Referat mavzulari ro’yxati


Takrorlash uchun savollar



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/137
Sana21.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#570220
TuriReferat
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137
Bog'liq
PARDOZ UMK

 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1.Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering. 
2. Yog’och tolali plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring? 
3.Yog’och qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun xom -ashyolar nimalardan 
iborat? 
4 . Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish uchun xom -ashyolar nimalardan 
iborat? 
14-AMALIY MASHG‘ULOT 
Mavzu:
Fibrolit xususiyatlari, ishlatilishi.
Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari 
Tayanch iboralar:
yog’och, mikrostruktura, selluloza, ignabargli daraxtlar, nuqsonlar, 
yog’och sortamenti, yonuvchanlik, chirish, yog’och buyumlari.
 
 
Yogoch tolali va mineral bog’lovchi asosida presslash yo’li bilan olinadi. 
Issiqdan izolyasiya, akustik material sifatida ishlatiladi. O’rtacha zichligiga ko’ra 
markalari 300, 350, 400, 500. Govakligi 77-87%. Egilishdagi mustahkamligi 0,4-1,2 MPa. 
Suv shimuvchanligi zichligiga bog’lik bo’lib quruq holatda 0,099-0,151 vt m
0
C. Namlik 
oshishi bilan issiq o’tkazuvchanligi oshadi. 
Namlik 1% ga oshsa (xajmga nisbatan) issiq o’tkazuvchanlik 5-14% oshadi. 
Fibrolitning tuzilishi ochik g’ovaklardan iborat bo’lgani uchun tovush yutuvchanligi yaxshi 
tovush yutish koeffitsienti – 0,4. O’tga chidamliligiga ko’ra qiyin yonadigan material 
hisoblanadi. Ishlov berish oson, buyash, suvoq qilish mumkin. 
Ishlab chiqarish usuli: nam va quruq usul. Ko’proq quruq usul ishlatiladi. 
Ishlab chiqarish texnologiyasi: 
1. Xom ashyoni tayyorlash-yog’ochni tolalarga ajratish, quritish. 


163 
2. Aralashma tayyorlash-yog’och tolasi sement bilan aralashtiriladi yog’och:sement 
1:2,3gacha. Shixtaga qo’shiladigan suv miqdori 45-50%. 
3. Qoliplash. 
4. Issiq ishlov berish. 
Qurilishda pardoz ishlari uchun ham foydalaniladi. Yog’och juda sifatli va ko’rkam 
materialdir. 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda yog’och zaxiralari juda kamdir. Shuning uchun chet el 
davlatlardan yog’och materiallari olib kelinadi. Pardozbop materiallar yog’ochdan turli xil 
dizayn ko’rinishidagi buyumlar tayyorlanadi. Ular binoga chiroy va ko’rkamlik baxsh etadi. 
Ularga: parket pollar ham kiradi. Parket pollar ham xar xil bo’ladi: parket doskalar, 
mozaikali parketlar, parketli shitlar va donali parketlar. Ular dub, buk, yasen, klenlardan 
olinadi. 
Parket doskalar 1200:300 mmgacha uzunlikda va 145:202 mm eniga, qalinligi 25:18mm 
dan ishlab chiqariladi. Ustki qismi qattiq yog’och bilan qoplanadi. Yuzasi laklanib 
tekislanadi. Ular asosan yog’och qoldiklaridan qilinadi. Parket doskalar pollar kabi yog’och 
balkali plitalarga yoki temirbeton yopmalarga yotqiziladi. Ular yaxshi tovush izolyasiyasida 
xizmat qiladi. Mozaikali parketlar hozirgi paytda keng tarqalgan yopma poldir. Bu xil 
parketlar ishlab chiqarish oddiyligi va iqtisodiy samaradorligi, turli xil bezaklari bilan pol 
uchun xizmat qiladi. Ular tushalganda kvadrat shaklida bo’ladi. 400x400mm, 480x480mm, 
600x600mm. Ular ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1. Ustki qismida kraft-qog’oz yopishtirilgan 
holda, ular tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanadigan yoki parket pol tushalgandan keyin 
yuzasi olib tashlanmaydigan qilib tushaladi. Mozaikali parket pol asosi yaxshi to’qilgan va bir 
xil o’lchamda bo’lishni talab qiladi. U sement qumli tushamaga suv va kley aralashmasi bilan 
yopishtiriladi. Ularning o’lchamlari yog’och materialdan chiqqan ortiqcha yog’ochlardan turli 
me’morlarga pol kurinishini har xil turlarda, kompozitsiyasini boyitishga yordam beradi. 
Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan parketlar har xil ko’rinishdagi archa shaklida, 
shashka shaklida va har xil ranglarda foydalanilishi mumkin. 
Parket shitlar parket doskalar kabi turli xil o’lchamda ishlab chiqariladi. Bu tur parketlar 
mehnatni ko’p talab etganligi va iqtisodga tejamliligi bo’lganligi sababli qurilishlarda kamroq 
ishlatiladi. Shitlar yuza qismi va asosdan iborat. Ustki qismi ortiqcha yog’ochdan qilinadi, 
asosi esa fanerlar yoki yog’och plitalardan qilinadi. Konstruksiyasiga qarab ular har xil 
reykalardan tashkil topgan va asosi perpendikulyar reykalardan qilingan tiplarda bo’ladi. 
Parket shitlar ramkali va reykali asoslari qalinligi 30-40mm, chunki ularga yaxshi forma 
yetkazilganda qulay bo’lishi uchun yog’och plitalardan tashkil topgan asosli 20-30 mmli 
bo’ladi. Ular sementli qum ustida yaxshi yotqiziladi. 
Reykalarning qalinligi asosi ikki reykali shitlar uchun 40 mm bo’lishi kerak. Ularning 
ustki qismi qimmatbaho yog’ochdan bezatiladi. 
Donali parketlar yuqori sifatli va qimmatbaho yog’ochdan qilingan materialdir. U 
to’g’ri burchakli o’lchamlari, uzunligi 150: 500 mmgacha, eni 30: 90 mm, qalinligi 15: 18mm 
bo’ladi. Ularning ustki qismi shunday chiqarilganki, ular yotqizilgandan keyin tozalanadi va 
tekislanadi. Toza pol ostidagi asos betonli, yog’ochli va boshqa xillar bo’lishi mumkin. 
Yog’ochli asosga parketlar mix bilan qoqiladi va boshqa xil asosga ega, kley yoki mastaka 
bilan yopishtiriladi. Donali parket qurilish talablariga buncha yaxshi javob bermaydi. 
Qurilishda yog’och materialdan ya’ni yunib tayyorlangan pardoz uchun ishlatilgan 
buyumlar ham foydalaniladi. Bularga: metal va yog’ochdan yasalgan zinapoyalarga va 
balkonlarga tutkichlar, pol uchun plintuslar, deraza va oynalarga nalichniklar, tushama devor 
va potoloklarga, deraza osti doskalar. Yunib tayyorlangan detallar yumshoq barglilar olxa, 
beryoza, osinalardan qilinadi. Bu materialar uzugligiga kengayadigan qilib chiqariladi. Ularni 
lestvennitsa, el, pixta va tersisdan qilinishiga yul quyilmaydi. Ikki xil profillilar tavsiya 
qilinadi, 74 mm.li va 54 mm.li. Plintuslar 4 xil bo’ladi. Ikkita buyicha uzaytirilgan (54mm) va 
va ikkita qisqa (38, 25 mm). 


164 
Deraza va eshik romlariga tutkichlar qilinadi. Ular asosan qarag’aydan qilinadi. Ular 2 
xilda: keng 74mm gacha va ingichka 34 mm gacha qilinadi. Ular maxsus aralashmalarga 
tuyintiriladi, laklanadi va bo’yaladi. Ular turli yog’ochlardan balki qoldiq reykalardan 
qilinadi. Deraza osti doskalari sosna va yeldan tayyorlanadi. Ular 2 xilda chiqariladi. Uzunligi 
700x1600mm gacha, qalinligi 34mm va uzunligi 1900:2800 mm gacha, qalinligi 42mm. 
Deraza osti doskalari yopishtirilgan bruslardan tayyorlanadi. 
Oldindan yunib tayyorlangan detallar - tutkichlar, plintuslar, nalichniklar va deraza osti 
doskalar ikki marta buyaladi. Fanerlar yupqa yog’och qatlamlari tolalarini bir-biriga tik quyib 
yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli, tanasi to’g’ri bo’lgan qattiq, 
zirk daraxti, terak hamda qarag’aydan ishlanadi. Maxsus dastgohlarning keng va juda o’tkir 
pichog’i yordamida aylanib turuvchi xaridan yupqa qatlam faner shponi ishlanadi. Fanerning 
o’lchamlari 72,5x183sm, qalinligi 0,15: 1,2 sm bo’ladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan 
yelim xossalariga qarab u suvga chidamsiz va suvga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga 
chidamlisi qayin daraxtining shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus 
sintetik smolalardan olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9, 11 qatlam bo’ladi. Oq qayin 
yog’ochdan ishlangan shponlarni pakelit yelimlari bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ular 
BFS, BFV-1, BFV-2 markalarga bo’linadi. 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish