2.Mehnat unumdorligi.
Mehnat unumdorligi jonli mehnat sarfini samarasini ifoda etadi. Ishlab chiqarish jarayonida qanchalik kam mehnat sarf etilsa, mehnat unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Buning uchun eng avvalo qo‘l kuchini kamaytirib, mexanizatsiya vositalarini joriy etish lozim. Mehnat unumdorligini aniqlash uchun bir qancha ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlarni natura va qiymat ko‘rinishlarga bo‘lish mumkin. Mehnat unumdorligini ifoda etuvchi muqim ko‘rsatkichlar jumlasiga o‘rtacha yillik ishlovchi ishchilar xisobiga to‘g‘ri keladigan yalpi maqsulot (yalpi daromad) xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |