Leksikologiya №17
1. Qaysi qatordagi gapda paronimlaming qo`llanishi bilan bog`liq uslubiy xato mavjud?
A) Majlisda kamchiliklar birma-bir sanalib, ularni tezda bartaraf etish kerakligi qayt etib o`tildi.
B) Ot chopsa, gumburlar tog`ning darasi.
C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch.
D) Butun qishloq ahli hasharga chiqdi.
2. Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajda egma qoshima. (Mashrab)
Baytda ma`no ko`chishining qaysi turi mavjud?
A)metafora
B)sinekdoxa
C)metonimiya
D)vazifadoshlik
3. Qaysi gapda ko`chma ma`noli so`z qo`llangan?
A) Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.
B) U ko`l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi.
C) Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo`lsa ham xuddi o`smirlarday yengil qadam tashlardi.
D) Berilgan barcha gaplarda
4. O`z jigarlariga ham rahm-shafqat qilmaydilar! Ushbu gapda qanday ma`no ko`chishi mavjud?
A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D)vazifadoshlik
5.Gapning ko`chma — tag ma`nosi ifodalangan qatorni toping.
A) Bizni «homiy»lardan himoya qilg`il, degan sharq xalqida piching-duo bor. Xo`sh, janobi oliylari, qaysi sho`rlik xalq Sizning «himoyangizga» qolmish intizor.
B) Dunyoda o`zimizdan keyin qoldiradigan tuyog`imiz ... faqat shul Otabekdir.
C) - Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo`lmasmidi?!
- Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan.
D) Barcha gaplarda tag ma`no ifodalangan.
6.Qaysi gapda metafora usuli bilan ma`no ko`chishi hosil bo`lgan?
A) Bahor kelinchakdek yasanib keldi.
B) Po`latjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapirolmas edi.
C) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
D) Barcha gaplarda metafora usuli mavjud.
7. Bajarmoq so`zi quyidagi so`zlardan qaysi biri bilan ma`nodosh?
1) ado etmoq; 2) o`tamoq; 3) bitirmoq; 4) o`rinlatmoq; 5) bajo qilmoq
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 1, 3, 5
C) 1, 2, 3, 5
D) 3, 4,5
8. Zid so`zlar qo`llangan gapni toping.
A) Sovuq shamol o`qtin-o`qtin esib, to`qayni allaqanday vahimaga to`ldirdi.
B) Bir no`noqni bir epchil eplaydi.
C) Sherali qo`rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.
D) Yolg`onchining so`zi rost bo`lmas.
9.Qaysi qatorda shakldosh so`zlar ma`noni kuchaytirishga xizmat qilgan?
A) Gulshanda gullarni tebratar sabo, Adashgan yo`lchiday daydib yurar yel.
B) Minglab gulistonga, minglab chamanga, Bahuzur ko`rk bo`lur undagi chiroy.
C) Yig`latdi meni demayki, siqtatdi meni.
D) Bir shirin so`z odamga asal bo`lib tuyular.
10. Qaysi qatorda iboralarning ma`nosi noto`g`ri berilgan?
A) ko`z-ko`z qilmoq – maqtanmoq, ko`z ostiga olish – mo`ljallash
B) ovi yurgan – baxtli, dili pora – xafa boimoq
C) kavushini to`g`rilab qo`ymoq – haydamoq, yo`q yerdagi – bo`lmag`ur
D) o`rniga qo`ymoq – bajarmoq, qo`l urmoq – tegmoq
11. Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma`nodosh so`zlar berilgan?
A) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat
B) kasallik, xastalik, bemor
C) oydin, ravshan, ochiq
D) keksa, mo`ysafid, qari
12. Qaysi qatorda ma`nodosh so`zlar sifat turkumiga mansub?
A) vazifa, topshiriq, majburiyat
B) do`st, o`rtoq, birodar
C) shamol, to`fon, yel
D) ulug`, buyuk, ulkan
13.Ko`chma ma`noli so`z qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) Bekorchidan bemaza gap chiqadi.
B) Qora kunda qui Tarlon qizga qayg`udosh keldi.
C) Qaddi rost shamning tilidan O`rtanur parvona ham.
D) Barcha gaplarda ko`chma ma`noli so`z qo`llangan.
14.Sinekdoxa usuli bilan ma`no ko`chgan gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Dunyoda tashvishlarni ko`p chekdi boshim.
B) Umrini ilmga bag`ishlagan odam abadiy umrga erishadi.
C) El og’ziga elak tutib bo`lmaydi.
D) Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq tortildi
15. Kapalakday kelib, qoshingga qo`nib, Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi. (M. Yusuf)
Mazkur gapda qoshingga qo`nib birikmasida ma`no ko`cmshning qaysi turi kuzatiladi?
A) o’xshatish
B)metafora
C)metonimiya
D)sinekdoxa
16.Bizni uchrashtirdi sirli bir shodlik, Endi ayirmoqda anglab bo`lmas g`am.
Ushbu qo`shma gapda uslubiy ma`no hosil qiluvchi vositani ko`rsating.
A) bir xillik (parallellik)
B) gap bo`laklarini tushirish (ellipsiya)
C) gap bo`laklarini takrorlash
D) zid ma`noli (antonim) so`zlarni qo`llash
17.Qaysi qatorda ko`chma ma`noli so`z berilgan?
A) Jahonda nimaiki oq bo`lsa, unga ona suti timsoldir.
B) Ko`ldagi suv jimirlab turar, silliq toshlarga ohista urilardi.
C) Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.
D) Yomon odamni tanqid qil, yaxshi odamga taqlid qil.
18.Durdona so`zi qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llanmagan?
A) Gullar ko`pdir bu xilqat aro Durdonalar yanglig` sochilgan. (A.Isroil)
B) Mana, shundoq bitta afsona, Afsonalar ichra durdona. (Oybek)
C) «Jahon adabiyoti» jurnali dunyo adabiyoti durdonalarini nashr etishda jonbozlik ko`rsatmoqda.
D) barcha gaplarda ko`chma ma`noda qo`llangan
19.Dog` so`zi qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llanmagan?
A) Qo`rqoqlik dog`ini o`lim ham yuvolmaydi. (A.Muxtor)
B) Yaxshi so`z - yurak yog`i, yomon so`z - yurak dog`i. (Maqol)
C) Oyda ham dog` bor. (Maqol)
D) Bu gap bizning sha`nimizga dog` bo`lishi mumkin.
20. Sayding qo`ya ber, sayyod, sayyora ekan mendek.
Furqatning ushbu misrasidagi sayyora so`zining ma`nosi qaysi javobda to`g`ri izohlangan?
A) osmon jismi
B) quyosh atrofida aylanuvchi
C)muqim, doimiy
D)kezib yuruvchi, darbadar
21. Sinekdoxa yo`li bilan ma`nosi ko`chgan so`z qaysi gapda mavjud?
A) - Xudovando! Bu na ko`rgilik. Endi netaman? To`qqiz og`izni qanday boqaman? (S.Siyoyev)
B) Yurt bu kun ohuday xo`p ishvakordir, Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor. (A.Oripov)
C) Alining buvasi oppoq soqolli, har bir so`zini salmoqlab aytadigan odam edi.
D) Mahkam ko`zini yumib yotgan bo`lsa-da, butun vujudi sergak.
22.O`rtog`im birdan kulib yubordi, o`zi juda serzavq, dali-g`uli, sho`x bola, – deydi Musavoy. (Oybek) Ajratib ko`rsatilgan so`zga ma`nodosh iborani aniqlang.
A) yulduzni benarvon uradigan
B) ko`nglida kiri yo`q
C) do`ppisi yarimta
D) og`zi qulog`ida
23.Berilgan gaplarda dam so`zi qanday so`zlarga ma`nodosh bo`la olishini mos ravishda aniqlang.
1.Bir dam o`zini yo`qotib, esankirab qoldi.
2.Ot pishqirgan damiga erir tog`dagi qorlar.
3.Ibrohimov oyog`ini yozgani o`rnidan turdi va ayvonning damiga borib ... uzoqdagi kaptarrang tog`larga qaradi.
4. Xanjarini qinidan sug`urib oldi-da, damini oydinga solib boqdi.
A) lahza, nafas, tig’, chet
B) lahza, chet, nafas, tig`
C) lahza, nafas, chet, tig`
D) lahza, tig`, chet, nafas
24. Dunyoda diyonat hali mavjuddir,
Hali mard yigitlar yashab yuribdi. (A.Oripov)
Ajratib ko`rsatilgan so`zning ma`nodoshini toping.
A) vijdon
B) haqiqat
C) savob
D) yorug`lik
25.Yomon so`zi qaysi gapda og`ir, xatarli ma`nosida qo`llangan?
A) Hoy do`stim, birovning do`ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi?
B) Ostonada turish yomon bo`ladi, qizim, joyingizni bilib o`tiring.
C) Inoyat oqsoqol uni ko`pchilik o`rtasida yomon haqorat qilgan edi.
D) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi.
25. Mulk so`zi qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llanmagan?
A) Davlat mulkini, xalq mulkini ko`z qorachig`iday saqlashimiz kerak.
B) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma`naviy mulkiga aylandi.
C) Husn mulkida kishi tanho bo`lurmu muncha ham.
D) barcha gaplarda mulk so`zi ko`chma ma`noda qo`llangan
26.Uning roziligini olmasdan turib, bu ishga oyoq qo`yish mumkin emas. Qyoq qo`ymoq iborasi qanday ma`no anglatadi? A) ishga yakun yasamoq
B) ishga kirishmoq
C) ishni uddalamoq
D) ishga bormoq
27. Sayramoq so`zi qaysi gapda salbiy ma`noda qo`llangan?
A) Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi.
B) Dutorimning torlari qo`sh bulbuldek sayraydi.
C) Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi.
D) Jo`ralari orasida «shirinsuxanlik» bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi.
28. Buning natijasi shu bo`ldiki, To`laganning qanshariga musht tushdi. Qanshar so`zi qaysi javobda to`g`ri izohlangan?
A) peshonaning chekka qismi
B) yuzning jag` qismi
C) burunning ikki qosh o`rtasidagi yuqori qismi
D) boshning orqa qismi
29. 1. Kun qiyomdan og`di.
2. Shavla qiyomiga yetib pishgan edi.
3. Kampir o`ng qo`liga nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi.
Berilgan gaplarda qo`llangan qiyom so`zi haqida to`g`ri fikr qaysi javobda berilgan?
A) uchala gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan
B) uchala gapda shakldosh so`zlar qo`llangan
C) ikkinchi va uchinchi gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan
D) birinchi va ikkinchi gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan
30. 1. Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach ... yana qalamini qoralab qog`oz ustiga bir-ikki kalima yozdi.
2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro`zimatni qoralab, o`zimni oqlamoqchi emasman.
3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi.
Gaplarda qo`llangan qoralamoq so`zi haqidagi to`g`ri hukmni belgilang.
A) uchala gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan
B) uchala gapda shakldosh so`zlar qo`llangan
C) birinchi va ikkinchi gapda bir so`zning turli ma`nolari qo`llangan
D) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so`zlar qo`llangan
31.Qaysi qatordagi birikuvlarda tobe so`zlar ko`chma ma`noda qo`llangan?
A) iliq munosabat, chuqur tekshirmoq, xira odam
B) ishning ko`zi, qozonning qulog`i, yo`l yoqasi
C) sovuq havo, boshi og`rimoq, qalb izhori
D) qalin qor, sergo`sht ovqat, qo`l qovushtirmoq
32. Qaysi qatorda zid ma`noli so`zlar birgalikda yangi so`z hosil qilgan?
A) yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora
B) yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan
C) uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg`in-semiz
D) katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past
33.Nutqning ta`sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi birliklarni toping.
A) ibora, tasviriy ifoda
B) ma`nodosh so`z, ko`p ma`noli so`z
C) so`z birikmasi, gap
D) sanalgan barcha birliklar
34.Evfemizm nima?
A) boshqa tillardan kirib, olzlashib ketgan so`zlar
B) narsa yoki tabiat hodisalarining xususiyatlarini tasvirlash uchun ularning nonuga qo`shib ishlatiladigan so`zlar
C) qo`pol, beodob, noqulay so`z va so`z birikmalarini so`zlashuv tiliga xos qulay so`z va so`z birikmalari bilan almashtirish
D) jonli tilda uchraydigan, lekin keng iste`molda qo`llanmay, uslubiy ma`noda - ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko`rsatib turadigan so`zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |