TEXNOLOGIK HUJJATLARDA KO‘ZDA TUTILIShI ShART BO‘LGAN XAVFSIZLIK TALABLARI
9. Quvurning ratsional chizmasi va uning konstruksiyasini tanlash, mustahkamligi va issiqlik ta’sirida uzayishining kompensatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘riligi, tanlangan materiallar (quvurlar, quymalar, pokovkalar va boshqalar)ni qo‘llash parametrlari chegaralariga mosligi, ustunlarning joylashtirilishi, quvurlarni yotqizish usuli va drenaj tizimini tanlash, shuningdek umuman loyiha va uning ushbu Qoidalar talablariga mos kelishiga quvur loyihasini ishlab chiqqan korxona javobgardir.
10. Quvurlar bilan birga beriladigan quvur pasporti (2-ilova), montaj qilish va foydalanish yo‘riqnomalari, shuningdek me’yoriy hujjatlar ushbu “Qoidalar” talablariga mos kelishi zarur.
Quvur pasportiga muvofiqlik (sifat) sertifikati va ruxsatnoma nusxalari ilova qilinishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalar qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra sanoat xavfsizligi talablarga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatsiyalanishi shart.
11. Quvurning barcha ta’sir qiluvchi faktorlar (bosim, og‘irlik, harorat ta’sirida kengayishi va hokazo)ini hisobga olgan holda mustahkamligining hisob-kitoblari, shuningdek issiqlik ta’sirida kengayishi kompensatsiyasi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur.
Loyiha tashkiloti barcha toifadagi quvurlar uchun hisoblangan xizmat muddatini, shuningdek I va II toifali quvurlari hamda ularning detallari (ularning soni 3000 tadan oshmagan holda) uchun belgilangan ish resurslarini belgilashi shart. Hisoblab belgilangan xizmat muddati va resurslari quvur pasportiga yozilgan bo‘lishi zarur.
12. Quvurlarni, ushbu qoidalar talablariga muvofiq barcha turdagi nazoratni amalga oshirish imkonini ko‘zda tutgan holda loyihalashtirilgan bo‘lishi zarur.
13. Quvurlarni tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish jarayonida loyihaga kiritish zaruriyati tug‘ilgan barcha o‘zgarishlar loyiha muallifi bilan, quvurlarni chet eldan sotib olish hollarida, shuningdek muallif bo‘lmagan hollarda esa bosh ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilishi zarur.
14. Quvur detallarini biriktirish payvandlash orqali amalga oshirilishi zarur.
Quvurlarni armaturalarga hamda flanetslari bor bo‘lgan jihoz detallariga ulash hollarida flanetslar yordamida ulashga ruxsat beriladi.
Shartli uzatish birligi 100 dan oshmagan IV toifali quvurlarni cho‘yan armaturalarga ulash hollarida rezba yordamida ulashga ruxsat beriladi.
15. Ko‘ndalang chokli quvurlardan tayyorlangan uch tomonlama ulanishlar faqat III va IV toifali quvurlarda qo‘llashga ruxsat beriladi, bunda barcha payvand ulanishlarning sifati radiografiya yoki ultratovush usuli (UZK) bilan sinalishi zarur.
16. Quvurlar hamda asosiy metall konstruksiyalarining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladigan zanglashga qarshi himoyasi bo‘lishi shart.
17. Tashqi devori yuzasining harorati 55° S dan yuqori bo‘lgan va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashiga imkon mavjud joylarda joylashgan quvurlar tashqi yuzasining harorati 55° S dan oshmagan issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplangan bo‘lishi zarur.
18. I toifali quvurlardagi payvandlab ulangan joylari hamda metallning cho‘zilish darajasini o‘lchash nuqtalarida ochiladigan izolyatsiya uchastkalari o‘rnatilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |