Leksikologiya №21
1. Qo`y og`zidan cho`p olmagan, og`zi qulog`ida, ammamning buzog`i iboralari qanday turkumdagi so`zlarga sinonim?
A)sonlarga
C) sifatlarga D) otlarga E) ravishga
2. Arxaik so`zlar qaysi qatorda berilgan?
A) jug`rofiya, riyoziyot, pargar, handasa B) mirshab, madrasa, paranji, jallod
C) obdasta, chelak, toj-taxt, arava
D) podshoh, sardoba, vazir, kulliyot.
E) paysa, muhr, chaqirim, yorg`uchoq.
3. Ot turkumigagina oid antonimlar qaysi javobda berilgan?
A) ichki-tashqi, foydali-foydasiz, ko`p-oz, keldi-ketdi, keng-tor.
B) kelajak-o`tmish, erkak-ayol, olqish-qarg`ish, aka-uka, qahr-mehr.
C) to`g`ri-egri, olmoq-bermoq, dono-nodon, tez-sekin, ishonchli-ishonchsiz. D) kecha-kunduz, yosh-qari, do`st-dushman, past-baland, achchiq-chuchuk. E) kun-tun, oz-ko`p, issiq-sovuq, katta-kichik, tor-keng.
4. Qaysi javobda o`zakdosh antonimlar berilgan?
A) Laylakning ketishini emas, kelishini kutishadi.
B) Olisning oti o`zguncha, yaqinning toyi o`zar.
C) Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar. D) Kamtarga kamol, manmanga – zavol. E) Bilganga bir kun hayit, bilmaganga – uch kun.
5. Qaysi javobda tuzilishi jihatdan gapga teng frazeologik iboralar berilgan?
A) Ilonning yogini yalagan, chuchvarani xom sanamoq, gap tashlamoq.
B) Bosh qotirmoq, gap otmoq, apoq-chapoq bo`lib ketmoq.
C) Boshi osmonga yetdi, toqati toq bo`ldi, tarvuzi qo`ltig`idan tushdi.
D) Ko`zi to`rt bo`ldi, ishtahasi ochildi, taqdirga tan berdi.
E) Xamir uchidan patir, yuragi yorila yozdi, oyog`ini qo`liga olib chopdi.
6. Qaysi qatordagi qo`shimchalar o`zaro antonim bo`la oladi?
A) –choq, -chak, -cha, bo-.
B) –siz, be-, ser-, ba-, -li.
C) –ning, -chi, -da, -siz.
D) –gi, -li, -ki, -qi. E) –li, ba-, no-, -lik.
7. Kuldi-og`zi qulog`iga yetdi; chiroyli - istarasi issiq kabi sinonimlar qanday sinonimlar sanaladi?
A) frazeologik sinonimlar
B) leksik sinonimlar.
C) leksik-frazeologik sinonimlar.
D) A va B E) to`g`ri javob yo`q.
8. Dalil-dadil so`zlari shakl va ma'no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar hisoblanadi
B)sinonim
C)paronim
D)antonim
E) ko`p ma’noli so`z.
9. Po`stagini qoqmoq iborasining sinonimini belgilang.
A) qattiq jazolamoq
B) ayovsiz tanqid qilmoq
C) ozor yetkazmoq
D) talabchan bo`lmoq
E) chidamoq.
10. Metafora yo`li bilan ma’nosi ko`chgan so`zni aniqlang.
A) O`choq og`zida o`tga qo`yilgan qora qumg`on varaqlab qaynamoqda edi.
B) Fuzuliyni oldim qo`limga.
C) Tuyog`imiz ko`paysa ko`paydiki, kamaygani yo`q.
D) To`g`riga zavol yo`q.
E) Kishining xulqi – uning chiroyi.
11. Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim. Ushbu gapdagi ma’no ko`chish yo`lini toping.
A) so`zlar o`z ma'nosida qo`llangan B) sinekdoxa yo`li bilan ma’no ko`chgan C) metafora yo`li bilan ma'no ko`chgan D) metonimiya yo`li bilan ma’no ko`chgan
E) ibora qo`llangan.
12. Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning ushbu misralarida qo`llangan ranj va ganj so`zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan?
A) mehnat va qarz
B) mashaqqat va boylik
C) alam va xazina
D) ozor va intilish
E) qiyinchilik va minnatdorchilik
13. Qaysi gapda yengil so`zi ko`chma ma'noda ishlatilmagan?
A) Es-hushingni yig`, unaqa yengil bo`lma!
B) Davlatbekov radiodan aytilayotgan yengil kuydan, xususan, uning so`zlaridan zavqlanib tebrandi.
C) Yigirma minut o`tgandan keyin yengil ta'zim bilan Gulandom kirib keldi.
D) Yo`lchi yengil eshikchani ochib kirdi.
E) Safar cho`tirning bir barmoјi yengil yaralangan edi.
14. O`zbek tili uchun nisbatan qadimiy so`zni belgilang.
A) gul
B) chechak
C) olam
D) jahon
E) dunyo
15. Quyidagi sinonimik qatordagi so`zlarning qaysi biri eskirgan?
A) osmon
B) samo
C) ko`k
D) falak
E) gardun
16. Quyidagi iboralardan qaysi biri bog`lovchi bilan sinonim bo`la oladi?
A) shunga qaramay
B) bo`lsa, bordir
C) u yoqda tursin
D) ammamning buzog`i
E) tepsa, tebranma
17. Qaysi ibora xo`rlandi so`ziga sinonim bo`ladi?
A) tepa sochi tikka bo`ldi
B) yuragiga sig`may qoldi
C) oyoq osti bo`ldi
D) mum tishlab qoldi
E) qo`li kaltalik qildi.
18. Qaysi qatordagi frazeologizmlar hayratlanish ma’nosini bildiradi?
A) yoqasini ushlamoq, og`zi ochilib qolmoq
B) o`zini qo`ygani joy topa olmaslik, yuragiga g`ulg`ula tushmoq
C) oyoq osti qilmoq, mayna qilmoq
D) ko`ziga qon to`lmoq, ko`zining paxtasi chiqmoq
E) og`zi qulog`iga yetmoq, boshi osmonga yetmoq
19. Iboralar nutqning qaysi uslubida ko`proq qo`llanadi?
A) ilmiy uslubda
B) badiiy uslubda
C) rasmiy-idoraviy uslubda
D) so`zlashuv uslubida
E) B va D.
20. Ibora (frazeologizm)lar asosan qaysi uslubda ishlatiladi?
A) badiiy uslubda
B) so`zlashuv, badiiy uslubda
C) publitsistik uslubda
D) so`zlashuv uslubda
E) barcha uslublarda
21. Umumxalq ishlatadigan so`zlar qatorini toping.
A) egat, kultivatsiya, chekanka, ko`rak B) iskana, randa, poytesha, pona, parma, payraxa
C) ko`z, qo`l, radio, gazeta, yaxshi, yomon, kel, tur
D) yostiq, bolish, taka, ko`chik, jastiq, lo`la
E) fonendoskop, pediatr, veterinar, terapevt.
22. Ibo, hayo, andisha, oriyat, nomus sinonimik qatoridagi dominanta (bosh) so`zni aniqlang.
A)ibo.
B)hayo.
C)andisha
D)oriyat.
E) nomus
23. Arabcha so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) adabiyot, rubob, xafta, dono.
B) taxta, farzand, g`isht, deraza
C) arbob, davlat, hisobot, itsiabol.
D) kul, ot, bir, kel, ol.
E) mashq, qalam, hayot, tog`.
24. Ko`ngliga qora soya tushdi, qalbiga nur yog`ildi iboralari shakl va ma’no munosabatiga ko`ra qanday iboralar sanaladi?
Asinonim iboralar.
B)antonim iboralar.
C)omonim iboralar.
D) ko`p ma`noli iboralar.
E) erkin birikma
25. O`n qo`limga o`n uzuk, taqib qo`ying, qizlarim! gapidagi ajratilgan so`zning ma’no ko`chish turini aniqlang.
A)metonimiya
B)metafora
C)funksiyadoshlik.
D)sinekdoxa
E) O`z ma`nosida qo`llangan.
26. So`zning kelib chiqishi, paydo bo`lishini o`rganuvchi sohaning nomi qaysi qatorda ko`rsatilgan?
A)etimologiya
B)leksikologiya
C)frazeologiya
D)leksikografiya
E) orfografiya
27. Quyidagi ta`rif qaysi qatordagi javobga mos keladi? «Bir umumiy tushunchali ma`nolar ifodalaydigan, yozilishi va talaffuzi har xil bo`lgan so`zlar».
A)sinonimlar.
B)omonimlar.
C)ko`p ma`noli so`zlar.
D)antonimlar.
E) umumitse`moldagi so`zlar.
28. Quyidagi iboralarning qaysi biri nisbatan keng tushuncha ifodalaydi?
A) ko`ngil bermoq
B) ko`ngil bog`lamoq
C) ko`ngil qo`ymoq
D) yaxshi ko`rmoq
E) muhabbat bog`lamoq.
29. Birdan ortiq so`zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so`zlar hosil bo`ladi?
A) ko`p ma'noli so`zlar
B) sinonimlar
C) omonimlar
D) antonimlar
E) paronimlar.
30. Tilda bir ma'noni ifodalash uchun qo`llanuvchi bir nechta so`z qanday nomlanadi?
A) ko`p ma'noli so`zlar
B) omonimlar
C) sinonimlar
D) antonimlar E) paronimlar.
31. Qaysi so`zlar leksik (lug`aviy) ma'noga ega?
A) mustaqil so`zlar
B) yordamchi so`zlar
C) undov va taqlid so`zlar
D) mustaqil, undov va taqlid so`zlar
E) tildagi barcha so`zlar.
32. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o`rinda qo`llangan yoz so`zining xususiyati to`g`ri izohlangan qatorni toping.
A) bir xil shaklga ega bo`lgan yagona so`z
B) bir xil shaklga ega bo`lgan uchta so`z C) bir shaklga ega bo`lgan ko`p ma'noli so`z
D) birgina so`zning uch o`rinda qo`llanishi
E) bir xil shaklga va ma'noga ega bo`lgan bir so`z.
33. So`zlarni qaysi jihatiga ko`ra sinonim, omonim, antonimlarga ajratamiz?
A) bir yoki birdan ortiq ma'noga ega bo`lishiga ko`ra
B) tuzilishiga ko`ra
C) shakl va talaffuziga ko`ra
D) shakl va ma'no munosabatiga ko`ra E) tilda qo`llanish darajasiga ko`ra.
34. Quyidagi predmet nomlaridan bir tasviriy ifoda orqali ifodalanadiganini belgilang.
A) ko`mir, neft
B) televizor, raketa
C) bahor, boychechak
D) matematika, shaxmat
E) A va D.
35. Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo`lgan so`zlar qanday ataladi?
A) atamalar
B) paronimlar
C) terminlar
D) shevaga xos so`zlar
E) umumxalq ishlatadigan so`zlar
36. Bo`zchi belboqqa yolchimas, kulol mo`ndiga. Ushbu maqoldagi mo`ndi so`zi ishlatilish davriga ko`ra qanday so`z?
A) atama
B) shevaga xos so`z
C) eskirib qolgan so`z
D) yangi so`z
E) tasviriy ifoda
37. Eskirgan so`zlarni toping.
A) baynalminal, vazir, qalam
B) g`or, o`ra, chuqurlik
C) qit'a, charx, chig`iriq
D) paranji, charx, chig`iriq
E) qadim, viloyat, muhr.
38. O`zlashma so`zlarni toping.
A) boks, tomat, soldat
B) baxt, aka, tosh
C) sehrgar, bosh, og`a
D) futbol, palto, vergul
E) A, D.
39. Quyidagi gaplarda ajratib ko`rsatilgan so`zlarning qay biri metonimik ma’no ifodalaydi?
A) U tarvuzning bir pallasini paqqos tushirdi.
B) Qishloq markazida samovar ochildi. C) Derazaning singan ko`ziga esa plyonka tortib qo`yilgan.
D) Maktabning biqinida kasalxonaning bo`lishi gigiyenaga xilofdir.
E) Polga esa eski taqir gilam to`shalgan edi.
40. Qaysi qatorda sinekdoxa asosida ma’no ko`chgan?
A) Majlis qaror qildi.
B) Bor, lochinim, bor, shunqorim, yaxshi bor!
C) Kalning nimasi bor – temirdan tarog`i bor.
D) Mazkur gaplarning hammasi ustoz A. Qahhorning qalamiga mansub.
E) Osmonga tikilar million juft ko`zlar.
41. Qaysi qatorda paronim so`zlar bor?
A) gado - gadoy B) asta-ohista C) battar-badtar
D) yuvindi - yuvundi E) adab - odob.
42. 1. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishyapti.3.Ming qo`ylining ishi bir qo`yliga tushadi. Ushbu gaplarda qo`llangan ish so`zi o`zaro ma'no munosabatiga ko`ra qanday so`z hisoblanadi?
A) sinonim so`zlar B) omonim so`zlar C) antonim so`zlar D) ko`p ma'noli so`zlar E) bir ma'noli so`zlar.
43. O`zbek tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida boyish manbalarini belgilang.
A) o`zbek tili so`z yasash usullari asosida yangi so`z yasash B) yaqin munosabatda bo`lgan xalqlar tilidan bevosita so`z olish C) xalq shevalaridan so`z olish D) A va C E) A, B va C.
44. Quyidagi iboralarning qaysi biri uzun so`zining antonimi bilan sinonim bo`ladi?
A) ikki enlik B) ikki odim C) ikki qadam D) bir chimdim E) B, C
45. Quyidagi iboralarning qaysi biri ruhiy holat natijasini ifodalaydi?
A) dumini tugmoq
B) ko`zlari yashnamoq
C) ko`z tikmoq
D) qo`li egri
E) jig`ildoniga urmoq.
46. Qimmat so`zining antonimi bilan sinonim bo`la oladigan iborani toping.
A) oshig`i olchi
B) mehri baland
C) suv tekin
D) bozori chaqqon
E) bag`ri butun.
47. Bezovta so`zining antonimi bilan sinonim bo`la oladigan iborani toping.
A) ko`zi och
B) qo`li ochiq
C) ko`ngli to`q
D) cho`ntagi baquvvat
E) beli baquvvat.
48. Berilgan sinonimlardan asosiy so`zni aniqlang.
A) ilgari
B) oldin
C) avval
D) burun
E) qadim
49. Leksik ma’no bildirmaydigan so`zlar turkumini toping.
A) son, olmosh, ravish
B) ko`makchi, undov so`z, taqlid so`z, son
C) ko`makchi, bog`lovchi, yuklama
D) undov so`z, modal so`z, ravish
E) ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi.
50. Qaysi so`zlar o`zaro sinonim emas? A) zeb, ziynat
B) nafis, nozik
C) mustahkam, mahkam
D) puxta, pishiq
E) sevmoq, suymoq.
51. Qanday ma’no so`zning bosh ma’nosi hisoblanadi?
A) so`zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
B) so`zning nutq tarkibidagi boshqa so`zlar yordamida anglatiladigan ma’nosi
C) so`zning ko`chma ma’nolaridan biri D) so`zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi
E) qo`shimchalar yordamida yasalgan so`zlardagi o`zak anglatgan ma’no.
52. Qanday so`zlar bosh ma’no va ko`chma ma’nolarga ega?
A) bir ma’noli so`zlar
B) ko`p ma’noli so`zlar
C) atamalar
D) barcha mustaqil so`zlar
E) tildagi barcha so`zlar
53. Quyidagi so`zlarning qaysi biri pul birligi ma’nosini bildirgan?
A) chelak
B) paqir
C) moyana
D) oylik
E) maosh.
54. Kasb-hunar so`zlari qaysi qatorda?
A) Tiniq ko`kda oq bulut parchalari ko`rindi.
B) Yosh terak va tollarning barglari shamolda tebranmoqda.
C) Shonlar, har xil siniq qoliplar, charm rezgisi, shirach kosa, mahsi ichiga yopishtiriladigan eski lattalar va hokazo do`konxona yuzini tutgan.
D) Deraza tokchalarida kichikkichik tuvaklarda gullar bor.
E) Hovuzning limmo-lim suvi shishaday toza, odamning aksi ko`rinadi.
55. Qaysi qatorda ibora yo`q?
A) Ming xil masala bilan bosh qotirishga to`g`ri keladi.
B) Tepa sochi tikka bo`ldi.
C) Hammamiz bir yoqadan bosh chiqaraylik.
D) Cholning dami ichiga tushib ketdi. E) O`rmon malikasi – archani ehtiyot qiling.
56. Tasviriy ifoda qaysi qatorda? A) Kechadan beri Marasul to`nini teskari kiyib oldi.
B) Saidaning yuragiga qil sig`maydi.
C) Anorxon, so`zimga birpas quloq osasizmi?
D) Aql gimnastikasi – matematikani seving.
E) Bu ishning misi chiqdi.
57. Qaysi qatorda lug`aviy birliklar nomi sanalgan?
A) tovush, qo`shimcha, so`z
B) qo`shimcha, so`z, ibora, gap
C) so`z, ibora, gap
D) ibora, gap
E) so`z, ibora.
58. Gaplarda ajratilgan so`zlarning qaysi biri metaforik ma’noga ega?
A) Qo`shni dalada yordamchi talabalar paxta terishar edi.
B) U ikki bor turmushga chiqdi, biroq tirnoq yuzini ko`rmadi.
C) Uning yelkasiga tushgan sochlariga pilik taqilgan edi.
D) Men kelsam, direksiyada bo`lim boshliqlari yig`ilgan ekan.
E) Sizlar litseyimizning birinchi qaldirg`ochlari bo`lasiz.
59. Bir ma'noli so`zlar qaysi qatorda? A) ko`z, qosh
B) og`iz, bosh
C) etak, oyoq
D) tish, quloq
E) chumchuq, ravish
60. Ko`p ma'noli so`zlarni toping.
A) men, sen
B) besh, o`n
C) ota, ona
D) tomir, yoqa
E) yashil, pushti.
61. So`zning o`z (asl) va ko`chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) Qishloq markaziga shu yo`l bilan boriladi. Bahslashishga yo`l qolmagan edi.
B) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi. Mehribon qo`llar hamisha sizni qo`llab-quvvatlasin.
C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko`rmagan. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi.
D) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi? Daraxtlar uyg`ondi.
E) Qani, mehmon, dasturxonga qarang. Keksa Navoiyning kelajak bo`g`inlarga qoldirmoq istagan fikrlari ko`p.
62. Omonim so`zlar qaysi qatorda?
A) sovuq, bosh, oltin
B) yordam, ko`mak, madad
C) yosh, zang, to`p
D) qiziqmoq, bog`lamoq, ko`karmoq
E) nur, shu’la, yog`du.
63. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysisi omonimlik xususiyatiga ega?
A) yuragiga g`ulg`ula tushmoq
B) og`zi qulog`ida bo`lmoq
C) boshga ko`tarmoq
D) boshida yong`oq chaqmoq
E) barcha javoblarda frazeologik omonimlar berilgan.
64. Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlar birikib, bir ko`chma ma’noni ifodalash uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi?
A) qo`shma so`z
B) ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasi
C) frazeologik birikma
D) so`z birikmasi
E) metafora yoki metonimiya.
65. Iboralar til fanining qaysi bo`limida o`rganiladi?
A) leksikologiyada
B) fonetikada
C) morfologiyada
D) frazeologiyada
E) orfoepiyada
66. "Oralaridan mushuk o`tdi" iborasi qanday ma'noni bildiradi?
A) quvlamoq
B) uzoqqa bormoq
C) hayvon boqmoq
D) urishib qolmoq
E) yugurmoq.
67. Quyida ko`rsatilgan xususiyatlardan qaysi biri frazeologik birikmaga xos?
A) nutq jarayonida hosil qilinadi
B) lug`aviy birlik hisoblanadi
C) tarkibidagi har bir mustaqil so`z gapning ma’lum bir bo`lagi bo`lib keladi D) obrazliligi kuchli bo`ladi hamda xotirada xuddi so`zlar singari tayyor holda saqlanadi
E) B va D.
68. Qaysi juft so`zlar o`zaro sinonim so`zlardan tashkil topmagan?
1) boy-badavlat; 2) erka-arzanda; 3) soya-salqin; 4) gap-so`z 5) ola-chipor; 6) uzuq-yuluq; 7) xor-zor; 8) kiyim-kеchak.
A) 3,4,7,8
B) 2,4,5,6,8
S) 1,3,4,6,7
D) 2,3,4,5,7,8
Е) 2,4,6,8
Do'stlaringiz bilan baham: |