Reja: Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining ob’yekti, predmeti



Download 64,5 Kb.
bet5/18
Sana01.08.2021
Hajmi64,5 Kb.
#134920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari MOODLE MARUZA

Reja:

 

1.      Aholining tabiiy harakati haqida tushuncha



2.      Tug‘ilish va o‘limning obyektiv va biologik jarayon ekanligi

3.      Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlari

 

Insoniyat taraqqiyoti davomida hamisha avlodlar almashinuvi jarayoni davom etib kelgan. Har yili qandaydir sabablarga ko‘ra vafot etgan aholi o‘rnining yangidan, dunyoga kelgan avlod hisobiga to‘ldirilib borishi aholining takror barpo qilinishi deyiladi. Tug‘ilganlar soni o‘lganlar sonidan ortiq bo‘lgandagina aholi soni oshib, ko‘payib boradi. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir.



Aholini takror barpo bo‘lishi asosan ikki demografik jarayonlar -tug‘ilish va o‘limga bog‘liqdir.

Tug‘ilish - biologik jarayon. Lekin u ijtimoiy -iqtisodiy muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Ma’lumki, insoniyat o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida bir nechta ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o‘tdi va tug‘ilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo‘lavermagan. Kapitalistik tuzumgacha mavjud bo‘lgan davrlarda tug‘ilish biologik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni cheklanmagan. Avvalo, shuni aytib o‘tish kerakki, quldorlik tuzumi davrida ham, feodalizmda ham ko‘p bolalikdan har bir oila va shu bilan birga jamiyat ham manfaatdor edi. Nega shunday? Chunki oilada bolaning iqtisodiy roli juda katta edi. Ko‘pgina mamlakatlarda oila yumushlarida, hunarmandchilikda, dehqonchilikda va chorvachilikda bolalar mehnatidan foydalanilgan. Oiladagi iqtisodiy daromadning bir qismi bevosita bolalar mehnati orqali hosil qilingan. Demak, bola mehnati milliy daromadning ma’lum ulushini tashkil etgani sababli, u jamiyat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Hatto, ba’zi davlatlarda, masalan, Rossiyada dehqonlarga ishlash uchun beriladigan yer ham bolalar soniga qarab, taqsimlanadi. Bunday sharoitda o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, har bir oila bolalar sonini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘lgan.

Kapitalistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi bilan  sanoat tez rivojlana boshladi, yangi-yangi shaharlar paydo bo‘ldi. Ko‘pchilik aholi  ish qidirib qishloqdan shaharlarga ko‘chib kela boshladi. Shahar aholisining o‘sib borishi natijasida bir tomondan shaharlarda turar joy, oziq-ovqat muammolari kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi tamondan fan- texnika taraqqiy etib, ishsizlik vujudga keldi. Uchinchidan, kapitalistik ishlab chiqarishda ayollar va bolalar mehnatiga juda  kam haq to‘lanar edi. Jamiyatda bunday o‘zgarishlar oilada bolalar sonini cheklashga, tug‘ilishning qisqarishiga olib keldi. Aholisining asosiy qismi shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish ayniqsa kamayib ketdi,

Yer yuzida tug‘ilishning kamayish jarayoni, asosan, XVIII asrning ikkinchi yarmida g‘arbiy Yevropa davlatlarida boshlanib, keyinchalik AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiyaga tarqaldi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda tug‘ilish tez kamaya boshladi. Bu davlatlarda agar XVIII asrning ikkinchi yarmida har ming kishi hisobiga 38 ta bola tug‘ilgan bo‘lsa, oradan sal kam ikki yuz yil o‘tgach, ya’ni XX asrning oxirgi choragida bu ko‘rsatkich 16ni tashkil etdi. Boshqacha qilib aytganda, ikki yuz yil davomida tug‘ilish 2 martadan ko‘proq qisqargan. Xuddi ana shu davrlar uchun rivojlanayotgan davlatlardagi tug‘ilishni qiyoslaydigan bo‘lsak, boshqacha ahvolning guvohi bo‘lamiz. Ularda 1750-1800 yillarda har ming kishi hisobiga 41 tadan bola tug‘ilgan va 1970-1990 yillarda esa har 1000 kishi hisobiga tug‘ilgan bola 34ni tashkil qilgan. Demak, rivojlanayotgan mamlakatlarda tug‘ilishning kamayishi nisbatan sekin borgan.

 


Download 64,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish