ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ
ВАЗИРЛИГИ
ЖИЗЗАХ ПОЛИТЕХНИКА ИНСТИТУТИ
ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИНГ ТЕХНИК, МУҲАНДИСЛИК ВА ТЕХНОЛОГИК
МУАММОЛАРИ ИННОВАЦИОН ЕЧИМЛАРИ
мавзусидаги Халқаро миқиёсидаги илмий-техник анжумани материаллари тўплами
1- Қисм (2021 йил 29-30 октябрь)
ЖИЗЗАХ-2021
181
ISHLAB CHIQARISH TARMOQLARIDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Xoldorov Baxodir Baratovich dotsent JizPI, Jizzax shahri
Ermatov Otabek Sayitovich assistent JizPI, Jizzax shahri
Qurolova Muqaddas 332-20 OOT guruhi talabasi, JizPI, Jizzax shahri
Innovatsiya bo’lmas ekan,
hech bir sohada raqobat,
rivojlanish bo’lmaydi.
SH.M.Mirziyoyev
Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini
amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq
bo‘layotgan bir qator muammolar mavjudligi va ushbu mavjud muammolarga nazar tashlaydigan
bo`lsak masalan:
Birinchidan, oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari
tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi;
Ikkinchidan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida
innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks dasturlarini amalga oshirish, innovatsion
faol tadbirkorlik subyektlarini qo‘llabquvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
Uchinchidan, xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga, jumladan ularning
manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi; To‘rtinchidan, davlat ilmiy-texnik
dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish
bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
Beshinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik
va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ3365-son qarori bilan
tasdiqlangan 2017-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash
va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini
moliyalashtirish manbalari etib, tegishli qismlarda, boshqa manbalar bilan bir qatorda Innovatsion
rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari belgilanganligi
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlarida iqtisodiyotni rivojlantirish uchun o’zida
fanning turli sohalarini qamrab olgan, ilmiy yondoshuvni talab qiladigan ishlab chiqarishni
rivojlantirish strategik vazifa sifatida qo’yilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yaratilgan milliy
innovatsion tizimi iqtisodiy o’sishni yuqori sur’atlarga ko’tarayotganligini ularning bugungi
iqtisodiy-ijtimoiy ko’rsatkichlarida yaqqol o’z ifodasini topayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Fanning xalq xo’jaligi va texnika taraqqiyotini jadallashtirishga ta’siri kuchayib, innovatsiya
imkoniyatlari kengaymoqda. Bu fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish
darajasining, tadqiqotlar va ishlanmalar hajmining yildan-yilga oshib borayotganida ham namoyon
bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi 916-sonli “Innovatsion
loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni yo’lga qo’yish bo’yicha qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori asosida an’anaviy ko’rinish olgan innovatsion g’oyalar,
182
texnologiyalar va loyihalar Respublika ko’rgazmasi tadqiqotlar natijalarini hayotga tatbiq etish,
fan va sanoatning uzviy aloqalarini yo’lga qo’yishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda
Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi iqtisodiyotda
intelektual mahsulot axborot va ilmiy-texnik , innovatsion faoliyat ulushining o`sishi shunga olib
keldi-ki, innovatsiyalar huddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intelluktual
salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya
kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlr va tarmoqlar bo’yicha investitsiya loyihalarini
puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy va yuqori natijaga erishishimiz mumkin.
Bu borada avvalambor, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes
sub’ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan
tartibga solish lozim bo`ladi.
Fan sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar natijasida, davlat ilmiy-
texnika dasturlarini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining eng dolzarb masalalarini yechishga
yo`naltirish, ilmiy-texnika loyihalarini ekspertizadan o`tkazishni boshqa davlatlarda mavjud
bo`lmagan - ochiq muhokama tarzida o`tkazish, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini
manfaatdor korxonalarning mablag`larini jalb qilgan holda moliyalashtirish kabi mexanizmlar
joriy qilindi. Hozirgi kunda uzoq muddatli (5 yilgacha), yangi bilimlarni shakllantirishga
yo`naltirilgan fundamental tadqiqotlar, o`rta muddatli (3 yilgacha) amaliy tadqiqotlar hamda qisqa
muddatli (2 yilgacha) innovatsion ishlanmalar Davlat ilmiy-texnika dasturlari tanlovlar asosida
shakllantirilmoqda. Eng muhimi, “fundamental tadqiqotlar” - “amaliy tadqiqotlar” - “innovatsiya
ishlari” zanjiri bo`yicha mujassamlik darajasini ta'minlaydigan mexanizm ishlab chiqilib, undan
samarali foydalanish yo`lga qo`yilmoqda.
Ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar
va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion
rivojlantirishni ta’minlash maqsadida, shuningdek,
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini
yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni
modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar
belgilab olindi.
Boshqacha qilib aytganda, biz O‘zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual
hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda
raqobatbardosh sanoatga, qolaversa, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal
rivojlanayotgan mamlakatga aylantirish ko`zda tutilgan.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari etib
belgilansin:
- mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli
ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi
modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
- davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni,
davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat
boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
- hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot
darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va
innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
183
- innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga
investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy
bazani takomillashtirish;
- ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va
ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu
faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
- mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib
qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental
ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa
innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va
moddiytexnika bazasini mustahkamlash;
- tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni, jumladan,
muqobil energiya manbalarini, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona
foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy etish;
- sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, o‘z vaqtida
va samarali davolashga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek,
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan
kompleks tizimni yaratish;
- agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab
chiqarish samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning eksport
salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziqovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini targ‘ib qilish;
- iqtisodiyotning
real
sektori
tarmoqlarini har
tomonlama
rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion
texnologiyalarni jadal joriy etish;
- innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni
nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning
mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo
undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga
tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har
taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash lozimki,ishlab chiqarish tarmoqlarida innovatsion
texnologiyalarni joriy etish, mamlakatni yanada rivojlanishi uchun muhim bir pog`onalardan biri
bo`lib, xizmat qilishi mumkin. Ba`zi bir tajribalardanma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning
taraqqiyot darajasi ko`p jihatdan innovatsion faoliyat bilan bog`liq hisoblanadi. Binobarin,
iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy
etilishi evaziga oshadi. Shu sababdan bugungi kunda innovatsiyalar har bir rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyotini muhim tarkibiy qismiga aylangan.
Yana shuni ta`kidlash lozimki, mamlakatda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali
hozirda eng dolzarb muammolardan biri bo`lgan ishsizlar sonining ham qisman bo`lsa-da oldi
olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
O`zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish Vazirligining tashkil etilish
to`g`risidagi president qarori.(O`zbekiston Milliy Axborot Agentligi 2017)
184
2.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini
takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlari.
3.
https://fayllar.org/1-innovatsion-faoliyatning-asosiy-korinishlari.html.
Do'stlaringiz bilan baham: |