Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti faning predmeti, vazifalari va o‘rganish usullari
Reja :
1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘rni
2. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyti fanining predmetini o‘rganish usullari
3. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fanining vazifalari
1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘rni
Agrosanoat majmuasi - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi maqsadlarga bo‘ysundirilgan tarmoqlar va xizmatlar yig‘indisidan iborat.
O‘zbekistonning agrosanoat majmuasiga qishloq xo‘jaligi, agrosanoat tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sohalari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar va xizmatlar kiradi. Mahsulotlar ishlab chiqarishga qarab Agrosanoat majmuasi ikkita katta bo‘linmadan iborat:
1)oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Masalan, don, go‘sht, sut va paxtachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmualari;
2)oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan band bo‘lmagan, ya’ni noziq-ovqat agrosanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish majmuasi. Masalan, mashinalar, mexanizmlar, traktorlar, suv nasoslari va shunga o‘xshashlar.
Respublikamiz agrosanoat majmuasi to‘rtta sohadan tashkil topgan, bular quyidagilar:
1-soha: Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Bu sohaga quyidagi tarmoqlar kiradi: agrosanoat majmuasi korxonalari uchun mashinalar, traktorlar, kombaynlar, stanoklar va ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan mashinasozlik, mineral O‘g‘itlar va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va tashuvchi sohalariga kerakli bo‘lgan vositalarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kiradi.
2-sohaga: qishloq xo‘jaligining o‘zi, lekin qishloq xo‘jaligi agrosanoat majmuasining asosini tashkil yetadi va majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobiga faoliyat yuritadilar va xizmat ko‘rsatadilar.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ikkita katta sohadan iborat:
1) dehqonchilik (o‘simlikchilik);
2) chorvachilik.
Bular to‘g‘risida batafsil keyinroq to‘xtalib o‘tamiz.
ASMning 3-sohasi, bu soha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi, tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar yig‘indisidan iborat, masalan meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi zavodlar, go‘sht, sut va paxta zavodlari, yog‘-moy zavodlari, junni, terini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash natijasida yetishtirilgan mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar 3-sohaning tarkibidir.
4-soha –bu ASMning infratuzilmasi bo‘lib, buning o‘zi ikkiga bo‘linadi, uning birinchi qismi ishlab chiqarish infratuzilmasi, ikkinchisi yesa ijtimoiy (sosial) infratuzilma.
Birinchi tizimning tarkibiga:
1) texnika ta’minoti va ta’mirlash kabi servis xizmatlari;
2) irrigasiya va melioratsiya xizmatlari;
3) kimyoviy xizmatlar;
4) zooveterinariya xizmatlari;
5) biologik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar kiradi.
6) 2010 yildan boshlab ASMga yangi xizmat turini ko‘rsatuvchi – suvdan iste'molchilar uyushmasi (SIU) tashkil etildi. Bu irrigatsiya va meliorasiyaning yangi xizmat turi hisoblanadi.
Infratuzilmaning ikkinchi qismi ijtimoiy (sotsial) infratuzilmaga quyidagilar kiradi:
1)aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi, transport turlari bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish tizimi;
2) uy-joy xo‘jaligi, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimi, maktab ta’limi tizimi, sog‘liqni saqlash tizimi;
3) sport-sog‘lomlashtirish tizimi, madaniy-maishiy xizmatlar, kommunal xizmatlar tizimi (aholi dam oladigan bog‘ va maskanlar) va boshqalar;
4)qishloqlarda kO‘chalarni yoritish bo‘yicha xizmatlar, o‘t o‘chiruvchilar xizmati va shunga o‘xshashlar.
ASMning infratuzilmasi to‘g‘risida keyinchalik 5-mavzuda to‘la va batafsil o‘rganib chiqiladi.
1-sxemada O‘zbekistonda ASMning tarkibiy tizimi sxemasi berilgan.
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fani – bu qishloq xo‘jaligining sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va aholiga yetkazib berish, agrar soha uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi sohalar bilan uzviy bog‘langan fan sifatida shakllangan fandir.
Agrosanoat majmuasi tarkibida infratuzilma muhim ahamiyatga yegadir, chunki ASM iqtisodiyoti fani infratuzilmani ikkiga bo‘lib o‘rganadi, uning birinchi qismi – ishlab chiqarish infratuzilmadan iborat bo‘lsa, ikkinchi qismi ijtimoiy infratuzilmadir. Bu tuzilmalarning tarkibini ushbu fan bir tartibga solib turadi.
Agrosanoat iqtisodiyoti fani doimiy rivojlanishda bo‘lib, yuz berayotgan o‘zgarishlarni, ulardan ishlab chiqarish omillari bo‘lgan mehnat resurslarini, yer fondini, asosiy ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanishni, tadbirkorlik imkoniyatlarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning agrosanoat majmuasi sohalarida amalga oshirishda yutuq va kamchiliklarni O‘rganib, ularning yechimlari to‘g‘risidagi bilimlarni O‘zida mujassamlashtiradi. Bu fan O‘zining predmetini quyidagicha o‘rganadi, yeng avvalo agrosanoat integrasiyasini – ya’ni sanoat bilan qishloq xo‘jaligini bir-biri bilan singib ketishi va yuksalib borishini, chambarchas bog‘liq ekanligini, texnologik jihatdan bir-birini to‘ldiruvchi tarmoq yekanligini o‘rganadi. Masalan, «O‘zmevasabzavotsanoatxolding» kompaniyasiga qarashli shirkat-zavodlar, sutni qayta ishlovchi ayrim korxonalar, issiqxonalar va parandachilik fabrikalari shular jumlasidandir.
ASMda muhim o‘rinni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor tovarlarni iste’molchilarga yetqazib berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar egallaydi.
ASM iqtisodiyoti fani qishloq xo‘jaligi marketingini alohida mavzu sifatida O‘rganadi, chunki hozirgi paytda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ma’lum bir iste’molchilarning talablarini aniqlash va bu talablarni qondirishga qaratilgan marketingga ko‘proq ye’tibor berilmoqda.
Ma’lumki, marketing – inglizcha so‘z bo‘lib, market – bozor – tadbirkor muhitini, bozorni, iste’molchining aniq talabini va iste’molchilar uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni ko‘zda tutishni O‘rganishga asoslangan, qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bozor konsepsiyasidir.
Marketingni nazarda tutib ish yuritishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish bo‘yicha menejer tashkiliy tizidagi boshliqlardan biri bo‘lib, menejerning vazifasi bozorning tovarlar va xizmatlar bilan to‘lgan qiyin bir sharoitlarda korxonaning uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlashdan iborat.
ASM iqtisodiyoti fani O‘zbekistonning moliya va kredit siyosatini agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotidagi o‘rnini inobatga olib, ularni alohida mavzu sifatida o‘rganadi.
Bu fan, xorijiy davlatlar agrar siyosatini o‘rganishga katta e’tibor berib, Yevropa hamjamiyati davlatlarining yagona agrar siyosati to‘g‘risida ham qisqacha ma’lumotlar beradi.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-alohida yemas, balki ulardan har biriga tegishli ma’lumotlar asosida pirovard (so‘nggi) mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlashyo‘llari kabi masalalarni O‘rganadi.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani «Iqtisodiy nazariya», «Iqtisodiy statistika», «Iqtisodiy geografiya», «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti», «Qishloq xo‘jaligi huquqi», «Sanoat iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment», «Moliya va soliq» kabi qator fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Shu sababli O‘z predmetini ko‘plab fanlar yordamida O‘rganadi, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga hissa qo‘shadi.
Masalan, «Qishloq xo‘jaligi statistikasi» fani bilan bog‘liqligi shundaki, bu fan orqali yerdan foydalanish va yaroqli yerlar statistikasini, dehqonchilik statistikasini, chorvachilik statistikasini, qishloq xo‘jaligining asosiy fondlarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi statistikasi kabi mavzular bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Agrosanoat majmuasi o‘zining predmetini yana quyidagi tartibda o‘rganadi: agrosanoat integratsiyasi, agrosanoat majmuasining mohiyatini va uning tarkibini ochib beradi.
Agrosanoat integrasiyasi yesa sanoat va qishloq xo‘jaligining bir-biriga singib ketishi va bir butun tizimga aylanishidir.
Hozirda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan sanoatning bir butun ko‘rinishini olayotganini ko‘plab misollar bilan ifodalash mumkin. Jumladan, «O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasiga qarashli shirkat-zavodlar, sutni qayta ishlovchi ayrim korxonalar, issiqxonalar va parandachilik fabrikalarini misol qilib olsa bo‘ladi. Bu sohalarda bir yuridik maqomga yega bo‘lgan korxonada qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqariladi va shu korxonaning o‘zida u dastlabki qayta ishlash jarayonidan o‘tadi, ba’zan yesa to‘la qayta ishlanadi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik darajasidan sanoatlashib ketgan.
Doimiy rivojlanishda bo‘lgan bu fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mehnat resurslarini, yer fondini, asosiy ishlab chiqarish vositalarini va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganadi.
ASMda muhim O‘rinni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar yegallaydi, bu ASMning 3-sohasidir. Umuman, bu to‘g‘risida yuqorida biz to‘xtalib o‘tdik.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani har bir tarmoqning iqtisodiyotini alohida O‘rganmasdan, balki ularning har biriga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida pirovard (oxirgi) mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, bu mahsulotlarning tannarxini arzonlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashni amalga oshirish kabilarni o‘rganadi.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani «Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy statistika», «Iqtisodiy geografiya», «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti», «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish to‘g‘risidagi huquqlar», «Moliya va soliq», «Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil yetish» kabi fanlar bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |