Registon karimov test markazi (ktm) Leksikologiya №1



Download 339,89 Kb.
bet77/100
Sana08.01.2022
Hajmi339,89 Kb.
#333632
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
Bog'liq
Leksikologiya VARIANT

Leksikologiya 18

1. Quyidagi so`zlarning qaysilari shakldosh so`zlar hisoblanadi?

1) bas; 2) band; 3) banda; 4) bal; 5) bog`
A) 1,2, 5
B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 2,5

2.O`ng qo`lidagi dastro`mol bilan diydasini artdi. Ajratib ko`rsatilgan so`zning ma`nodoshi qaysi javobda berilgan?


A) yosh
B) bosh
C) peshona
D) ko`z

Zaynab lappos va o`nta so`zga arang bitta javob qaytaradigan edi. (A.Qodiriy) lappos so`zining ma`nodoshi qaysi javobda keltirilgan?
A) xotirjam
B) ozg`in
C)to`ladan kelgan

D) uyatchan

3. Sahn yuzida uch-to`rt yuz musallah yigitlarni birovni kutgan holda ko`rdim. (A.Qodiriy) “O`tkan kunlar” romanidan olingan ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi javobda to`g`ri izohlangan?

A) otliq


B) qurollangan
C) xizmatkor
D) isyonchi

4.To`g`risi, zahar olud maktubingizga odamlarcha tushuna olmadim. (A.Qodiriy) olud so`zi qaysi javobda to`g`ri izohlangan?

A) qorishgan
B) yanglig`
C) achchiq
D) alamli

5. I ustunda berilgan so`zlar ko`chma ma`noda qo`llanganda II ustundagi qaysi so`zga sinonim bo`la oladi?

I 1) yugurmoq 2) o`ymoq 3) bahor

II a) paydo bo`lmoq b) muddat; davr c) azob bermoq

A) 1-b;2-c;3-b
B) 1-c; 2-a; 3-c
C) 1-a;2-c;3-b
D) bu so`zlar o`zaro sinonim bo`la olmaydi

6. E`timod so`zining lug`aviy ma`nosi qaysi javobda ko`rsatilgan?

A) ishonch yorlig`i
B) ishonch
C) hurmat
D) samimiyat

7.Qaysi javobda shakldosh so`zlar berilgan?



A) elchilik, chars, sug`ur
B)bez, farq, zor
C) qon, zang, bo`ydor
D) safar, palla, sor

8.Berilgan shakldosh so`zlarning qaysilari faqat bir so`z turkumi doirasida bo`ladi?



A)shira, qayin, g`oz, dastalamoq
B
) shon, qadoq, yopiq, ko`klamoq

C) gazak, o`rim, qotmoq, tuyg`un


D) bog`, qoplamoq, o`tin, qozon

9. Ne bir buyuk zotlar bosh egdi nochor Tomug`dan yo`l topmay nurli hayotga ... (A.Oripov)

Ostiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qaysi javobda to`g`ri berilgan?

A) haqiqat


B) jannat
C) do`zax
D) razolat

10.Visoli lazzatidin zavq topmoqlig` erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo`qsa jon bermaklik osondur. Bobur qalamiga mansub ushbu baytda so`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qaysi turi qo`llangan?


A) ma`nodosh so`ziar
B) zid so`ziar
C) shakldosh so`ziar
D) paronim so`ziar

11.Chokar hazilga, zarofatga o`ch yigit edi. Berilgan gapdagi zarofat so`zining ma`nodoshini toping.

A) hozirjavoblik
B) fahm-farosat
C) chiroyli gaplar
D) maqol

12. Olam hodis, qo`lga tushib qolsang, so`roq kezida aybni faqat o`z bo`yningga olib, oraga meni qotishtirmaysan! (A.Qodiriy) Berilgan gapdagi olam hodis birikmasining ma`nodoshi qaysi javobda keltirilgan?


A) masalan
B) ehtimol
C) avvalo

D) xullas

13. Atrof-tumonat oppoq edi. Bu oqlik jamiki puchmoqlar-u xilvat go`shalarga ham allanechuk g`ayritabiiy kuch orqali tarqalgan. (Sh.Bo`tayev) Berilgan matndagi puchmoq so`zining ma`nodoshi qaysi javobda to`g`ri izohlangan?

A) qorong`ulik, zulmat
B) ovloq, burchak
C) qo`rqinchli, vahimali
D) chuqurlik, tubsizlik

14.Muhabbat dardidan bemor qalblarmiz, O`gay bo`lsak, netong, sog`lar orasida.(A.Oripov) Netong so`zining ma`nosini aniqlang.

A) na baxt
B) ne ajab
C) shubhasiz
D) ilojsiz

15.Qaysi qatordagi lug’aviy birlik frazeologiyada o’rganiladi?

A) dala malikasi
B) mo’yqalam sohiblari
C) do’ppisi yarimta
D) aql gimnastikasi

16. Kurash, chala, yonbosh, halol so'zlari qaysi guruhga mansub?

A) yangi so’zlar
B) atamalar
C) eskirgan so’zlar
D) tarixiy so’zlar

17. Tarkibida yasama so’z qo’llangan barcha iboralarni belgilang.

1) arpasini xom o’rmoq 2) gullab qo’ydi 3) tuyog’ini shiqillatmoq 4) taqdirga tan bermoq

A) 2,3,4


B) 2,3
C) 1,2,3
D) 1,2,3,4

18.1.bir bog’ piyoz. 2.bog’ni aylandik. Qaysi gapdagi bog’ so’zi tojikcha?

A) 1- gapdagi
B) 2-gapdagi
C)har ikkala gapdagi bog’ so’zi o’zbekcha D) har ikkala gapdagi bog’ so’zi tojikcha

19.Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa, demak, sen mo’min ekansan.

Ushbu gapdagi antonym so’zlar qaysi so’z turkum(lar)iga tegishli?

A)ot, sifat


B) ot, fe’l
C) fe’l
D) sifat, fe’l

20.Eski o’zbek adabiy tilidagi “pesha” so’zining ma’nosini aniqlang.

A) go’zal, latofatli
B) sog’lomlik
C) kasb, hunar
D) ayon, ravshan


Download 339,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish