Leksikologiya №13
1.Tovushlarning hidi, bo’yi bor. Tovushlarning sovuq, ilig’i. Tovushlarning rangi – ro’yi bor. Tovushlarning shirin – achchig`i, Bordir hatto yumshoq, qattig’i, Shoir rassom bo’lsa agar, Chizardi shunday lavhalar. Berilgan parchada necha o’rinda fonetik o’zgarish sodir bo’lgan? A) 7 o’rinda
B) 8 o’rinda
C) 5 o’rinda
D) 6 o’rinda
2.Sening tug’ilib o’sgan shahringdan ayrilib yashashingga ko’zim yetmasdi, buni hammadan ham men juda yaxshi bilar edim. Ushbu gapda fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlarda necha o’rinda portlovchi shovqinli undoshlar ishtirok etgan?
A) 7 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 6 ta
3.Til undoshlaridan sirg’aluvchi va portlovchi undoshlar qator kelgan so’zlarni toping. A)qadr, davr
B) sharq, baxt C) qalb, sabr
D) asl, asr
4.Tarkibida til undoshlari va tor unli(lar) ishtirok etgan yasama so’zlar berilgan javobni aniqlang.
A) ishqala, qaramlik
B) qing’ir, tirik
C) xizmatkor, kiymoq
D) gulchi, tilik
5.O’zbek tilida jarangli shovqinli portlovchi til undoshlari soni nechta? A) 2 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 3 ta
6.Qaysi javobda berilgan fe’llar ot so’z turkumiga oid so’z bilan omonim bo’la oladi? A) qopmoq, turtmoq
B) so’qmoq, o’smoq
C) bormoq, chaqmoq
D) ilmoq, quymoq
7.Qaysi javobda paronimi mavjud bo’lgan ot berilgan? A) xiyla
B) tup
C) podshoh
D) Afzal
8.Tojikning oti Tursun bo’lsa, o’zbekning oti G’ulom bo’lsa, uning tojikligi-yu mening o’zbekligim qayoqqa borar edi? Berilgan parchadagi fonetik hodisa asosida yozilgan so’zlar haqida berilgan to’g’ri fikrni belgilang. A) Fonetik hodisalar faqat yasama so’zlar tarkibida kuzatilgan.
B) Tovush tushishi olmosh tarkibida kuzatilgan.
C) Tovush almashishi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ta’sirida ro’y bergan.
D)Fonetik hodisalar shakl yasovchi va so’z yasovchi qo’shimchalar ta’sirida ro’y bergan?
9.Olloh nazari tushgan jannatmakon ona zaminimiz dovrug’i mustaqillik sharofati ila bugungi kunda butun dunyoga yoyilmoqda.
Matnda ajratib ko’rsatilgan so’z qaysi ma’noda qo’llangan? A) kichik- kichik guruhlarga bo’linib ketmoq B) tevarak- atrofga taralmoq, anqimoq C) taxlangan, o’ralgan narsani ochmoq D) kishilar qulog’I yetib bormoq, shu tarzda ma’lum va mashhur bo’lmoq
10.Kompyuterlashtirmoq so’zi nechta havo zarbi bilan aytiladi?
A) 1 ta
B) 6 ta
C) 4 ta
D) 7 ta
11.Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanib, umumxalq tiliga xos bo’lmagan so’zlarni bildiruvchi atama qaysi javobda ko’rsatilgan? A) chegaralangan so’zlar
B) jargon va argonlar
C) shevaga xos so’zlar
D) neytral leksika
12.Quyidagi so’zlardan nechtasida nuqtalar o’rnida chuqur til orqa sirg’aluvchi undosh yoziladi? Ishta….a, ji…oz, e…son, e…tiyorkor, za…matkash, …oqon, mar…amat, mu…ojir, sul…,
A) uchtasida
B) bittasida
C) to’rttasida
D) ikkitasida
13.Qaysi qatordagi barcha so’zlar imlo qoidalariga ko’ra to’g’ri yozilgan? A) mavzusi, parvoyi, fojea, oqu qora B) tavsif, xijjalamoq, vovilladi, 5-sinf C) mavzusi, xushxabar, ochiqdan ochiq, mudofaa
D) ekspidor, mutolaa, ehson, yakkama- yakka
14.Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz, Yetishgaymiz kelajakda, pokizadir vijdonimiz. Ushbu she’riy parchadagi so’zlar tarkibida necha o’rinda shovqinli portlovchi jarangsiz undosh mavjud? A) 7 ta
B) 6 ta
C) 8 ta
D) 9 ta
15.Quyidagi berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. B) O’tkir o’tkir o’roqda o’t o’di. C) To’p – to’p ko’k koptok, har bir to’pda ko’k koptok.
D) Hali Vali, Soli sholi o’rdi.
16.Qaysi gapda faqat so’z qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Uyishiq bo’laklar sanash ohangi bilan aytiladi.
B) U avvaliga biroz hayajonlandi- yu , ammo keyin rovon gapira oladi.
C) Shunda shox adolatli farmon chiqaribdi.
D) Haq yo’linda kim sanga bir harf o’qutmish ranch ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganch ila.
17.To’g’ri qo’llay bilish gap mazmunining aniq ifodalanishini, nutqning noo’rin takrorlardan xoli bo’lishni ta’minlaydi. Ushbu ta’rif so’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turiga tegishli? A) ma’nodosh so’zlar
B) shakldosh so’zlar
C) zid ma’noli so’zlar
D) paronimlar
18.Qaysi javobda egalik qo’shimchasi qo’shilganda tovush almashish hodisasi yuz bergan yasama so’zlar to’g’ri ko’rsatilgan? 1) tarog’i 2) bo’yog’i
3) tomog’i 4) tilagi 5) yuragi
6) ko’zoynagi 7) qulog’i 8)kuragi
A) 1, 2, 4, 6, 8
B) 2,3, 5, 6, 8
C) 2, 4,6,7,8
D) 1,3,5,6,8
19.Paronim juftiga ega bo’lgan, fonetik o’zgarish asosida yozilgan yasama so’zni aniqlang. A) unim
B) sanat
C) tal’at
D) tuzsiz
20.Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan?
A) Tongda ruhsiz ko’z ochaman, Qovunlar tanda jon.
B) Suvdan chiqqan pahlavonday adil teraklar bo’y rostlab turardi.
C)Olimlar yaqin vaqtlarga qadar kosmik bo’shliqni o’rganishni faqat orzu qila olar edilar
D) Onalik xotin - qizlarning eng muqaddas burchi sanaladi.
21.Qaysi so’zlarda unlidan so’ng tutuq belgisi ishlatilishi lozim?
1) monelik 2) tamagarlik 3) etirof 4)taqiq A) 2,3
B) Faqat 3
C) 1, 3, 4
D) 1, 2, 3
22.Tunov kuni biznikida Bo’ldi kattakon hashar. Ko’chib keldi deyman-ov Hasharga butun shahar, Hashar rosa qizidi.
Ushbu parchada ma’no ko’chishining qaysi turlari ishtirok etgan? A) metafora, metonimiya, snekdoxa
B) metafora, metonimiya C) metonimiya, vazifadoshlik C) metafora
23.Quyidagi qaysi so’zlar o’z paronimlari bilan bir xil so’z turkumiga mansub bo’ladi? 1)yod 2)ham 3)burch 4) bob 5) afzal 6) eg
A) 1,2,4,6
B) 3,6
C) 2,3,6
D) 3,5,6
24.So’zlarning ochiq bo’g’inlari keng unlilar bilan tugagan gapni aniqlang. A) Ko’z qayerda bo’lsa, aql ham o’sha yerda.
B) Uning boyligi sira tugamas ekan. C) Kishining hurmati o’z qo’lida. D) Uydan maktabga bora boshladim
25.Qaysi qatordagi so’zlarning yopiq bo’g’inlaridan biri til orqa jarangli undosh bilan tugagan? A) jingalak
B) tinglamoq
C) zamburug’
D) shtanga
26..Bitta tovush tushishi, bitta tovush almashishi hodisasi yuz bergan so’zni belgilang. A) qiynog’I
B) sayroqi
C) qaynoq
D) yig’loqi
27.Shakldosh so’zlarni toping. A) tort, don, tanho
B) karam, yoq, pilla C) g’amsiz, och, tong
D) muzlat, noma, pul
28.Yaxshi bo’lgin, hatto dushmaning oson Seni deyolmasin yaramas, yomon. Tanburning ovozi soz chiqib tursa Qulog’in buramas sozchi hech qachon. She’riy parchada sonor bilan tugaydigan yopiq bo’g’inlar soni nechta? A) 11 ta
B) 12 ta
C) 13 ta
D) 14
29.Quyidagi parchada ma’no ko’chishining qaysi turi qo’llangan? Bo’ri so’radi: “ Hoy qizil shapkacha, qayerga ketyapsan?” “ Buvimnikiga,”- javob berdi u. A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) kinoya
30.To’rt tomoni …ujralar bilan o’ralgan sa…n o’rtasidagi sadag’ayrag’och sho…larida chumchuqlar chirqillaydi, allaqachon lardan qaldirg’ochlar otilib kelib, …ovli ichiga kirib ketadi. Ushbu gapda nechta so’zda ko’p nuqtalar o’rniga chuqur til orqa, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh qo’yilishi lozim?
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
Do'stlaringiz bilan baham: |