167
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli
Qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-
mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali
mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi
farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud
holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida
ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-
metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi
tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or
xalqaro
tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari
bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar
malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks
rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi.
Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish
dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion
so‘mdan ziyod bo‘lib, ulardan 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport
zallari va talabalar turar joylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500
milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari,
mebel va inventar
bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha ta’lim
muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.
Bugungi kunda mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini
oshirish hamda aholini hayot darajasini va farovonligini barqaror o‘sishiga imkon
beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirishga,
innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal
rivojlanishi uchun zarur shart sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikani innovatsion va ilmiy texnik rivojlantirish
sohasida yagona davlat
168
siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion
rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi
shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi.
Respublikamiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, keng ko‘lamda qurilish
industriyasini rivojlantirish va axolini turmush faoliyatini yaxshilash maqsadida
joylarda ko‘plab ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan qator Qarorlar chiqarildi. Xususan, 2019 yil 23-may kuni
«Qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish
yuzasidan chora-tadbirlar
to‘g‘risida” PQ-4335 Qarori ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilindi.
Bog‘lovchi moddalar qurilishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Qurilish
texnikasining rivoji yanada yaxshiroq bog‘lovchi moddalarni izlab topishni talab etib
keldi. Yangi, nisbatan ancha takomillashgan bog‘lovchi moddalarning paydo bo‘lishi
esa, o‘z navbatida, qurilish texnikasining taraqqiyotiga yordam berdi.
Chunonchi, gidrotexnika inshootlarini qurish zaruriyati suvga chidamli
bog‘lovchilarni izlab topishni talab etsa, yuksak mexanik xossalarga ega bo‘lgan
bog‘lovchi modda – portlandsementning ixtiro etilishi temir-beton konstruksiyalarning
tez rivojlanishini ta’minladi. Zavodlarda tayyorlangan beton va temir-beton
elementlardan keng foydalangan holda avj oldirilayotgan
industrial qurilish
portlandsementning yangi – «tez qotuvchi» turini ishlab chiqarish zaruriyatini
tug‘dirdi.
Hozirgi bog‘lovchi moddalar turi nihoyatda xilma-xildir. Biroq qaysidir
bog‘lovchi moddalar birinchi marta ishlatilgan va ularni ishlatish vaqtida hozirgi
zamon texnologiyasiga asos solingan edi. Ilk bor ishlatilgan bog‘lovchilar qanday
moddalar bo‘lganini bilib olish uchun arxeologik va tarixiy xarakterdagi
materiallardan
tashqari
mineral
bog‘lovchi
moddalar
ishlab
chiqarish
texnologiyasining o‘zi bilan ham yaxshi tanish bo‘lish kerak.
An’anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda
sifatli ishlab chiqarish, ularni
yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, tejamkor, sifatli
materiallar va texnologiyalar ishlab chiqish, korxonalarda yig‘ilib
kelinayotgan
chiqindilardan yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor
texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish
169
usullarini mukammallashtirish, hamda bu jarayonda
materiallardan samarali
foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan o‘rin egallaydi.
Jumladan, qurilish sohasining asosiy materiallari bog‘lovchi moddalar sanalib,
ularni bugungi kundagi o‘rni beqiyos. Ushbu tayyorlangan o‘quv ko’rsatma bugungi
kun quruvchilariga amaliy yordam ko‘rsata oladigan ko’rsatma sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: