Reja : “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘rni


     Agrosanoat majmuasi iqtisodiyti fanining predmetini o‘rganish usullari



Download 73,58 Kb.
bet2/22
Sana30.12.2021
Hajmi73,58 Kb.
#90218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
asm 1

2.     Agrosanoat majmuasi iqtisodiyti fanining predmetini o‘rganish usullari

 

            Barcha iqtisodiy fanlar o‘z predmetlarini o‘rganishda qanday usullardan foydalansa ASM iqtisodiyoti fani ham shu usullardan foydalanadi. Lekin bu fanlar o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim usullardan ko‘proq va ayrim usullardan kamroq foydalanadi.

          «ASM iqtisodiyoti» fani o‘z predmetini o‘rganishda quyidagi usullardan ko‘proq foydalanadi, jumladan:

1)    iqtisodiy tahlil;

2)    iqtisodiy taqqoslash;

3)    statistik guruhlash;

4)    monografik usul;

5)    balans usuli;

6)    istiqboli rejalashtirish;

7)    ilg‘or tajribadan foydalanish;

8)    ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash;

9)    biznes reja tuzish;

10)            sintez usuli;

11)            induksiya va deduksiya;

12)            iqtisodiy matematika usul kabilar.

              Induktiv usul deganda – yempirik bilimdan abstraksiyaga o‘tib, nazorat xulosalar chiqarish, so‘ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o‘tish tushuniladi.

             Deduktiv usul qo‘llanganda yesa iqtisodiy faktlar tahliliga o‘tiladi. Bunda ilgari surilgan xulosa qaytadan faktorlar asosida tekshirib ko‘riladi. Bu har ikala usul bir-birini to‘ldiradi.

             «ASM iqtisodiyoti» fani ma’lum darajada tarixiy fandir, lekin  shu bilan birga rivojlanib borayotgan fanlar qatoriga kiradi. Shu sababdan ham dunyo iqtisodiyotida va O‘zbekiston iqtisodiy siyosatida yuz berayotgan hodisalar «ASM iqtisodiyoti» fanining rivojlanishiga bevosita ta’sir yetadi. Demak, bu fan o‘z predmetini o‘rganishda tarixiy – dialektik usuldan ham keng foydalanadi. Bu usulda majmuaga kirgan bir tarmoqda yuz bergan o‘zgarish uning boshqa tarmoqlar faoliyatida o‘z aksini topishi doimiy hisobga olinib turiladi.

             Masalan, dehqonchilikni rivojlantirishdagi o‘zgarishlar chorvachilik sohasini o‘zgarishiga o‘z aksini topadi. Chorvachilikni muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, yuqori sifatli yem-xashakning yetarli darajada bo‘lishi va bundan to‘g‘ri foydalanishdir. Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish yesa ekin maydonlarining hajmiga va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligiga bog‘liq.

              Chorva mollarini yem-xashak bilan ta’min yetish rejalarini tuzishda, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish biznes rejalarini tuzishda, mollarning yem-xashak bilan ta’min yetish ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqishda yem-xashak resurslarning manbalari muhim ahamiyatga yegadir.

                 Tahlil (analiz) so‘zi grekchadan olingan «analesis» bo‘lib, bo‘lakchalarga bo‘lish yoki bo‘lakchalarga ajratish kabi ma’nolarni anglatadi.

               Bir iqtisodchi olim xo‘jalikni iqtisodiy tahlil qilishga baho berib, shunday deb yozgan: «Ishbilarmon iqtisodchi quruq tezislar yozish O‘rniga faktlarni, raqamlarni va ma’lumotlarni o‘rganish ustida ishlaydi, amaliy tajribani tahlil qiladi va xato mana bu yerda, uni mana bunday qilib tuzatish kerak» deb yozgan.

              Iqtisodiy tahlil xo‘jalikni, mulk shaklidan qat’iy nazar, ichki rezervlarini aniqlashga, shartnomaviy rejalarni oshirib bajarishga, yangi tadbirlarni belgilashga imkon ochib beradi.

          Iqtisodiy taqqoslash usuli – tahlil qilishning ko‘p qo‘llaniladigan usulidir. Bu usulda bir necha iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanadi.

Masalan:

1)                           hisobot ko‘rsatkichlari shartnomaviy rejada belgilangan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.

2)                           mazkur yildagi, ya’ni joriy yil natijalari bazis yil, ya’ni avvalgi yillardagi yoki ma’lum bir davrdagi ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Hisobot davridagi ish ko‘rsatkichlari o‘tgan (bazis) yillardagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab ko‘rilganda, shirkat yoki fermer, dehqon xo‘jaligi iqtisodiyotida bir necha yil mobaynida ro‘y bergan o‘zgarishlarni belgilab olish imkonini beradi.

3)shirkat, fermer, pudratlarning yutuqlari viloyat, tuman bo‘yicha yerishilgan ko‘rsatkichlar hamda ilg‘or xo‘jalik va ilmiy tadqiqot institutlarining ish natijalari bilan solishtiriladi.

Shunday qilib, taqqoslab ko‘rish usulida xo‘jalik ishlab chiqarishda O‘zaro bog‘liq bo‘lgan ko‘p ko‘rsatkichlarni bir-biriga solishtirish mumkin.

Masalan, yerdan foydalanishni taqqoslab ko‘rganda har bir gektar qishloq xo‘jaligi hisobiga qancha daromad olishni, har 100 gektar qishloq xo‘jalik yeri hisobiga chorva mahsulotlari yetishtirishni, mehnat unumdorligini, mahsulot tannarxini, texnikadan foydalanishni, ishchi-xodimlarning moddiy va madaniy turmush tarzini yaxshilanishini va boshqa ko‘rsatkichlarni taqqoslash mumkin.

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini yuksaltirishda ASMning ahamiyati beqiyosdir. Uning asosiy maqsadi qishloq  xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni tayyorlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish tizimining maqsadga muvofiq ishlarini ta’minlashdan iborat. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mexanizmni yaratish, mahsulot sifatini oshirish, ishlab chiqarishning ma’qul shakllarini vujudga keltirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish kabi masalalarni ochib berishdir.

ASMni rivojlantirish yesa aholining turmush darjasini oshirishning yeng muhim omillarildan biridir. Shu sababli ham mamlakat agrosanoat majmuasining rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan doimiy ravishda ye’tibor berib kelinmoqda. Buning natijasida mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotini yuritish uchun zarur qonuniy baza yaratilib, ular mutassil takomillashtirilib borilmoqda. Olib borilgan va olib borilayotgan siyosat natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida nodavlat sektorining salmog‘i hal qiluvchi ahamiyatga yega bo‘ldi. Agrar sohada ishlab chiqarish asosan shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari shaklida tashkil yetildi. Bozor talablari va davlat ehtiyojidan kelib chiqib ishlab chiqarishning tarkibi o‘zgartirildi. Paxta yakka hokimligiga barham berilib, g‘allachilik tarmog‘i keskin kengaytirildi. G‘allachilik bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan maxsus tizim yuzaga keldi. Chorvachilik tarmog‘i yesa deyarli xususiylashtirildi.

Mamlakat ASMsining asosiy maqsadi aholini sifatli oziq-ovqat va xalq iste’moli tovarlari bilan talab darajasida ta’minlashdan iborat. Bunday muammo yirik siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga yega bo‘lib, uning talab darajasida hal yetilishi aholi turmush darajasini yuksaltiradi. Shuning uchun ham bu masalaga Respublika hukumati tomonidan alohida ye’tibor berilmoqda, ya’ni ASMga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga bosqichma-bosqich joriy yetilmoqda.

«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» faning vazifasi esa talabalarni (va shu fanni O‘rganuvchilarni ham) ASM tarmoqlarda iqtisodiyotning dolzarb masalalari bo‘lmish: agrosanoat integratsiyasi, ASMsi tarmoq tarkibi, ular rivojlanishining hozirgi holati, tarmoqdagi ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish, marketing, menejment, moliya va kredit, soliq siyosatining ASMsi tarmoqlarini rivojlantirishdagi O‘rni to‘g‘risidagi bilimlar bilan tanishtirishdir.

«ASM iqtisodiyoti» fanini o‘rganish tufayli talabalar (va shu fanni o‘rganuvchilar) ASM to‘g‘risida, uning iqtisodiy masalalari haqida minimal bilimlarga yega bo‘ladilar. «ASM iqtisodiyoti» fani talabalarning iqtisodiy bilimlarini yanada mukammal bo‘lishini ta’minlab, ularni ishlab chiqarishni tashkil yetish jarayonida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni O‘rgatadi.

O‘zbekiston hukumatining iqtisodiy siyosatini o‘rganish va uning tegishli qismini mutaxassislarga yetkazish, «ASM iqtisodiyoti» faning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

«ASM iqtisodiyoti» fani talabalarga bir-biri bilan texnologik jihatdan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab mutanosib rivojlanishini zarurligi to‘g‘risidagi bilimlarni O‘rgatadi, aholining turmush darajasi, birinchi navbatda ASM tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq ekanligini isbotlab beradi.



  1. Download 73,58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish