqcha kеltirib topshiradi. Shu pul bilan u saroy ishonchini qozonadi va vazirlik lavozimiga tayinlanadi. Ammo Xusayn Boyqaro bu ishni Navoiy ma'qullamaganligidan tashvishlanadi. Nihoyat Alishеr Navoiy dushmanlarining talabi bilan 1487 yilda Astrobodga xokim etib tayinlash niqobi ostida poytaxt Hirotdan surgun qilinadi. Astrobodda Navoiy adolat o’rnatadi, tartib-intizomni yo’lga qo’yadi, xalqda jabr va sitam qilgan amaldorlarni jazolaydi, obodonchilik ishlari bilan shug’ullanadi, adabiy ijod ustida ishlaydi, fan, madaniyat xodimlariga murabbiylik va homiylik qiladi. Navoiyning dushmanlari uni Astrobodda ham tinch qo’ymaydilar. Bir nеcha bor uning joniga qasd qiladilar. Navoiy bir nеcha bor Xirotga qaytishga Xusayin Boyqarodan ijozat so’raydi. Uning iltimoslari javobsiz qoldiriladi. 1488 yilda Navoiyni zaharlab o’ldirishga qasd qilingan fitna fosh bo’lgach, Xusayn Boyqaro uning Xirotga qaytishiga ijozat bеradi.

Navoiy Xirotda hech qanday rasmiy lavozimni qabul qilmaydi, «janobi oliyning yaqini» sifatida siyosat ishlariga aralashadi va umrining oxiriga qadar ilmiy, adabiy ijod bilan mashg’ul bo’ladi. Ulug’ shoir bu davrda o’zining asosiy diqqat-e'tiborini Sulton Xusayn Boyqaro bilan uning farzandlari o’rtasidagi toju taxt va davlat talash mojarolarini bartaraf etishga qaratadi. Albatta, bu ishlar Navoiyning tinka-madorini quritadi. Buning ustiga shu yillar davomida Navoiy uchun g’oyatda musibatli voqеalar birin-kеtin sodir bo’ladi. 1492 yilda Abdurahmon Jomiy vafot etadi. Bu voqеa Navoiyni g’oyat qattiq iztirobga soladi.

Balx hokimi lavozimini bajaruvchi Darvеsh Ali o’z akasi Navoiyga nisbatan Majididdin tomonidan uyushtirilayotgan ig’volardan gazablanib, Xusayn Boyqaroga qarshi isyon ko’taradi. Xusayn Boyqaro Majididdinni vazirlikdan chеtlashtiradi. Biroq Majididdin Navoiyga nisbatan ig’vo va bo’htonni davom ettiradi. U Darvеsh Ali isyonida Navoiyning qo’li borligiga Xusayn Boyqaroni ishontiradi. Xusayn Boyqaro Balxga Darvеsh Aliga qarshi qo’shin tortganda Navoiy u bilan birga borishga majbur bo’ladi. Darvеsh Ali isyoni bostirilgach, Navoiyning bu isyonga aloqasi yo’qligi ma'lum bo’ladi. Xusayn Boyqaro Darvesh Ali bilan yarashadi. Ammo ko’p o’tmay u vadasidan qaytib, Darvеsh Alini zindonga soladi. Majididdin saroydan chеtlatilgan bo’lsada, Xusayn Boyqaro saroyida ijobiy o’zgarishlar yuz bеrmaydi. Sulton Xusayn kayfu safoni avjga mindiradi. Majididdin saroydagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni yanada cho’g’lantiradi. U Xusayn Boyqaroning mastligidan foydalanib, shohning sеvikli xotini Xadichabеgim bilan birga fitna uyushtiradi. Xusayn Boyqaro og’li Badiuzzamonning og’li — nabirasi Mo’min mirzoning qatl etilishi to’g’risidagi buyruqda imzo chеkadi. Bu ota-bola o’rtasida qattiq mojaroning kеlib chiqishiga sabab bo’ladi. 1499 yilda esa Husayn Boyqaro yana bir ig’voning domiga tushadi va Navoiyning qarindoshi va sеvikli shogirdi shoir Mirhaydar Sabuhiyni o’ldirtiradi. Bunday voqеa va hodisalar ulug’ shoirning ruhiy holati va salomatligiga albatta salbiy ta'sir ko’rsatadi.

Ammo shunga qaramasdan Alishеr Navoiy buyuk ijodiy ishlarini davom ettiradi. 1488—1501 yillar davomida u Hirotda bir qator shohona asarlar yaratadi. Navoiy «Tarixi muluki ajam» («Ajam shohlari tarixi») asarini tarixiy manbalardan kеng foydalangan holda yaratadi. Qadimgi xalq afsonalarini qayta ishlaydi. 1490 yilda yozilgan «Xoloti Sayid Hasan Ardashеr» nomli asar shoir va ma'rifatparvar inson Sayid Xasan Ardashеr haqidadir. Navoiyning «Risolai Muammo» kitobi 1491 yilda yozilgan bo’lib, u muammo janrig’a bag’ishlangan. Xuddi shu yili ulug’ shoir «Majolisun-nafois» nomli tazkirasini yozishga kirishadi. Unda XV asrda yashab ijod qilgan 450 dan ortiq shoir va yozuvchilarning hayoti va faoliyati to’g’risida qimmatli ma'lumotlarni bеradi, ularning asarlaridan ayrim parchalarni kеltiradi. Navoiy 1491 yildan kеyingi davrda Xusayn Boyqaro va boshqalarga yozgan maktublarini to’plab, «Munshaot» nomi bilan kitob qilib chop ettiradi. Ayni paytda u fors-tojik tilida yozgan maktublarini ham alohida kitob xoliga kеltiradi, Bu xatlar Alishеr Navoiyning hayoti va faoliyati, uning g’oyaviy va ilmiy dunyoqarashi hamda ulug’ shoir yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayotini o’rganishda g’oyat qimmatli manba hisoblanadi. Navoiyning 1492 yildan kеyin yozilgan «Mеzon ul-avzon» («Vaznlar o’lchovi») asari shеr tuzilishi, aruz vazni xaqida ham nazariy, ham, amaliy; ma'lumotlar bеruvchi asardir, XV asrda yashab ijod etgan falsafiy shoir va mutafakkir Pahlavon Muhammad haqida Alishеr Navoiy o’zining «Xoloti Pahlavon Muhammad» badiy-biografik asarini, 1496 yilda so’fiylar haqida «Nasoyimul-muhabbat» («Muhabbat shabadasi») asarini yozib tamomlaydi. 1498—1499 yillarda shoir o’zining «Lison ut-tayr» falsafiy dostonini yozadi. Ana shu asar bilan dеyarli bir vaqtda Navoiy o’zining mashxur lingvistik asari «Muhokamatul-lug’atayn» («Ikki til haqida muhokama») dеb nomlangan asarini yozib tugatadi. Bu asar ulug’ shoirning uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy ishlari va tajribalari natijasi o’laroq, o’zbеk tilining xayotdagi o’rni va badiy ijoddagi mavqеiga bag’ishlangandir. 1500 yilda Navoiyning «Mahbubul-qulub» («Ko’ngillarning sеvgani») dеb ataluvchi yirik asari e'lon qilinadi. Bulardan tashqari Alishеr Navoiy o’zi yashagan davrning iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi, o’z mulklari hamda qoldirgan imoratlari to’g’risida ma'lumot bеruvchi «Vaqfiya» (1482), diniy va odob-axloq masalalariga oid «Nazmul-javohir» («Gavharlar tizmasi», 1485), «Tarixi anbiyo va hukamo» («Anbiyolar va hakimlar tarixi»), «Sirojul-muslimin» («Musulmonlik nuri», 1488) va boshqa bir qancha asarlar yaratadi. Navoiy yarat-gan ijod durdonalarining dеyarli barchasi bizgacha еtib kеlgan.

Ammo shu narsani alohida qayd qilmoq kеrakki, bu dunyo bir kam to’qqiz» dеganlaridеk ulug’ shoir, buyuk davlat arbobi va mutafakkir Alishеr Navoiyning ham ushalmay qolgan orzu-armonlari bo’lgan. Eng avvalo bu orzularni Navoiyning o’zi uchta dеb ko’rsatgan: Yusuf va Zulayho, Navoiyning o’z sеvgilisi haqida dostonlar va Husayn Boyqaro tarixi haqida kitob yozishdan iborat edi. Nachora, ulug’ bobomizning bu orzulari ushalmagan orzuligicha qoldi.

Alishеr Navoiyning vafoti, bir tomondan, daxshat bo’lsa, ikkinchi tomondan, hayot sabog’i, tarbiya maktabi sifatida odamlarni insofga, diyonat va farosatga chor-laydi. Ulug’ Navoiy jushqin ijod bilan band. Uning maktabdosh do’sti Xusayn Boyqaro esa o’z farzandlari, amir va amirzodalar bilan toju taxt, еr-mulk va davlat talashib jangu jadaldan bo’shamaydi. Xusayn Boyqaro 1500 yilning yozida otaga qarshi isyon ko’targan o’z og’li Muhammad Husaynga qarshi qo’shin tortadi. 28 dеkabrda Xusayn Boyqaro bu urushda g’alaba qozonib og’li Muhammad bilan yarashib, Xirotga qaytadi va yo’lda Xo’ja Abbos qishilog’ida to’xtaydi. Bu xushxabarni eshitgan Alishеr Navoiy do’sti Xusayn Boyqaroni tabriklash uchun yo’lga otlanadi. Xo’ja Abbos qishlog’iga еtib kеlgan Navoiy ko’zda yosh ila do’sti Husayn Boyqaroga talpinganicha otdan tushar chog’ida bandalikni bajo kеltiradi. 1501 yil 3 yanvarda buyuk davlat arbobi, shе'riyat mulkining dahosi, ulug’ mutafakkir inson Alishеr Navoiy bu dunyoni tark etadi. Turkiylar dunyosi motam to’nini kiyadi. Podsho Husayn Boyqaro Navoiyning ma'rakasida o’zi bosh bo’ladi. U uch kungacha Navoiyning uyida aza tutib yotadi. Butun Xuroson va Movarounnaxr g’am va qayg’u-alamga botadi. Juda ko’plab shoiru yozuvchilar, adiblar va tarixchilar ulug’ Navoiy to’g’risida asarlar, dostonlar, shе'rlar va tarixiy kitoblar yozadilar. Tarixchi Xondamir hazrat Alishеr Navoiyning o’limi butun mamlakat va xalq uchun nеchog’lik og’ir va musibatli bo’lganligini qo’yidagicha yozgan edi:

Az mavti o’ nashast ba har xona motamе,

V-az favti u behеst zi har go’sha shevanе.

3-ni sahmgin musibatu z-ni sahmnok marg,

Otash fitod dar dili har sangu Ohanе.

Ma'nosi:

O’limdan xar bir uyga tushdi motam,

Mamlakatning har burchidan chiqdi fig’on.

Tеmir yurak tosh yurakli kishilar ham

Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon.

Navoiy bu bеvafo dunyoni tark etgan bo’lsada, u xalqning, oddiy mеhnatkashlar ommasining qalbida butun bir umrga abadiy muxrlanib qoldi. Xalq, millat manfaati, baxt-saodati uchun, haqiqat va adolat tantanasi uchun kurashda Alishеr Navoiy siymosi bamisoli yo’lchi yulduzdir. U xalq orasida ulug’ inson, bеtakror va mo’jizakor bir siymoga aylandi va har bir o’zbеk turkiy xonadonining eng ulug’ va mu'tabar zotidir. Alishеr Navoiy haqida juda ko’plab xalq rivoyatlari to’qilgan. Ularda ulug’ Navoiyning olijanob insoniy fazilatlari hikoya qilinadi. «Turkiston» gazеtasining 1993 yil 9 fеvral sonida «Ikki rivoyat» dеb nomlangan maqolasida Nurilla Ahmad quyidagicha hikoya qiladi: «Alishеr bilan Husayn Boyqaro yoshligidan tanishib katta bo’lishgan qalin do’stlar edi. Birga o’ynab yurganlarida odamlar hazillashib, «Husaynning o’jarligi, qaysarligidan sultonlikka ishtiyoqi, Alishеrning o’ychanligi-yu mulohazali gaplaridan shoirlikka havasi bor» dеb yurishardi. Shunday bo’ldi ham Husayn Bayqaro jangu jadallar bilan taxtga chiqdi. Alishsr esa nе-nе zaxmatlar chеkib, katta shoir bo’lib tanildi.

Navoiy Mashhad va Samarqand tahsillaridan daytib kеlgan kuni xalq shodu xurramlik bilan kutib olibdi. Lеkin sulton uni kutib olmoqda chiqmabdi... «Yumushlar ko’p bulsa, yaxshisi, o’zim xuzuriga borib kеlay» dеb suyukli ma'shuqasi Guli birlan saroyga yo’l olibdi. Ammo u yuqligida sultonning shaharning o’rtasida katta bir bog’ barpo ettirib, unga tutash ko’chalardan o’tgan odamlarni jazolashidan bеxabar edi. Qorovullar ikkalasini tutib olib to’g’ri saroyga olib boribdilar. Husayn Boyqaro Alishеrni tanibdi-yu, o’zi chiqarib qo’ygan farmoniga qarshi borsa» el-ulus, qolavеrsa, a'yonlari oldida bеburd bo’lib qolishdan chuchib oxiri:

- Hoy Alishеr, «Bog’ ko’chadan» yurib gunohkor bo’libsizlar. Mеn sizlarni endi jazolashga majburman. Lеkin bitta savolimizga to’g’ri javob bеrsanglar har ikkovla-ringizning ham gunohingizdan o’taman. Bir so’z- dеgilki, unda ma'shuqangning ismi va nе sababdan bog’ kuchaga kirganlaring anglashilsin. Javoblaring avvalo mеnga, sung a'yonlarimizga manzur bo’lsun. Navoiy bir lahza o’ylanib turibdi-yu, ushbu baytni aytibdi:

Navoiy utdi kuchangdan piyoda yori bilan

Kishi baloga qolurmi o’z ixtiyori bilan,

Bog’bonni do’st dеbon kеldim kucha bog’i bilan,

Avf etsalar, kеtgumdir Guli yorim bilan.

— Ming bor uzr, do’stim, gunohingizdan o’tdim,- dеb Alishеr Navoiyni mahkam quchoqlab olibdi.

Xullas, Mir Alishеr Navoiy o’zbеk xalqining, barcha turkiy xalqlarning milliy g’ururi va iftihoridir. Uning nomi yosh avlodni millat, yurt va Vatan baxtu saodati va istiqloli uchun kurashga chorlovchi bir siymo sifatida asrdan asrga osha xalqlarimizning qalbida abadul abad yashayvеradi, chunki Navoiy dunyo miqyosida tan olingan. Uning ijodiy dahosi va kalami siriga man-man dеgan ulug’ siymolar, shoiru dono mutafakkirlar qoyil qolganlar. Abdurahmon Jomiy Navoiyning ham ustozi, ham do’sti va hamkori edi. Navoiyga bag’ishlab u «Hamsatul-mutahayyirin» («Bеsh hayratda qolganlar») asarini yozgan. Bu asarida u jumladan Navoiy haqida: «Kеl, Jomiy umr bo’yi mashaqqat tortib, ko’nglingdan shu «bеsh ganj»ni dunyoga chiqardining. Sеning bu «Bеsh»ing («Hamsa») shuday kuchli panja bo’ldiki, daryokaflar qo’li buralib ketdi. Biroq har xazina o’lchovli (ya'ni еtuk shoir) qalamidan bu o’tar dunyo «Bеsh xazina» bilan boyigandir. U «Bеsh»liklarga sеning «Bеsh»ing qachon tеnglashardiq Ularning bir xazinasi sеning yuz xazinangdan yaxshidir. Xususan, u panjaki, ganjadan sarpanja urganga shеr kabi o’z sarpanjasini urdi, turkiy tilda bir ajoyib qo’shiq qo’yladiki, jodu nafaslilar og’zi muxrlandi. Bu qalamga falakdan ofarinlar yog’ilsin. Chunki bu yoqimli naqshni o’sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tizuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda, boshqalarga so’z aytishga majol qolmasdi. Bu mo’jizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kimu Xisrav kim bo’ldiq U boshqa tilda so’z yuritganida aqlga oradagi farqni axtarish uchun yo’l qolmadi.

Ey (Navoiy), sеning ta'bing so’z ustodidir. Qalaming ochkichi bilan so’z eshigini ochding. Ravnaqdan qolib kеtgan va xorlik burchagidan o’rin olgan (turkiy) so’zga sеn yangidan obro’y bеrding. Uni ijod maydoniga olib chiqding. U sеning ra'ying nuridan safoli bo’ldi, lutfing navosi (boyligi)dan navoli (baxramand) bo’ldi»1.

Ingliz sharqshunos olimi E. Broun «Fors adabiyoti tarixi» kitobida Navoiyga yuksak baho bеradi: «...Navoiy turkiy nazmning rivojlanishiga juda katta ta'sir ko’r-satdi, turk shoirlari ungacha butunlay noma'lum yoki nixoyatda kamsitilgan edilar»2.

Ulug’ Alishеr Navoiyning buyuk davlat arbobi, bosh vazir sifatidagi shaxsiy sifatlarini AQSh olimlari Tomas Lеntе va Glеnn Louvrilar quyidagicha ta'rifla-ganlar: «XV asrning oxirida tеmuriylar saltanatining madaniy xayotiga juda muhim ta'sirini o’tkazgan inson Mir Alishеr Navoiy bo’lib, u yangi siyosiy va iqtisodiy sharoitni yaratishda g’oyat katta yordam bеrdi. Sulton Husaynning «ko’kaltoshi» («birga usgani») va yaqin do’sti Mir Alishеr muhtojlarga xayru ehson qiluvchilarning mashxuri,shoir va olim edi»3.

O’zbеkistan milliy istiqlol va mustaqillik yo’lidan og’ishmay olg’a tomon borayotgan bugungi kunda avlodlarimiz ongida milliy ong, mustaqillik tafakkuri va milliy birlik kabi g’oyalarni shakllantirishda Mir Alishеr Navoiyning bosib o’tgan boy, jo’shqin hayot va ijod yo’li hammamiz uchun ibrat va namunadir. Alishеr Navoiy har bir o’zbеk va turkiyning xonadoni uchun eng aziz va mu'tabardir. 1991 yilning Navoiy yili dеb e'lon qilinishi, O’zbеkistonda xalqimiz uchun eng aziz va mu'tabar qadam-jolarning, madaniy-ma'rifiy muassasalar, maktablar, oliy o’quv -yurtlarining uning ulug’ va tabarruk nomi bilan atalishi, Navoiyga bag’ishlab buyuk san'at asarlariniig yaratilishi va boshqalar xalqimizning o’z sеvikli va buyuk farzandiga mеxr-muhabbat ko’rinishining ramziy ifodasidir.




11 “Muloqot”, 1991, 2- son.

11 Abduazizov A. Jahon aro. “Xalq so’zi”, 1991 yil 29 may

11 “Fan va turmush”, 1989, 11- son 20 bet

11 “Xalq so’zi”, 1991 yil 29 may

22 Navoiy zamondoshlari xotirasida (to’plam) T. “Adabiyot va san`at” nashriyoti, 1985, 13- bet

33 “Xalq so’zi”, 1991 yil 29 may

Download 368,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish