Reja:
1. Aholi soni va dinamikasi haqida tushuncha
2. Aholini takror barpo qilinishi xususiyatlari, aholini hisobga olish zarurligi
3. Aholi ro‘yxatlari, uning tarixiy ijtimoiy ahamiyati
Aholi soni-ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi kshilarning miqdoriy ifodasidir. Demografiyada aholi soni eng umumiy va asosiy ko’rsatkich bo’lib aniq bir davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma’lum bir chisloga keltiriladi. Masalan, O’zbekiston aholis O`zbekiston aholi soni bo`yicha jahondagi 240 ga yaqin davlatlar ichida 38-o`rinda turadi. Aholi o`lganlar soniga nisbatan tug`ulganlar sonining ortiqligi hisobiga doimo ko`pyib turadi. Bunday ko`payish aholining tabiiy ko`payishi deyiladi. Shuningdek aholi migratsiya hisobiga ham ko`payadi. Buni aholining mexanik ko`payisi deyiladi.
Har bir hudud aholi sonini o’rganganda uni doimiy va mavjud real aholiga ajratiladi. Demografik tadqiqotlar olib borishga nazariy aholi soni hamda mavjud real aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni doimiy o’zgarmas degan ma’noni bildiradi. Aholi takror barpo bo’lishining maxsus koffitsiyentlarini hisoblaganda doimiy aholi sonidan foydalaniladi, turli demografik modellarni tuzganda ham nazariy aholidan foydalaniladi, ya’ni o’rganilayotgan davr aholi soni o’zgarmas deb qabul qilinadi.
Real, mavjud aholi soni ma’lum bir ma’muriy hududning, davlatning o’rganilayotgan davrgdagi mavjud aholi sonidir. Masalan, O’zbekiston davlatining aholi soni, Farg’ona vodiysining aholi soni va h.k.
Demografik koeffitsiyentlarni hisoblaganda odatda o’rtacha yillik aholi sonidan foydalaniladi. Chunki demografik jarayon butun yil davomida ya’ni 1-yanvardan 31-dekabrgacha qadar bo’lgan muddatga hisoblanadi. Aholi soni esa yuqoruda qayd etilgandek yil boshida – 1 yanvarga olinadi. Ma’lum calendar yilga o’rtacha yillik aholi soni hisoblash uchun shu calendar yilning boshidagi va keyingi calendar yilning boshidagi aholi soni qo’shilib ikkiga bo’linadi va o’rganilayotgan yil uchun o’rtacha aholi soni aniqlanadi. Buning uchn 1999 y 1 yanvardagi va 2000 yil 1 yanvardagi aholi sonlarini qo’shib ikkiga bo’linadi.
Aholi soni haqidagi aniq ma’lumotlar aholi ro’yxati o’tkazish yo’li bilan to’planadi. Aholi ro’yxatlari orasidagi davr uchun esa har yilgi tug’ulish o’lim va megratsiya jarayonlarini etiborga olgan holda aholi soni maxsus uslublar yordamida hisoblanadi. Ma’lum hududda, davlatda yashovchi aholi haqida fikr yuritish, uni o‘rganish uchun birinchi navbatda, aholining soni, tarkibi, hududiy taqsimlanishi haqida ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Ana shunday ma’lumotlarni asosan, aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, uning tabiiy va mexanik o‘sishini muntazam aniq hisobga olib borish yo‘li bilan to‘planadi.
Aholi sonini aniq hisobga olishda aholi ro‘yxatini o‘tkazish juda ahamiyatlidir. Aholini dastlabki ro‘yxatga olish, qadimgi Gretsiyada, Vavilonda, Mesopatamiyada, Rim va Xitoy va Yaponiya va Yegipetda o‘tkazilgan. Lekin bu aholi ro‘yxatlarini o‘tkazishdan maqsad aholidan soliq yig‘ish ya’ni boj olish, hamda harbiy yurishlar uchun erkaklar sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham faqat erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki u paytlarda oilada, jamiyatda erkakning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan va soliq to‘lashda faqat erkaklar qatnashgan, xolos.
Eng qadimgi aholi ro‘yxatlari (senzi), eramizdan oldingi VI- asrda qadimgi Rimda imperator Servi tull davrida o‘tkazilgan. Bu aholi ro‘yxatlari 510 yillarda boshlab, har 5 yilda muntazam o‘tkazilib turgan. Unda oila boshliqlari o‘zi haqida, shu bilan birga oila a’zolari va mol-mulklari haqida ma’lumot berganlar.
Feodalizm davrida esa kichik-kichik davlatlar paydo bo‘lishi, ularni parchalanishi natijasida aholining muntazam ro‘yxati o‘tkazilmagan. Faqat alohida sharoitlarda ba’zan yoppasiga tarqalgan epidemiyalardan, urushlardan keyin qancha aholi kelganligini bilish maqsadida aholi ro‘yxatga olingan.
XVIII-asrning o‘rtalarida milliy davlatlarni paydo bo‘lishi, kapitalistik munosabatlarni rivojlanishi bilan aholi haqida mukammalroq ma’lumotlarga talab ortib boradi va aholi o‘rtasida qator ro‘yxatlar o‘tkaziladi. Lekin bu ro‘yxatlar ham hamma aholini, uning barcha ijtimoiy-demografik guruhlarini qamrab olmaydi. Ular ham ba’zi territoriyalarda soliq to‘lovchilarni, harbiy xizmatga yaroqli aholi miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Mukammal aholi ro‘yxati o‘tkazishning o‘z ilmiy qonun qoidalari mavjuddir. Bunday aholi ro‘yxati aholining hammasini ya’ni yangi tug‘ilgan chaqaloqdan boshlab to eng keksa guruhgacha , qamrab olishi kerak. Birinchi ana shunday, mukammal aholi ro‘yxati birinchi marta 1790 yili AqSH da, 1801 yili Fransiya, Daniya, Norvegiyada, Buyuk Britaniyada o‘tkazildi. Lekin bu aholi ro‘yxatlari ham juda oddiy bo‘lgan va uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi Amerika aholi ro‘yxati (senzi) 18 oyga cho‘ziladi.
XIX asrga kelib aholini o‘rganish juda kengaydi. Statistika fan sifatida taraqqiy etdi. qator Yevropa davlatlarida statistik tashkilotlar tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borildi. 1870-1879 yillarda dunyoda 48 ta aholi ro‘yxati o‘tkazildi. 1880 yillarda - 54, 1890 yillarda - 57 ta 19 asrning oxirida dunyo aholisini 21 % i ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida - 64 % aholi ro‘yxatga olindi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro‘yxatga olish yana ham rivojlanib ketdi. 1945 - 1954 yillarda - 151 davlatda 1965 - 1974 yillarda - 179 davlatda, aholi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholi ro‘yxati o‘tkazildi. Faqat ba’zi bir rivojlanayotgan davlatlarda, iqtisodiy, siyosiy sabablarga ko‘ra aholi ro‘yxati o‘tkazilmaydi.
Bugungi kunda barcha davlatlarda aholi va uni ijtimoiy demografik guruhlarining demografik taraqqiyotini o‘rganish uchun statistik ma’lumotlar mavjuddir. Aholi ro‘yxatlari ilmiy asoslangan dasturlar orqali juda keng, mavzularni qamrab olgan holda, har 5-10 yillarda o‘tkazilib turiladi. Hozirgi davrda o‘tkazilgan, aholi ro‘yxati ma’lumotlari shu qadar keng doirada to‘planganki, ular asosida aholini va ijtimoiy -demografik guruhlarning faqat miqdorini emas, balki ularning sifatiy ko‘rsatkichlarini, ya’ni ma’lumoti, oilaviy holati, ijtimoiy ahvoli va boshqa xarakterlarini ham o‘rganish mumkin. Olingan ma’lumotlar EVM lar yordamida har bir yo‘nalishlar bo‘yicha alohida o‘rganilib, statistik yilnomalar tayyorlab boriladi.
Dunyodagi barcha davlatlar qatori O‘zbekistonda ham aholini ro‘yxatga olish o‘z tarixiga va xususiyatlariga egadir. Aholi ko‘payishi va uning omillarini o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish ham muhim ahamiyatga molikdir. Unda har bir hudud, millat va ijtimoiy guruhlarda mavjud demografik muammolarni aniqlash maqsadida mutaxassislar tomonidan maxsus so‘rovnomalar tuzilib, aholiga tarqatiladi yoki ushbu guruhlarda mutaxassislar ishtirokida suhbatlar olib boriladi.
Sotsiologik uslubda tadqiqot olib borish asosan, 20-asrdan boshlab rivojlana boshladi. O‘zbekistonda ham 1960-1970 yillardan boshlab aholi ko‘payishi va boshqa demografik masalalarni mukammal o‘rganish maqsadida qator sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilgandir. Bu borada respublikada Mirzo Ulug‘bek nomli ToshDU aholishunoslik laboratoriyasi asosiy ilmiy -markaz bo‘lib, faoliyat ko‘rsatgandir.
3 – MAVZU: AHOLINING TABIIY HARAKATI
Do'stlaringiz bilan baham: |