Talaba (arabcha: izlovchi, oʻrganuvchi; lotincha: studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.
Oʻzbekistonda talabadan farqli ravishda mamlakatdagi oʻrta maxsus taʼlim maskanlarida tahsil olayotgan yoshlar oʻquvchi, oliy harbiy oʻquv yurtlarida bilim olayotganlar tinglovchi, oʻrta harbiy oʻquv yurtlarida oʻqiyotganlar kursant deyiladi.
Turkistonda islom dini yoyilgach (7— 8-asr), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi T. hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan 10-asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina T. deyila boshlagan. Yevropada 11—13-asrlarda untlar tashkil topgandan soʻng , ularda faoliyat koʻrsatadigan xar bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik untlarda ukituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bulgan.
T. jamiyat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi va, ayni vaqtda, har bir mamlakat ilmiyintellektual salohiyatining darajasini bildirib, rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Chunki mamlakat iqtisodi va madaniyatining yuksalishi, xalq xoʻjaligiga ilmfan yutukdari joriy etilishi uchun oliy maktablarning T.lari chuqur nazariy bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega bulishlari lozim. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga T. soni kup buladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda T.lar miqdori sezilarli darajada ortdi. Mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda akademik litsey va kasbhunar kollejini bitirgan har bir kishining T. boʻlishiga haqqi bor. T. davlat hisobidan, shuningdek, shartnoma asosida uz yonidan tahsil koʻrishi mumkin. Mamlakatimizda T.lar bakalavriat va magistratura singari 2 bosqichda oliy taʼlim oladilar.
T. xar bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar kismi xisoblanadi. Bevosita ilmfanni uzlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun T.lar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham T.larning chuqur kasbiy hamda maʼnaviyaxloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi. Oʻzbekistonda T. yoshlarning mamlakat xayotida faol ishtirok etishlarini taʼminlash, milliy istikdol gʻoyasini toʻliq egallab olishlariga imkoniyat yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmokda. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatida qatnashish T.larning vatanparvar shaxe sifatida shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqsa. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda T.larni ijtimoiy jihatdan ximoya qilish uchun ularning barchasiga stipendiya beriladi, yashash joyiga muhtoj T.lar yotoq bilan taʼminlanadi, yoshlarga turli ilmiy, badiiy va sport toʻgaraklarida ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan. T.lar oʻrtasida har 2 yilda 1 marta universiadalar oʻtkazib turilishi ularning jismonan sogʻlom, maʼnaviy jihatdan barkamol boʻlib oʻsishlariga maʼlum darajada yordam beradi. 2002/03 oʻquv yili Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida 232254 T. taʼlim odsi.
Do'stlaringiz bilan baham: |