Reduksion sovutish qurilmalar xisoblash usuli texnologik hujjatlarda ko


III BOB. BIRLAMChI MATERIALLAR VA YaRIMFABRIKATLARGA NISBATAN TALABLAR



Download 78,16 Kb.
bet7/10
Sana26.02.2022
Hajmi78,16 Kb.
#472039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sovutish (moylsh) va kesuvchi qismni yoyilishi

III BOB. BIRLAMChI MATERIALLAR VA YaRIMFABRIKATLARGA NISBATAN TALABLAR
1-§. Umumiy qoidalar
72. Bosim ostida ishlaydigan quvurlar va uning detallarini tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash uchun 5-ilovaning 1 — 8 jadvallarida ko‘rsatilgan standart va texnik shartlarga asosan material va yarimfabrikatlar qo‘llanilishi zarur. Yangi standart va texnik shartlar, shuningdek navbatdagi qayta ko‘rib chiqilgan standart va texnik shartlarga nisbatan talablar ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan talablardan past bo‘lmasligi shart.
73. 5-ilovaning 1 — 8 jadvallarida ko‘rsatilgan material va yarimfabrikatlardan boshqalarini, faqat bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasidan keyin, agar ko‘rsatkichlari yuqoridagi me’yoriy hujjatlardagi talablarga javob bergan hollardagina qo‘llash mumkin.
74. 5-ilovaning 1 — 8 jadvallarida ko‘rsatilgan material va yarimfabrikatlardan boshqalarini, ularni qo‘llash chegaralarini kengaytirish yoki ushbu bo‘lim va ko‘rsatilgan jadvallarda belgilangan sinov va nazoratni qisqartirish, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatkontexnazorat” DI) bilan kelishilgandan, bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasi o‘rnatilgan tartibda olingandan keyin qo‘llash kerak.
75. Yarimfabrikatlarni yetkazib berish (ularni topshirish tavsifnomalari, nazorat hajmlari va me’yorlari) qonunchilikda tartibda o‘rnatilgan kelishilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
76. Sovuq iqlimli hududlarda quvurlarni qurish uchun materiallarni tanlashda, ish parametrlaridan tashqari, agar ushbu tashkiliy-texnik tadbirlarda ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, foydalanish, montaj qilish, yuklash-tushirish va saqlashda past haroratning ta’sirini hisobga olish zarur.
Tashkiliy-texnik tadbirlar hamda past haroratning ta’siri hisobini yuritish usuli bosh ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilgan bo‘lishi zarur.
2-§. Po‘lat yarimfabrikatlar. Umumiy talablar
77. Yarimfabrikatlarni tayyorlovchi materialning kimyoviy tarkibini nazorat qilishi shart. Sertifikatda, bevosita ushbu yarimfabrikat uchun olingan yoki uni ishlab chiqarishda foydalanilgan va shu kabi mahsulot tayyorlanganda (quymalardan tashqari) qo‘llanilgan sertifikat bo‘yicha kimyoviy tahlil natijalari ko‘rsatilishi shart.
78. Yarimfabrikatlar termik ishlov berilgan holatda yetkazib berilishi zarur. Termik ishlov berish rejimi yarimfabrikatni ishlab chiqargan korxonaning sertifikatida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
79. Yarimfabrikatlarni termik ishlov bermasdan yetkazib berishga quyidagi hollarda ruxsat beriladi:
a) agar metallning me’yoriy hujjatlarda belgilangan mexanik va texnologik xususiyatlari yarimfabrikatni tayyorlash texnologiyasida ta’minlangan bo‘lsa (masalan prokat usuli bilan);
b) agar ishlab chiqaruvchi korxonada yarimfabrikatga issiq holatida shakl berish bilan birga, termik ishlov berilgan bo‘lsa yoki keyinchalik termik ishlov beriladigan bo‘lsa.
Ushbu holatlarda yarimfabrikatni yetkazib beruvchi, uning xususiyatini termik ishlov berilgan namunalar orqali nazorat qilib turadi.
Yarimfabrikatlarni termik ishlov bermasdan foydalanish chegaralari bosh ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
80. Yarimfabrikatlarni ishlab chiqaruvchi, metallning mexanik xususiyatlarini 20° S harorat ostida torayishga nisbatan (agar sinovlar silindrik namunalarda o‘tkazilgan bo‘lsa) shartli cho‘zilish darajasi shakli o‘zgarishining qoldig‘i 0,2 yoki 1% bo‘lganda yoki fizik oqish chegarasining nisbatan uzayishi va vaqtinchalik qarshilik hamda oqishning shartli chegarasini aniqlagan holda sinash yo‘li bilan nazorat qilishi zarur. Nisbatan torayish o‘lchamlari ma’lumot uchun ko‘rsatilishi mumkin. Nisbatan torayish o‘lchamlari me’yorlar sifatida qo‘llanilgan hollarda nisbatan uzayishini nazorat qilish shart emas.
81. Yarimfabrikatlar mustahkamligi va zichligi 5-ilovaning 1 — 6 jadvallarida ko‘rsatilgan talablarga asosan sinalishi mumkin. Bunda list qalinligi, yoppasiga quyish qalinligi va quvur devori yoki siyrak quyma qalinligi 12 mm va undan yuqori yoki diametri 16 mm va undan yuqori bo‘lishi zarur.
Konstruktorlik tashkilotlarning talablariga asosan devorining qalinligi 6 — 1 mm bo‘lgan quvurlar, listlar va quymalar mustahkamlikka sinalishi zarur. Ushbu talablar me’yoriy hujjatlarda yoki konstruktorlik hujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
82. Harorat 0° Sdan past bo‘lganda ochiq havoda, yerda, kanallarda yoki metall harorati 0° S dan past bo‘lishi mumkin bo‘lgan isitilmaydigan xonalarda quvurlarning ulanish qismidagi metall flanetslari, shuningdek boshqa detallarning metall qismlari konstruktorlik tashkilotining talabiga asosan mustahkamlikka sinalishi zarur bo‘lib, ushbu haqida me’yoriy hujjatlar yoki konstruktorlik hujjatlarda ko‘rsatilishi zarur.
83. Mustahkamlikka sinash U (KCU) turdagi konsentratorli namunalarda 20° S haroratda, shuningdek 83-bandda ko‘zda tutilgan holatlarda 6-ilova jadvalida ko‘rsatilgan haroratlardan birida amalga oshirilishi kerak.
V (KCV) turdagi konsentratli namunalarda mustahkamlikka sinash, me’yoriy hujjatlarga muvofiq 20° S hamda minus 20° S haroratlarda amalga oshiriladi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari sinov haroratlarida quyidagicha bo‘lishi zarur: KCU>30J/sm2 (3,0 kgf/cm2); KSV>25 J/cm2 (2,5 kgf/cm2).
Mustahkamligini baholashda sinovlarning uchta natijasidan o‘rtacha arifmetik kattalik belgilanadi. Bunda minimal ko‘rsatkichning xatosi alohida namunadan me’yorga nisbatan 10 J/cm2 (1,0kgf/cm2)dan oshmasligi, biroq yuqorida ko‘rsatilgan kattaliklardan katta bo‘lmasligi zarur. Mustahkamlikning KCU yoki KCV ko‘rsatkichlari konstruktorlik tashkiloti tomonidan tanlanadi va konstruktorlik hujjatlarida ko‘rsatilishi zarur.
84. Mexanik eskirishidan keyin mustahkamlikka sinovlar, detallarni tayyorlash jarayonida shaklini sovuq holda o‘zgaradigan hamda 200 — 350° S da ishlashga mo‘ljallangan uglerodli, pastlegirovka qilingan, marganetsli va kremniy marganetsli po‘lat mustaqkamlovchilar uchun foydalaniladigan listlar va prokatlarda o‘tkazilishi zarur.
Mexanik eskirishdan keyin mustahkamlikning me’yorlar bo‘yicha ko‘rsatkichi 84 band talablariga javob berishi shart.
85. Katta haroratlarda oquvchanlikning me’yoriy ko‘rsatkichlari hisob-kitoblarga ko‘ra 150° S dan yuqori haroratda ishlaydigan detallar yarimfabrikatlarining me’yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Bunda uglerodli, pastlegirovka qilingan, marganetsli va kremniy marganetsli po‘latlar 400° S gacha, xrommolibden va xrommolibdenvanadiyli po‘latlar uchun 450° S, yuqorixromli va austenitli po‘latlar uchun 525° S gacha harorat bo‘lishi mumkin.
86. Oquvchanlik chegaralari ko‘rsatkichlarining me’yoriy hujjatlar darajasida saqlab turilishi ishlab chiqarish texnologiyasi hamda mahsulot sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish orqali ta’minlanishi zarur. Yuqori haroratlarda, me’yoriy hujjatlarda mahsulot uchun, shuningdek yangi materiallarni o‘zlashtirishda ko‘zda tutilgan cho‘ziluvchanlikning nazorat sinovlarini haroratning 6-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan diapazonlarining birida, ya’ni 10° S yoki 25° S ga nisbatan barobarlarda amalga oshirilishi zarur. Bunda deformatsiya 0,2 yoki 1% bo‘lganda oquvchanlikning shartli chegarasi topshirish tavsifnomasi sifatida me’yorlanishi, vaqtinchalik qarshilik, nisbatan torayish yoki cho‘zilish esa ma’lumot sifatida belgilanishi kerak.
87. Yarimfabrikatlarning 87-bandda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan yuqori haroratlarda ishlash uchun mo‘ljallangan materiallar uzoq vaqt davomida mustahkam bo‘lishi va me’yoriy hujjatlarda belgilangandan kam bo‘lmasligi zarur..
Uzoq muddatli mustahkamlikning chegara ko‘rsatkichlari statistik ishlov berilgan holda shu sinov natijalari bo‘yicha, 104, 105 va 2x105 ch bo‘lishi va bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasi qonunchilikda tartibda o‘rnatilgan tasdiqlangan bo‘lishi zarur.
88. Mexanik tavsiflarni nazorat qilish ro‘yxatini 5-ilovaning 1 — 6 jadvallariga nisbatan qisqartirilishi, yarimfabrikatni ishlab chiqargan korxonaning tavsifiga asosan me’yoriy ko‘rsatkichlarning kafolatlanganligi hollarida yo‘l qo‘yiladi.
Kafolatlar ishlab chiqaruvchining sertifikatlaridagi ma’lumotlarni, jumladan sinov natijalarini, shu jumladan cho‘ziluvchanlikka sinovlarni statistik usulidan foydalangan holda qayta ishlab chiqish hamda mahsulotni davriy ravishda nazorat qilish orqali ta’minlanib, ushbu ishlar me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topishi zarur. Kafolatning ta’minlanishi bosh ixtisoslashgan tashkilotning ijobiy xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Sinovlar hajmlarini qisqartirish tartibi 73 bandda ko‘rsatilgan.

Download 78,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish