Referat Mavzu : Hududlarda fermer xo`jaliklarining iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlarini modellashtirish



Download 43,26 Kb.
bet2/12
Sana14.01.2022
Hajmi43,26 Kb.
#362624
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ekonometrika mustaqil ta`lim

Fermer xoʻjaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AKSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-asrning 20—30 yillari AQSH, Kanada, Bukj Britaniyada, 50—60- yillarda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.

Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90- yillarning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi taxrirda 2004-yil 26 avg .) bilan tartibga solinadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi (2014-yil 1-yanvar).

Fermer xo‗jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish uchun ularga xizmat ko‗rsata oladigan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi tizimini tashkil etish hamda jadal rivojlantirishni davrning o‗zi talab qilmoqda. O‗zbekistonda agrar islohotlarning muhim strategik yo‗nalishlaridan biri qishloqda infratuzilma asoslarini shakllantirish va uning muassasalari faoliyatini takomillashtirishdir. Ko‗p ukladli iqtisodiyot sharoitida xalq xo‗jaligi tarmoqlarida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlashda infrastrukturaning o‗rni alohida ajralib turadi. Zero, bozor infrastrukturasi ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‗rsatuvchi va iste‘molchilar o‗rtasida keng miqyosda sodir bo‗ladigan o‗zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, ularga ko‗p qirrali xizmatlar ko‗rsatuvchi hamda shu bilan bir qatorda ishchi kuchlarni oqilona takror ishlab chiqarishda muhim rol o‗ynaydigan turli muassasalar majmuidir. Bu muassasalar faoliyatini rivojlantirish o‗z navbatida mahsulot ishlab chiqarishdan toki uni iste‘molchiga yetkazish tizimini yaratish, tadbirkorlik va ishbilarmonlikkakeng imkoniyatlar ochib berish, huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini muttasil ko‗paytirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni talab va taklifdoirasida tashkil etish, ya‘ni ish o‗rinlarini barpo etish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish kabi qator bozor iqtisodiyotiga mos muammolarni hal etishda keng imkoniyatlar ochib beradi. Biroq shuni aytish lozimki, respublikamizda, ayniqsa uning agrosanoat majmuida infratuzilma tarmoqlari yetarli darajada rivojlanmaganligi, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iste‘molchilar talabini to‗la qondirishgacha bo‗lgan oraliqda nomutanosibliklar vujudga kelishiga, ishlab chiqarish sarflarining o‗sishi va mahsulot nobudgarchiligining ko‗payishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorliginiing pasayishiga va yil davomida iste‘mol

darajasining turliligiga olib keladi. Shuning uchun ham qishloq infratuzilmasi tizimi rivojini bosqichma-bosqich samarali amalga oshirmasdan turib, qishloqda dehqonlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun qonunlar doirasida ishlab chiqarishni kengaytirish, aholi daromadini oshirish va mamlakatimizning ulkan eksport salohiyatidan foydalanish kabi masalalarning yechimini topish qiyindir. Shu bois hozirgi davr talabiga ko‗ra, bozor infrastrukturasi tarmoqlarini, xususan, agrosanoat majmuida tashkil etish va rivojlantirish bilan bog‗liq bo‗lgan masalalarning nazariy va amaliy asoslarini o‗rganish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Qishloq xo‗jaligi infratuzilmasi ko‗rsatayotgan xizmat turlarini xarakteriga ko‗ra moddiy ta‘minot, moliyaviy ta‘minot, informatsion ta‘minot va reklama, maxsus xizmat, tashish va qayta ishlash turlariga ajratish mumkin,

Qishloq xo‗jaligi infratizilmasini ushbu tartibda tasniflash uning bajaradigan vazifasini to‗laqonli aks ettira oladi va shu bilan birga kelajakda fermer xo‗jaliklariga ko‗rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish bo‗yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Shuni aytish joizki, infratuzilma shartli ravishda quyidagi vazifalarni bajaruvchi turkumlarda ifodalanishi mumkin:

- tadbirkor (fermer)larni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

- xususiy biznesni ro‗yxatdan o‗tkazish va hisobga olish;

- moliya-kredit tizimi;

- ulgurji savdo-vositachi tuzilmalar;

- birja bozorlari;

- agroxizmatlar bozori;

- xizmatlar bozori;

- texnika, transport ta‘minoti;

- tashqi iqtisodiy aloqalarni ta‘minlash.

Shundan kelib chiqib, qishloq infratuzilmasining asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin.

Infratuzilmaning asosiy vazifalari:

1. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bo‗yicha: qabul, yuvish-tozalash, quritish, saralash (buzuq va chiriy boshlagan mahsulotni chiqarib tashlash), ajratish, qadoqlash, o‗rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to‗plash, (zarur holatlarda) - sovutish va iste‘molchilarga bir maromda yetkazib berish. Sanoat mahsuloti bo`yicha: qabul qilish, o‗rash,- qadoqlash, saqlash, talabga binoan iste‘mol uchun yetkazib berish.

2. Barcha turdagi mahsulotlar bo‗yicha: ulgurji iste‘molchilarga yetkazib berish uchun tovarlarni to‗plash va aksincha - katta turkumdagi tovarni chakana iste‘molchilarga talabga binoan yetkazib berish uchun kichik turkumlarga bo‗lish.

3. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va qishloq xo‗jaligi xom-ashyosini qayta ishlovchilar avans olishlarini ta‘minlovchi fyuchers va forvard bitimlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish.

4. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash.

5. Tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‗urtalash. 6. Tovarlar tashilishini ta‘minlash (transportirovka).

7. Tadbirkorlarni ro‗yxatga olish.

9. Bitimlarni ro‗yxatga olish.

9. Tadbirkorlar manfaatlarini huquqiy himoyalash.

10. Tadbirkorlarga konsalting, injinering, auditorlik, loyiha-smeta va boshqa xizmatlarni ko‗rsatish.

O‗zbekistonda fermer xo‗jaliklariga xizmat ko‗rsatuvchi infratuzilma shahobchalarini tashkil etishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Fermer xo‗jaliklariga samarali xizmat ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish bo‗yicha amalga oshirilgan tadbirlar natijasida bugungi kunda 1757 ta MMTP, 1712 ta SFU, 1389 ta YOMM va 935 ta mineral o‗g‗it sotish shahobchalari, 1478 ta minibank, 424 ta qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini tayyorlash, 2411 ta zotli mollar sotish va zooveterinariya xizmatlari, 300 ta axborot ta‘minoti va konsalting shahobchasi, 82 ta transport xizmati ko‗rsatish, 78 ta tara idishlar tayyorlash va qadoqlash bo‗yicha shahobchalar faoliyat ko‗rsatmoqda (8- jadval). Ushbu infratuzilma ob‘ektlari tomonidan birgina 2013 yilda jami 1 trln. 700 mlrd. so‗mdan ortiq xizmatlar ko‗rsatildi. Endilikda qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta tayyorlash shahobchalarini, transport xizmati ko‗rsatish, tara idishlari tayyorlash va qadoqlash shahobchalari, yog‗-moy mahsulotlarini sotish shahobchalari hamda agrofirmalarni tashkil etishga ko‗proq e‘tibor berish kerak bo`ladi.

Fermer xo`jaliklarini mineral o`g`it va yoqilg`i moylash materiallari bilan ta‘minlaydigan infratuzilma shahobchalari tashkil etilgandan boshlab, yer va mulk solig`idan, suv iste‘molchilar uyushmasi qo`shimcha qiymat solig`idan, daromad va mulk solig`idan 3 yil muddatga amal qilinishi o`z navbatida xizmat ko‗rsatish darajasining oshishiga hamda ularning iqtisodiy barqarorlikka erishishiga olib keladi. Bir so‗z bilan aytganda xizmat ko‗rsatish sohalari ob‘ektlari bozor munosabatlari tamoyillari asosida tashkil etila boshlandi.

Bu yo‗nalishdagi harakatni astoydil qo‗llab-quvvatlash borasida joylarda bir qator ishlar qilinmoqda. Hukumatimizning tegishli qarorlarida ko‗zda tutilgan fermerlarga dala boshida xizmat ko‗rsatishga mo‗ljallangan keng ko‗lamli infratuzilma majmui vujudga keltirilmoqda. Ular birinchi navbatda yangi fermer xo‗jaliklari tashkil etilayotgan hududlarda barpo etilmoqda. Fermerlarga ko‗plab minibanklar, muqobil MTPlar, suv iste‘molchilari uyushmalari, yoqilg‗i-moylash mahsulotlari va mineral o‗g‗it sotish shahobchalari xizmat ko‗rsatmoqdalar.

Buning natijasida fermerlar bank amaliyotlarini qishloqning o‗zida bajarmoqdalar, tuman markazlariga borib yurmay, mineral o‗g‗it va yoqilg‗i-moylash mahsulotlarini ham shu yerning o‗zida ochilgan shahobchalardan olmoqdalar.

Qishloq xo‗jaligining boshqa sohalardan farqli ravishda o‗ziga xos xususiyatlari mavjud bo‗lib, shunga muvofiq ravishda xizmat ko‗rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarini tashkil etishda mavjud quyidagi shart-sharoitlar hisobga olinishi kerak, albatta.

- qishloq xo‗jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‗lib, uni boshqa joyga ko‗chirish imkoni yo‗q va shuning uchun ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlarini xo‗jaliklarga qulay joylarda tashkil etish lozim bo‗ladi;

- qishloq xo‗jaligida mavsumiy xususiyatidan kelib chiqqan holda, ya‘ni ekin ekish, sug‗orish, o‗g‗itlash, agrotexnika, hosilni yig‗ib olish va yerlarni keyingi yil mavsumga tayyorlash ishlarining o‗z vaqtida bajarilishi uchun, shunga mos ravishda xizmat ko‗rsatuvchi infrastruktura tarmoqlari faoliyatida ham mavsumiylik xususiyati mavjud;

- tabiiy-biologik sharoitning ta‘siri natijasida, ob-havo iqlimining o‗zgarib turishi (qurg‗oqchilik yoki yog‗ingarchilik va boshqa shu kabi holatlar) natijasida ayrim ishlab chiqarish infrastruktura xizmatlariga bo‗lgan talab turli hudud va davrlarda turlicha bo‗ladi va ular o‗zgarib turadi;

- qishloq xo‗jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning asosiy qismi yilning kuz faslida pishib yetiladi. Lekin mahsulotlar bilan iste‘molchilarni yil davomida uzluksiz ta‘minlash maqsadida ularni saqlash uchun mo‗ljallangan omborxona va sovutgichlar quvvatlarini tashkil etishda bu omil e‘tiborga olinishi kerak va hokazo.Biroq ishlab chiqarish infrastruktura tarmoqlari rivojining hozirgi holatining tahlili, ularning samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun quyidagilarni e‘tiborga olish lozimligini taqozo etmoqda:

- ayni paytda ishlab chiqarish infrastrukturasining ko‗plab obyektlari monopolistik sharoitda xizmat ko‗rsatayotganligini e‘tiborga olgan holda, ular faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilib va tartibga solib turish lozimligi;

- ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlarining, ular xizmatidan foydalanuvchi sohalarga qulay joylashganligi va ko‗rsatiladigan xizmatlarning narxi arzon hamda sifat ko‗rsatkichlari yuqori bo‗lishliligi;

- ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining xizmat ko‗rsatish faoliyatini kengaytirish uchun moliyaviy mablag‗lar bilan ta‘minlash darajasini to‗g‗ri tashkil etish zarurligi;

- qishloq joylarida muqobil xizmat turlarini tashkil etish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni vujudga keltirish zarurligi. Shunday qilib qishloq xo‗jaligi va unga xizmat ko‗rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarining o‗ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda hamda mavjud muammolarni hal etish orqali ular xizmatini bozor talablaridan kelib chiqib tashkil etish lozim. Hayotiy tajribalar shuni ko‗rsatyaptiki, bugungi kunda ishlab chiqarish infratuzilmasi tizimdagi, jumladan, qishloq xo‗jaligi texnikalari, meliorativ qurilmalarning aksariyati ishga yaroqsiz holatga kelib qolganligi, agro-kimyo, elektr energiyasidan foydalanish va texnika xizmatlari narxining keskin oshib ketganligi, shuningdek, mahsulotlarni saqlash quvvatlarining yetishmasligi va mavjudlarining talab darajasida emasligi, ushbu sohadagi kamchiliklarni tubdan bartaraf etish va ular faoliyatini rivojlantirishni talab etadi. Fermer xo‗jaliklari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda eng muhim omil ularni moddiy-texnika resurslari bilan ta‘minlashni yaxshilashdir. Buning uchun davlat fermer xo‗jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan ta‘minlash mexanizmini takomillashtirib borish lozim bo‗ladi. Bu mexanizm tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy dastak va vositalarni o‗z ichiga oladi.

Davlat fermer xo‗jaliklarining moddiy-texnika ta‘minotini qo‗llab-quvvatlash mexanizmida raqobat muhitini, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulayshart-sharoitlar yaratishi muhim ahamiyatga ega. Huqiqiy jihatdan qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga doir qonun, me‘yoriy hujjatlar, dasturlar qabul qilish hamda ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‗radi. Fermer xo‗jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan ta‘minlashda davlat tomonidan xo‗jaliklarni imtiyozli kreditlar bilan ta‘minlash, moddiy-texnika ta‘minoti korxonalarini subsidiyalashtirish, ushbu soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu tizim bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib boriladi


Download 43,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish