3. Mahsulotlar tannarxi.
Tannarx xo‘jalik faoliyati samaradorligini ifoda etuvchi muqim iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi. Maqsulot tannarxi — bu xo‘jalikning maqsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning pul shaklidagi ifodasidir, Maqsulot tannarxining shakllanish jarayoni bir necha qismlardan tashkil topadi. Maqsulot tannarxi bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish va to‘liq xarajatlarga bo‘linadi.
Maqsulot tannarxiga tashqi va ichki omillar ta‘sir qiladi. Tashqi omillarga xom—ashyo va materiallar ta‘minoti, ularning narxi o‘zgarib turishi, byudjet to‘lovlari, soliq stavkalari va turli yig‘imlarning o‘zgarishini kiritish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnik jiqozlanish darajasi, ishchilarning malakasi va boshqaruvning takomillashini kiritish mumkin. Maqsulot tannarxiga bogliq bo‘lgan xarajatlar amal qilish xususiyatiga qarab, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarning bo‘lishi, o‘z navbatida, maqsulot ishlab chiqarish, uni sotish va xizmat ko‘rsatishning asosiy shartidir.
Xarajatlar o‘z ob‘ekti jiqatidan moddiy resurslar sarfi va jonli mehnat sarfidan iborat bo‘ladi. Qilingan xarajatlarni samarasiga erishish uchun ularni muqobil ishlatish imkoniyati aniq belgilanib olinishi kerak. Xarajatlarni muqobil ishlatilishi esa muqobil ishlab chiqarish faoliyatini taqozo etadi. Umuman olganda, xo‘jalik xarajatlarini quyidagi bo‘g‘inlarga ajratish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar maqsulot tannarxi darajasini va uni kamaytirish yo‘llarini mustaqil ravishda belgilab oladilar. Bu tadbirni amalga oshirish uchun, eng avvalo, o‘tgan yilda maqsulot tannarxi rejasining bajarilishini taqlili qilib chiqish kerak bo‘ladi. Chunki, iqtisodiy resurslar qarakati bozorda doimiy ravishda o‘zgarib turganligidan, ko‘zda tutilgan mo‘ljalga erishishda muqobil tadbirlarni amalga oshirilishi mumkin.
Shuning uchun o‘tgan yilgi maqsulot tannarxining rejasini bajarilishi jiqatigaqarab, keyingi yil uchun eng maqbul yo‘nalishni tanlash mumkin. Maqsulot tannarxi rejasini tuzishda asosiy e‘tibor maqsulot tannnarxini pasaytirish imkoniyatlarga e‘tibor qaratiladi. Chunki, bunday rejaning tuzilishini iqtisodiy moqiyati qam, iloji boricha, tannarxni kamaytirish xisoblanadi. Baxo o‘zgarmagan xolatda maqsulot birligini tannarxini arzonlashuvi xo‘jalik foydasi miqdorini oshiradi. Lekin afsuslar bo‘lsinki, xom—ashyo va materiallar narxini ko‘tarilishi natijasida qishloj xo‘jaligi korxonalari maqsulotlari birligi tannarxi oshib bormoqda. Bizning fikrimizcha, tannarxning oshganligi albatta daromadni kamayishiga olib keladi. Xo‘jalikda maqsulot tannarxini arzonlashtirish uchun, eng avvalo, mehnat unumdorligini oshirish lozim. Buning uchun qo‘l mehnatini kamaytirib yangi – texnalogiya vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |