Apennin- yarimorol, unda Italiya joylashgan. Ligʻurlar - Italiyaning qadimgi qabilalaridan biri. "Italiya" - yunoncha "vitulus" so'zidan olingan: buqa, buzoqcha ma'nosini bildiradi. Po - Apennin yarimorolidagi eng katta daryo. Italiklar - Apenin yarimorolida yashovchi qabilalarning umumiy nomi. Etrusk - Italiyaning shimoli-g'arbiy qismida yashagan xalqlar. Karfagen - Finikiya koloniyasi. Tibr-Rim shahri boshlangan daryo. Romul va Rem - Rim shahriga asos solgan aka-ukalar. Ona boʻri - Rimning timsoli. Mag'rur - Tarkviniyning laqabi. Tarkviniy - Rimda saylab qo'yilgan hukmdorni o'ldirib, hokimi- yatni egallagan hukmdor. Kapitoliy - Rimda joylashgan tepalik.
Apennin yarimorolida iqlim iliq bo‘lib, yil bo‘yi o‘rtacha yomg‘ir yog‘ar edi. Yarimorolni to‘liq egallagan Italiyada qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo‘lmasdi.
Rimliklarning qadimiy manzilgohi
Ular orasida lotinlar, samniylar va sabinlar ko‘pchilikni tashkil etib, mil. avv. I-mingyilikning boshlaridan Italiyaning turli tumanlarida joylashganlar.
Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli xil qabilalar yashagan.
Liqurlar Italiyaning qadimgi qabilalaridan biri bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
“Italiya” so’zining o’zi esa yunonchadan “buzoqchalar o‘lkasi” tarzida tarjima qilinadi.
Mil. avv. VIII-VI asrlarda Italiya sohillarida koloniyalarga asos solgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni topganlar.
Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan.
Mil. avv. VIII asrda etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi.
Mil. avv. VII asrda ular Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshladilar.
Afrikaning shimoliy sohilida joylashgan Finikiya koloniyasi Karfagen shahar davlati ham ularga qo‘shildi.
Rim shahri Tibr daryosi bo‘yidagi dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo‘ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib, kata shaharga aylandi.
Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753- yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan.
Daryo bo‘yida ularni ona bo’ri topib olib, emizadi va boqadi. Keyin aka-ukalarni bir cho‘pon topib olib tarbiyalaydi.
Miloddan avvalgi VI asrda Rim katta shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal’a bunyod etiladi.
Miloddan avvalgi 509-yilga qadar shu taxlit davom etdi. Laqabi Mag‘rur Tarkviniy degan kishi mamlakatga saylab qo‘yilgan hukmdorni o‘ldirib, hokimiyatni egallab oldi.
Bundan darg’azab bo’lgan aholi qo’zg’olon ko’tarib, Tarkviniyni shahardan haydab yubordi.
Tarkviniyning shahardan quvg‘in qilinishi
1.Italiya davlati qaysi yarimorolda joylashgan edi? A) Arabiston yarimorolida B ) Apennin yarimorolida C) Bolqon yarimorolida D) Pireney yarimorolida 2. Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? A) chorvachilik va savdo-sotiq B) savdo-sotiq va dengizchilik C) dehqonchilik va savdo-sotiq D ) dehqonchilik va chorvachilik 3. «Italiya» so’zi yunonchadan qanday tarjima qilinadi? A) «echkilar o’lkasi» B ) «buzoqchalar o’lkasi» C) «qoramollar o’lkasi» D) «harbiylar o’lkasi» 4. Apennin yarimorolida eng katta daryo qaysi bo’lgan? A ) Po daryosi B) Tibr daryosi C) Politimet daryosi D) Tirren daryosi 5. Apennin yarimorolining barcha qabilalari qanday nomlangan? A) ellinlar B) rimliklar C) samniylar D ) italiklar 6. Italiklar orasida ko’pchilikni tashkil qilgan qabilalarni aniqlang. A ) hamma javoblar to’g’ri B) sabiniylar C) samniylar D) lotinlar 7. Italiklar kelib chiqishi bo’yicha qaysi xalqqa yaqin bo’lganlar? A) germanlarga B) oriylarga C) keltlarga D ) yunonlarga 8. Kichik Osiyodan ko’chib kelgan etrusklar Italiyaning qaysi tomonida yashaganlar? A) shimoliy qismida B) sharqiy qismida C) janubiy qismida D ) g’arbiy qismida 9. Italiyada etrusklarning asosiy mashg’uloti nima bo’lganligini aniqlang. A) savdo-sotiq B) chorvachilik C) hamma javoblar to’g’ri D ) dehqonchilik 10. Italiyada etrusklar 12 shahar – davlat tuzgan sanani aniqlang. A) mil.avv.VII asrda B) mil.avv.V asrda C) mil.avv.VI asrda D ) mil.avv.VIII asrda