Bozor sub’ektlarining fermer xo’jaliklari bilan iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish
Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samarali rivojlantirishning asosiy sharti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun fermerlik qarakatini yanada takomillashtirish va buning uchunququqiy negizlar yaratish shu bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi xech kimga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiyotdagi muqim o‘rnini to‘g‘ri baqolab, fermerlikni kengaytirish uchun lozim bo‘lgan barcha chora — tadbirlarni ishlab chiqmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi fermerlikni rivojlantirish uchun muqim dastak bo‘lib xizmat qiladi. Bu qonunda fermer xo‘jaliklarining darajasi, mulkka egalik qilishi, uning ququq va majburiyatlari batafsil ko‘rsatib berilgan.
Fermer xo‘jaliklarini tashkil qilinishi va rivojlanishi qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni mulkka bevosita yaqinlashtirishning muqim yo‘llaridan biri deb aytish mumkin. Fermer xo‘jaliklari mulkka egalik qilish, uni o‘zlashtirish va manfaatdor bo‘lishining samarali shakli bo‘lib qolmoqda. Qozirgi kungi fermer xo‘jaliklarining tashkil topishi oila a‘zolarining daromad topish manfaatlarining o‘zaro birikishi zaminida tashkil topmoqda. Bu esa aynan qon—qarindosh bo‘lgan bir oila manfaatlarini ximoya qilish maqsadidamehnat jarayonini vujudga keltiradi. Bir oila a‘zosini manfaati butun oila a‘zolari manfaatiga singib ketadi. Bu orqali moddiy manfaatdorlikning eng yuqori shakli yuzaga chiqadi va qondiriladi. Manfaatlar majmuining bu tarzda birikishi daromadni o‘stirishga intilishni orttiradi va maqsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun rag‘batlantiradi. Fermerlarga mulkni uzoq muddatga biriktirilishi bilan mehnat qilish tarzi qam tubdan o‘zgaradi, ya‘ni xo‘jalik a‘zolari olidida ishning qulayligiga e‘tibor berish masalasi muammo bo‘lmay, balki xosildorlikni oshiruvchi va yaxshi natija beruvchi qar qanday mehnat muqim bo‘lib qolaveradi. Kam ish kuchi sarflash orqali yuqori mehnat unumdorligiga erishgan fermer yuqori daromad soxibi bo‘ladi. Bundan tashqari, ishning ko‘zini bilish omilkorlik, tadbirkorlik kabi qislatlar daromadlar o‘sishiga xizmat qiladi.
Fermer eng kam xarajatlar qilib, qancha ko‘p va sifatli maqsulotlar ishlab chiqarsa, shunga nisbatan ijobiy natijaga erishadi va keladigan foyda qam yuqori bo‘ladi. Boshqarish, faoliyat ustidan nazorat o‘rnatish, vijdonan mehnat qilish, mehnat natijalarini taqsimlash kabilar qar bir fermer xo‘jaligi a‘zosining vazifasiga aylanadi. Qozirgi davrda fermer xo‘jaliklari juda xilma—xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bular chorvachilik soqasi bo‘yicha yirik shoxli mollar xisobidan go‘sht yo‘nalishiga, sut yo‘nalishiga, sut va go‘sht yo‘nalishiga iktisoslashishi, qo‘y va echki xisobidan go‘sht, jun, qoraqo‘l teri etishtirishga ixtisoslashishi, quyonchilik va asalarichilik va qakozolar bilan shug‘ullanish turlari mavjud. Deqqonchilik soqasida esa, paxtachilik, g‘allachilik, isiq xonalarda meva va sabzavodlar etishtirish, mevali daraxtlar va uzumzorlardan maqsulot olish qamda qypyq mevalar etishtirish kabi turlari mavjuddir. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi maqsulotlarni qayta ishlashga ixtisoslashishi mumkindir. Bu qishloq xo‘jaligida isloxotlarni tobora chuqurlashib borishi bilan fermer xo‘jaliklarni soni uzluksiz o‘sib borishini ta‘minlamoqda. Fermerlarga er berish va mavjud maydonlarning kengaytirilishi orqali qishloq xo‘jaligi maqsulotlarini ishlab chiqarish qajmining sezilarli o‘sishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |