2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa fanlar bilan bog’liqligi va o’rni
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fani – bu qishloq xo’jaligining sanoat, savdo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va aholiga etkazib berish, agrar soha uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi sohalar bilan uzviy bog’langan fan sifatida shakllangan fandir.
Agrosanoat majmuasi tarkibida infratuzilma muhim ahamiyatga egadir, chunki ASM iqtisodiyoti fani infratuzilmani ikkiga bo’lib o’rganadi, uning birinchi qismi – ishlab chiqarish infratuzilmadan iborat bo’lsa, ikkinchi qismi ijtimoiy infratuzilmadir. Bu tuzilmalarning tarkibini ushbu fan bir tartibga solib turadi.
Agrosanoat iqtisodiyoti fani doimiy rivojlanishda bo’lib, yuz berayotgan o’zgarishlarni, ulardan ishlab chiqarish omillari bo’lgan mehnat resurslarini, er fondini, asosiy ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanishni, tadbirkorlik imkoniyatlarini O’zbekiston iqtisodiyotiga olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning agrosanoat majmuasi sohalarida amalga oshirishda yutuq va kamchiliklarni o’rganib, ularning echimlari to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi. Bu fan O’zining predmetini quyidagicha o’rganadi, eng avvalo agrosanoat integrasiyasini – ya’ni sanoat bilan qishloq xo’jaligini bir-biri bilan singib ketishi va yuksalib borishini, chambarchas bog’liq ekanligini, texnologik jihatdan bir-birini to’ldiruvchi tarmoq ekanligini o’rganadi. Masalan, «O’zmevasabzavostanoatxolding» kompaniyasiga qarashli shirkat-zavodlar, sutni qayta ishlovchi ayrim korxonalar, issiqxonalar va parandachilik fabrikalari shular jumlasidandir.
ASMda muhim o’rinni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor tovarlarni iste’molchilarga etqazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar egallaydi.
“Агросаноат мажмуаси иқтисодиёти” фани моддий ишлаб
чиқаришнинг иқтисодий масалалари билан боғлиқ бўлганлиги сабабли
бошқа иқтисодий фанлар каби қуйидаги амалий масалаларга жавоб
излайди ва уларни мўътадил ечимини топади:
1. Мамлакат агросаноат мажмуаси нима ишлаб чиқариши
кераклигини аниқлаши ва унинг энг мўътадил таркибини топиши лозим.
25
Республика табиий-иқлим, меҳнат ва ишлаб чиқаришнинг моддий
ресурслари ҳамда бозор талабларини ҳисобга олган ҳолда нима
етиштириш кераклигини белгилаши керак. Бу жуда муҳим ва қийин масала
бўлиб, ушбу фан нима ишлаб чиқариш лозим деган масаланинг ечимини
топиш устида фикрлар юритади. Бу масалани ҳал этишда мамлакатнинг
маҳсулотларга бўлган талаби аниқланилади. Ушбу талабни қондириш учун
қандай имкониятлар мавжудлиги ўрганилади. Республика учун қайси
маҳсулотларни етиштиришнинг абсолют ва нисбий устунлик жиҳатлари
ўрганилади. Шундан сўнг нима етиштириш керак деган саволга жавоб
беради. Агросаноат мажмуаси доимий ривожланишда бўлиб, даврлар
ўтиши билан ишлаб чиқаришнинг таркиби ўзгариб боради.
2. “Агросаноат мажмуаси иқтисодиёти” фани неъматлардан қанча ва
қандай ишлаб чиқариш керак деган саволга ҳам жавоб излайди. Бу масала
жуда муҳим бўлиб, қанча ишлаб чиқариш керак деган саволга жавоб
бериш учун мамлакатнинг ушбу неъматларга бўлган талаби ва уни ишлаб
чиқариш учун имкониятлари аниқланади. Қандай ишлаб чиқариш керак
деган саволга жавоб бериш учун етиштирилаётган маҳсулотлар қанақа
технологиялар ёрдамида ишлаб чиқарилиши белгиланади. Бу саволга
жавоб топиш учун мамлакат ўз ресурсларининг қанча қисмини ушбу
неъматларни яратишга ажрата олишини ҳам ҳисобга олиш керак бўлади.
Мамлакат иқтисодиёти учун мос келадиган илғор технологияларни ишлаб
чиқаришга жалб этиш катта амалий аҳамиятга эга.
3. “Агросаноат мажмуаси иқтисодиёти” фани мажмуа маҳсулотлари
ким учун ишлаб чиқарилади деган саволга жавоб топиши лозим. Бу бир
кўринишда оддий масаладек кўринса-да, аслида жуда мураккаб масала
ҳисобланади. Бу масала қанчалик мураккаб, тез ўзгарувчан бўлмасин унга
доимо жавоб топиб туриш зарурати мавжуд.
ASM iqtisodiyoti fani qishloq xo’jaligi marketingini alohida mavzu sifatida o’rganadi, chunki hozirgi paytda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ma’lum bir iste’molchilarning talablarini aniqlash va bu talablarni qondirishga qaratilgan marketingga ko’proq e’tibor berilmoqda.
Ma’lumki, marketing – inglizcha so’z bo’lib, market – bozor – tadbirkor muhitini, bozorni, iste’molchining aniq talabini va iste’molchilar uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni kO’zda tutishni o’rganishga asoslangan, qishloq xo’jalik korxonalarining ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bozor konstepstiyasidir.
Marketingni nazarda tutib ish yuritishda qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish bo’yicha menejer tashkiliy tizidagi boshliqlardan biri bo’lib, menejerning vazifasi bozorning tovarlar va xizmatlar bilan to’lgan qiyin bir sharoitlarda korxonaning uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlashdan iborat.
ASM iqtisodiyoti fani O’zbekistonning moliya va kredit siyosatini agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotidagi o’rnini inobatga olib, ularni alohida mavzu sifatida o’rganadi.
Bu fan, xorijiy davlatlar agrar siyosatini o’rganishga katta e’tibor berib, Evropa hamjamiyati davlatlarining yagona agrar siyosati to’g’risida ham qisqacha ma’lumotlar beradi.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-alohida emas, balki ulardan har biriga tegishli ma’lumotlar asosida pirovard (so’nggi) mahsulotni ishlab chiqarishni ko’paytirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlash yo’llari kabi masalalarni o’rganadi.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani «Iqtisodiy nazariya», «Iqtisodiy statistika», «Iqtisodiy geografiya», «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti», «Qishloq xo’jaligi huquqi», «Sanoat iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment», «Moliya va soliq» kabi qator fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Shu sababli o’z predmetini ko’plab fanlar yordamida o’rganadi, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga hissa qo’shadi.
Masalan, «Qishloq xo’jaligi statistikasi» fani bilan bog’liqligi shundaki, bu fan orqali erdan foydalanish va yaroqli erlar statistikasini, dehqonchilik statistikasini, chorvachilik statistikasini, qishloq xo’jaligining asosiy fondlarini, qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxi statistikasi kabi mavzular bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Agrosanoat majmuasi o’zining predmetini yana quyidagi tartibda o’rganadi: agrosanoat integrastiyasi, agrosanoat majmuasining mohiyatini va uning tarkibini ochib beradi.
Agrosanoat integrasiyasi esa sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biriga singib ketishi va bir butun tizimga aylanishidir.
Hozirda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan sanoatning bir butun ko’rinishini olayotganini ko’plab misollar bilan ifodalash mumkin. Jumladan, «O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasiga qarashli shirkat-zavodlar, sutni qayta ishlovchi ayrim korxonalar, issiqxonalar va parandachilik fabrikalarini misol qilib olsa bo’ladi. Bu sohalarda bir yuridik maqomga ega bo’lgan korxonada qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqariladi va shu korxonaning o’zida u dastlabki qayta ishlash jarayonidan o’tadi, ba’zan esa to’la qayta ishlanadi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish qishloq xo’jalik darajasidan sanoatlashib ketgan.
Doimiy rivojlanishda bo’lgan bu fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mehnat resurslarini, er fondini, asosiy ishlab chiqarish vositalarini va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganadi.
ASMda muhim o’rinni qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar egallaydi, bu ASMning 3-sohasidir. Umuman, bu to’g’risida yuqorida biz to’xtalib o’tdik. «Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani har bir tarmoqning iqtisodiyotini alohida O’rganmasdan, balki ularning har biriga tegishli bo’lgan ma’lumotlar asosida pirovard (oxirgi) mahsulotni ishlab chiqarishni ko’paytiradi, bu mahsulotlarning tannarxini arzonlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashni amalga oshirish kabilarni o’rganadi.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani «Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy statistika», «Iqtisodiy geografiya», «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti», «Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish to’g’risidagi huquqlar», «Moliya va soliq», «Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish» kabi fanlar bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |