Aholining tabiiy o‘sishi. Aholining tabiiy o‘sishi ma’lum bir muddatda tug‘ilganlar sonidan o‘lganlar sonini olib tashlaganda qolgan qoldiq bilan o‘lchanadi.
Aholining tabiiy o‘sishi dunyoning turli qismlarida, har xil mamlakatlarda, hatto bir mamlakatning ayrim qismlarida turlichadir Masalan: O‘zbekiston tabiiy o‘sishi yuqori bo‘lgan davlatlardan hisoblanadi. Buni sabablari tug‘ilish va o‘limga bog‘liq. Hozir yer shari aholisi har yili 2% ga ko‘paymoqda. Ammo aholi tabiiy o‘sishining dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichining yuqori bo‘lgan joylar ham bor. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi ko‘payishi yiliga 3-4%ga yetadi. Eng kam tabiiy o‘sish rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda kuzatiladi. Masalan: Yaponiyada-10.8, Avstraliyada-9.2, Italiyada-4.9, AqShda-5.9, Buyuk Britaniyada- 0,6 ‰ ni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 18 ‰ ni tashkil etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |