Leksikologiya №19
1. Shakldosh (omonim) so‘zlar qatorini toping.
A. bob, tol, qiz, yoqa, ko‘z
B. kech, shim, tut, osh, til
C. oltin, to‘r, cho‘qqi, yosh
D. eshik, chang, kecha, tog‘
2. Quyidagi gaplarning qaysi birida ---gul--- so‘zi ko‘chma ma’noda? 1.~Turmush go‘zal va shirin, kundan-kun yashnar gulday. 2.~Yashnamoqda gul turmush, biz tinchlikni istaymiz. 3.~Topgan gul keltirar, topmagan bir bog‘ piyoz. 4.~Sen uy ichining cho‘risi bo‘lma, guli bo‘l, guli.
A. 1, 3, 4
B. 1, 4
C. 1, 2, 3, 4
D. 2, 4
3.So`zlar qaysi xususiyatiga ko`ra metonimiya,sinekdoxa, vazifadoshlik kabi turlari mavjud.
A.Shakl va ma`no munosabatiga ko`ra B.So`zlikning tanlanishiga ko`ra
C.Nima asosida ro`yobga chiqishiga kora D.Bir guruh mazmuniy uyaga mansub bo`lgan so`zlar.
4To`rt egat palak ekdim Ushbu gapda ma`no ko`chishning qaysi turi mavjud..
A.metofara
B.metoniiya
C.sinekdoxa
D.ma`no ko`chishi yo`q.
5. Tildagi so‘zlarning qanday paydo bo‘lishini o‘rgatuvchi lug‘at ... {---
A. izohli lug‘at
B. imlo lug‘at
C. morfemik lug‘at
D. etimologik lug‘at
6. Qaysi qatorda iboraning ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydigan so‘z berilgan?
A. tepa sochi tik bo‘ldi -- jahli chiqdi, achchiqlandi
B. tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi -- xira, tegajoq
C. xamirdan qil sug‘urganday -- oson, tez
7.Qanday so`zlarga paronim so`zlar deyiladi.
A.aytilishi bir-biriga yaqin ammo ma`nosi har xil B.shakli bir xil,ammo ma`nosi bir-biriga yaqin.
C.aytilishi va yozilishi bir xil,ammo ma`nosi har xil bo`lgan so`zlar. D.qarama –qarshi ma`noli so`zlar.
8. Bir ma`noli so`zlarga qaysi so`zlar kiradi.
A.ilmiy atamalar
B.kasb-hunarga oid so`zlar C.neologizmlar
D.A,B,C.
9. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik (sinonimik) qatorini tashkil qilmagan?
A. puxta, pishiq, chidamli
B. rost, chin, haqqoniy, ochiq
C. bahs, tortishuv, munozara, mubohasa D. obro‘, e’tibor, hurmat, nufus
10. Quyidagi ma’nodoshlardan (sinonim) qaysi biri belgini nisbatan kuchli ifodalaydi?
A. yaxshi
B. durust
C. tuzuk
D. binoyi
11.Saida o’n yillikni bultur tugatgan edi. Ushbu gapdagi ma’no ko’chishini aniqlang.
A.Metofara
B.metonimiya
C)sinekdoha
D)kinoya
12. qon tomiri,daraxtning tomri, falonchining tomiri kabi birikmalardagi tomir so’zi ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’z?
A. ko’p ma’noli so’z
B. shakldosh so’z
C.ma’nodosh so’z
D. zid ma’noli so’z
13. Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko’chishi turini aniqlang? Shartmi ichmak har bir qadahni yo`q demay.
A. metofara
B. metonimiya
C.vazifadoshlik
D. sinekdoxa
14. Qaysi qatorda tarixiy so’zlarga misol keltirilgan
A.talim, o’kush, budun
B. batsiq, o’g, gavora
C. elig, ponsodboshi, amir
D. ellikboshi, mingboshi, parvonachi
15. Qulog’ing om bitganmi? Qaysi qatordagi tom so’zi berilgan gapdagi tom so’ziga shakldosh hisoblanmaydi?
A.tuyaga qanot bitsa tomingni buzadi
B. lug’atning ikkinchi tomi juziy kamchiliklarga ega ekan
C. Odiljon tom ma’noda “superqahramon” bo’lishni orzu qilardi?
D. ko’zlaridan qatra-qatra yosh tomar edi
16. Tor unlilar bilan farqlanuvchi shakldosh so’zlarni aniqlang.
A. bot, but
B. burishgan, burushgan
C.Oxir, oxur
D. sur, sir
17. ---Do‘ppisi yarimta--- iborasining ma’nodoshini toping.
A. beparvo
B. omadsiz
C. kambag‘al
D. ishi yurishmagan
18. Qaysi so‘zlardagi birikmalarda qo‘llangan ---band--- so‘zlari o‘zaro shakldosh hisoblanmaydi?
A. gilosning bandi; ipning bandi B. g‘azalning bir bandi; odamlar bilan band
C. dilini band qilmoq; zirak bandi D. o‘qish bilan band; telefon band
19. Hoy, oting nima edi, qulunim, sho‘rvang sovib qoldi!--- Ushbu gapdagi ---qulun--- so‘zining ma’nodosh (sinonim)~i qaysi qatorda berilgan?
A. qo‘zichoq
B. toychoq
C. bo‘taloq
D. buzoqcha
20Qaysi qatorda paronimlar berilgan.
A.gado-gadoy
B.asta-ohista
C.yuvindi-yuvundi
D.battar-badtar.
21. 1/ U tarozi pallasiga qarab ish tutadigan odam. 2.~Yormat tarvuzni kesdi, bir pallasini o‘zi olib, ikkinchi pallasini Yo‘lchining oldiga qo‘ydi. Ushbu gaplardagi ---palla--- so‘zining o‘zaro ma’no va shakl munosabati qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A. o‘zaro shakldosh (omonim) so‘z B. o‘zaro ikkita mustaqil so‘z
C. o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z D. o‘zaro paronim so‘z
22. 1.~Birovga chuqur qazisang, o‘zing yiqilasan. 2.~Bu gap chuqur ma’noga ega. Ushbu gaplardagi -chuqur- so‘zlari o‘zaro ma’no va shakl munosabatiga ko‘ra qanday so‘z?
A. ko‘p ma’noli so‘z
B. shakldosh (omonim) so‘z
C. zid (antonim) so‘z
D. ma’nodosh (sinonim) so‘z
23. 1.~Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 2.~Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo‘llangan ---kech--- so‘zlari o‘zaro qanday so‘z hisoblanadi?
A. ma’nodosh so‘z
B. shakldosh so‘z
C. ko‘p ma’noli yagona so‘z
D. zid so‘z
24. Qaysi qatorda keltirilgan toponimlar joylarning relyefi bilan bog`liq.
A.Uzunko`cha,Chuqursoy B.Nayman,Jaloyir
C.O`qchi, Ko`nchilik
D.Oydinko`l, Qoradaryo.
25”Chiptasiz yo`lovchi” ma`nosida ishlatiladigan argoni toping.
A.danap
B.yakan
C.kolxoz
D.qaychi
26.Qaysi javobda “Hikmatnoma” (O`zbek maqollarining izohli lug`ati) muallifi keltirilgan.
A.S.Ibrohimov. E. Begmatov. B.A.Hojiyev. M.Rahmonov.
C.Sh.Shomaqsudov, Sh, Shorahmedov. D.A.O`lmasov. N. To`xliyev.
27.”Avval o`yla keyin so`yla” ushbu birlik barqaror birikmaning qaysi turiga kiradi.
A.frazeologizm
B.maqol
C.matal
D.aforizm.
28. Quyidagi iboralardan qaysi biri shakldosh (omonim)lik xususiyatiga ega emas?
A. boshga ko‘tarmoq
B. qo‘l ko‘tarmoq
C. bosh ko‘tarmoq
D. burni ko‘tarilmoq
29.Barqaror birikmalarning xarakterli belgilari to`g`I qayd etilgan javobni belgilang
1.nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik 2. Bazan nutq jarayonida mavjud bo`lishlik 3. Nutqqa tayyor holda olib kirishlik 4. Ma`no butunligi 5. Tuzilishi va tarkibining barqarorligi.
A.1,3,4,5
B.1,2,4,5
C.1,2,3,4,5.
D.2,3,4,5.
30. Qaysi gapda paronimlar noto‘g‘ri qo‘llangan?
A. Ularning hayoti shunchaki bir ro‘zg‘or tebratish taxlitida o‘tdi.
B. Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi.
C. Qadr bilmas qarindoshdan qadr qilgan yod yaxshi.
D. Bir asrga tatigulik yillarni bosib o‘tdik.
31.Quyidagi frazeologik birikmalardan qaysi biri omonimlik xususiyatiga ega.
A.bosh tortmoq
B.og`zi qulog`id abo`lmoq
C.ko`z yummoq
D.bosh egmoq.
32. 1. Ko‘ngildan ko‘ngilga yo‘l bor. 2. Nodir uni bir necha bor ko‘zdan kechirdi. 3. Shunisi ham borki, keyingi vaqtlarda Azizbek Qo‘qonning yorlig‘ va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi.--- Berilgan qaysi gaplarda qo‘llangan ---bor--- so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli so‘z hisoblanadi?
A. birinchi va ikkinchi gaplardagi B. birinchi va uchinchi gaplardagi
C. ikkinchi va uchinchi gaplardagi D. har uchala gapdagi
33. Ikki kundan beri tuztotmagan edi ma`no ko`chishning qaysi turi.
A.metofara
B.metonimiya
C.sinekdoxa
D.vazifadoshlik.
34.Ish ishtaha ochar,dangasa ishdan qochar. 2.Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishayabdi. 3.Ming qo`ylining ishi bir qo`yliga tushdi. Ushbu gaplarda ish so`zi shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z
A.sinonim
B.antonim
C.omonim
D.ko`p ma`noli
35.Qanday so`zlar badiiy nutqda qo`llanib, tazod san`atini vujudga keltiradi.
A.omonim
B.antonim
C.sinonim
D.paronim.
36.Kimning fikricha har qanday ashyoning qimmati ziddi bilan a`yon bo`ladi,ziddi bo`lmagan narsani ta`rif etish imkoniyatdan tashqaridadir.
A.Abu Nasr farobiy
B.Jaloliddin Rumiy.
C.Al Xorazmiy
D.Beruniy.
Do'stlaringiz bilan baham: |