Demografiyaning asosiy vazifalari
Har bir fanning asosiy vazifasi tabiat va jamiyatning ma’lum qismidagi rivojlanish qonunlarini о‘rganishdir. Lekin shu bilan bir qatorda har bir fannidg о‘ziga xos amaliy ahamiyatga ega bо‘lgan vazifalari ham mavjud. Demografiya ham alohida fan sifatida о‘z vazifalariga egadir. Ushbu vazifalarni uch guruhga bо‘lib о‘rganish maqsadga muvofiqdir1
1. Demografik jarayoilar va ularning omillarini о‘rganish.
2. Demografik bashoratlarni ishlab chiqish.
3. Demografik siyosat chora tadbirlarini ishlab chiqish.
Demografik jarayonlarga tug‘ilish, о‘lim, nikoh, ajralish va oila kiradi.
Demografik jarayonlar tarkibida tug‘ilish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, о‘rganilayotgan mavjud aholi avvalo tug‘ilish jarayoni natijasida dunyoga kelgan. Demografiya tug‘ilishni alohida, aholi takror barpo bо‘lishining demografik zamini sifatida о‘rganadi, unga ta’sir etuvchi barcha ijtimoiy — iqtisodiy va tabiiy omillarni tahlil etadi. Shuningdek, о‘lim jarayoni ham aholi takror barpo bо‘lishining asosiy elementi sifatida demografiya fanining e’tiborida turadi. Aholining takror barpo bо‘lishida birinchi navbatda oila tashkil topishi ya’ni shakllanishi ahamiyatlidir, Chunki dunyoda tug‘ilayotgan insonlarning aksariyati oilada, oila muhitida dunyoga keladi, shaxs sifatida shakllanib о‘zining demografik faoliyatini (oila qurish, farzandlar kо‘rish) boshlaydi.
Oila shakllanishi esa, о‘z о‘rnida nikoh va ajralish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Demografiya nikoh evolyusiyasi va uning aholining takror barpo bо‘lishidagi о‘rnini alohida о‘rganadi.
Ajralish ya’ni nikohning bekor etilishi ham aholi takror bо‘lishiga ta’sir etuvchi demografik jarayon hisoblanadi. Demografiya ushbu jarayonni о‘rganar ekan, uning mavjudlik darajasiga ta’sir etuvchi qator sabab va oqibatlarini atroflicha taxlil etadi,
Demografiya aholining bir joydan ikkinchi joyga kо‘chishi — migratsiyasini ham о‘rganadi. Lekni bu jarayonni о‘rganishda, aholi geografiyasidan farqli ravishda, asosiy e’tiborni migratsiya jarayonining hududiy hususiyatlarga emas, balki ushbu jarayon natijasida rо‘y beradigan — hududning demografik holatidagi о‘zgarishlarga qaratadi.
Demografiyada oila asosiy ijtimoiy — demografik guruh sifatida о‘rganiladi. Oilani jamiyat taraqqiyoti davomidagi о‘rni, evolyusiyasi, aholining takror barpo bо‘lishidagi asosiy faoliyati va uning о‘zgarib borish omillari, oqibatlari о‘rganilib, kelajak rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari aniqlanadi.
Ma’lumki, aholi, tug‘ilish va о‘lim jarayoni natijasida mavjud bо‘lgan avlodlar almashinuvi yig‘indisidir. Inson mavjudligini ta’minlovchi barcha demografik jarayonlar—tug‘ilish, о‘lim, nikoh va ajralish uning hayotidagi ma’lum davrida, ya’ni ma’lum yogaida rо‘y beradi.
Shuning uchun, yosh demografik jarayonlarni о‘rganishda asosiy mezon hisoblanadi. Insonning demografik va ijtimoiy holatida, о‘z xayoti davomida yosh va jins asosiy kо‘rsatgichdir. Aholining jinsiy tarkibi ham demografik holatga ta’sir etuvchi asosiy, demografik taxlili lozim bо‘lgan mezonlardandir.
Demografik bapyuratlar iptlab chiqishda demografiya fani, birinchi navbatda о‘rganilayotgan hudud yoki ijtimoiy guruh aholisiniig demografik maylini (demografik jarayonlariga bо‘lgan munosabati) atroflicha taxlil etadi va ayni shu asosda demografik jarayonlarda kelajakda kutilayetgan о‘zgarishlarni kо‘rsatib beradi. Demografik siyosat mazmuni va tadbirlarini ishlab chiqish juda ma’suliyatli va murakkab jarayoidir.
Demografiya mustadil fan sifatida о‘z usullariga egadir, Ular jumlasiga tarixiy, taqqoslash) statistika, matematika, kartografik, mantiqiy fikrlash sotsiologik uslublar kiradi, Demografiyaning tahlil uslubi statistikadan farq qiladi. Unda mavxum fikrlash uslubidan keig foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida rо‘y beradigan miqdor va sifat о‘zgarishlari о‘rganiladi. Aholi muayyan ijtimoiy hayet tarziga bо‘ysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham muayyan| ishlab chiqarish usuli va munosabatiga bog‘liq bо‘ladi. Bu murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish maxsulidir, sababi aholi turli omillar zaminida kо‘payadi, Bu jihatdan demografiya taxlil mavzui siyosiy iqtisod, sotsiologiya, psihologiya, matematika, statistika, sotsial gigiyena, geografiya, tibbiyot, tarix, etnografiya va boshqa fanlar taxlil mavzuiga yaqin bо‘lib, shu fanlarnish yutuqlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda ularga qimmatli ma’lumotlar beradi.
Demografiya har bir ijtimoiy — iqtisodiy tuzum aholisining kо‘payish va rivojlanish qonunlarini alohida —alohida о‘rganadi. Chunki har bir ijtimoiy-1 iqtisodiy formatsiyaga xos aholi о‘sish qonuni, demografik) vaziyatga bevosita ta’sir kо‘rsatadi.
Aholining takror barpo bо‘lishi qonuyaiyatlarni о‘rganar ekan, demografiya bir qator ilmiy yо‘lalishlarga bо‘linadi va bu yо‘nalishlar demografiya fanlari tiziminsh tayatkil etadi. Ularga nazariy demografiya, demografik) statistika, tarixiy demografiya, etnik demografiya, iqtisodiy demografiya, hududiy demografiya, taxliliy demografiya va amaliy demografik tadqiqotlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |