Reduksion sovutish qurilmalar xisoblash usuli texnologik hujjatlarda ko



Download 78,16 Kb.
bet1/10
Sana26.02.2022
Hajmi78,16 Kb.
#472039
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sovutish (moylsh) va kesuvchi qismni yoyilishi


Sovutish (moylsh) va kesuvchi qismni yoyilishi
Reja:

  1. REDUKSION SOVUTISH

  2. QURILMALAR XISOBLASH USULI

  3. TEXNOLOGIK HUJJATLARDA KO‘ZDA TUTILISHI SHART BO‘LGAN XAVFSIZLIK TALABLARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida, “Bug‘ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari”ga asosan, O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari, ish bosimi 0,07 MRa (0,7 kgf/cm2) bo‘lgan suv bug‘i yoki harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan issiq suv uzatiladigan, bug‘ va issiq suv quvurlaridan foydalanishdagi tajribalarni inobatga olgan holda qayta ishlab chiqilgan.


Mazkur Qoidalar talablari mulkchilik turi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, bug‘ va issiq suv uzatiladigan quvurlardan foydalanuvchi barcha korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik faoliyatini yurituvchi obyektlar uchun majburiydir.
1. Mazkur Qoidalar ish bosimi 0,07 MRa (0,7 kgf/cm2) bo‘lgan suv bug‘i yoki harorati 115° S dan yuqori bo‘lgan issiq suv uzatiladigan quvurlarni o‘rnatish, tayyorlash, montaj qilish, ulardan foydalanish va ularga guvohnoma berish talablarini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalar talablari qo‘llaniladigan barcha quvurlar to‘rtta toifaga bo‘linadi (1 ilova, 1 jadval).
3. Mazkur Qoidalar talablari quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
a) isitish qozoni chegaralarida joylashgan quvurlar;
b) quvurlar tizimiga kiradigan va uning bo‘linmas qismi bo‘lgan sig‘imlar (suv taqsimlagichlar, tindirgichlar va hokazolar). Ular “Bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalari” talablariga muvofiq bo‘lishi zarur;
v) dengiz va daryo kemalari hamda boshqa suzuvchi vositalar, shuningdek dengiz ko‘chma qurilmalari va suv ostida qo‘llaniladigan obyektlarda o‘rnatiladigan quvurlar;
g) temir yo‘l, avtomobil va gusenitsali transport vositalariga o‘rnatiladigan quvurlar;
d) tashqi diametri 51 mm gacha bo‘lgan I toifali quvurlar va tashqi diametri 76 mm gacha bo‘lgan II, III va IV toifali quvurlar;
e) isitish qozonlari, quvurlar, idishlar, reduksion-sovutish va atmosfera bilan bog‘liq boshqa qurilmalarning suv chiqarish, shamollatish va dud chiqaruvchi quvurlari;
j) atom elektrostansiyalaridagi quvurlar;
z) nometall materiallardan tayyorlangan quvurlar.
4. Quvurlarning toifasini aniqlashda transportirovka qilinadigan suyuqlikning parametrlari quyidagicha hisobga olinadi:
a) isitish qozonidan chiqadigan quvurlar uchun — bug‘ning bosimi va haroratining qozondan chiqishdagi(bug‘ isitgichdan keyingi) nominal o‘lchami;
b) turbinalardan chiquvchi va qarshi bosim bilan ishlovchi bug‘ quvurlari uchun — turbina yetkazib beruvchilarning texnik shartlarida ko‘zda tutilgan maksimal bosim hamda erkin ish holatida qarshi bosim bilan ishlovchi bug‘ning maksimal darajadagi harorati;
v) turbinadan boshqarib turiladigan hamda boshqarilmaydigan miqdorlarda bug‘ oladigan quvurlar (shu jumladan oraliq isitish bug‘ quvurlari) uchun — bug‘ olish nuqtasida maksimal darajadagi bosim va uning harorati (turbinani ishlab chiqaruvchi zavodning ko‘rsatmalariga muvofiq);
g) reduksion hamda reduksion-sovutish qurilmalaridan bug‘ oladigan quvurlari uchun — o‘rnatish loyihasida qabul qilingan reduksion bug‘ning maksimal darajadagi bosim va harorat o‘lchamlari;
d) yuqori bosimli deaeratorlardan keyin suv oladigan quvurlar uchun — suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi hamda deaeratordagi harorat darajasini hisobga olgan holda suvning nominal bosimi;
e) suv haydovchi nasoslar va yuqori bosimni isituvchilardan (YuBI) suv oladigan quvurlar uchun — zulfin o‘chirilgan holatda suv haydovchi elektr nasosning bosimli quvurda vujudga keltiradigan eng yuqori bosim va nasosning tortuvchi liniyasidagi maksimal bosim (nominal bosimi 1,05 bo‘lgan suv haydovchi nasoslar va gidromuftali elektr nasoslari qo‘llanilganda), shuningdek oxirgi YuBI dan keyingi suvning hisoblangan harorati maksimal darajada;
j) issiq suv tarmoqlarining uzatuvchi va suv qaytuvchi quvurlari uchun — uzatuvchi quvurda, trassadagi nasos podstansiyalarining ishlashi hamda mahalliy relyefdan kelib chiqqan holda eng katta bosim va suvning maksimal harorati.
Kirish qismidagi suyuqlikning ish parametrlariga (unda ushbu parametrlarni o‘zgartiruvchi qurilma yo‘q bo‘lsa) ko‘ra belgilangan quvur toifasi, ushbu quvurning uzunligidan qat’i nazar, butun uzunligiga to‘liq tegishli bo‘lib, loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
5. Mazkur Qoidalarning bajarilishi bug‘ va issiq suv quvuridan foydalanuvchi korxona ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
6. Mazkur Qoidalar bajarilishini nazorat qilish korxona rahbari zimmasiga yuklanadi.
7. Mazkur Qoidalar buzilishiga aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
8. Yangi me’yoriy hujjatlarning amalda qo‘llash uchun kiritilishi hollaridan tashqari barcha hollarda, mazkur Qoidalarga rioya etilishi shart. Mazkur Qoidalar faqat uni tasdiqlagan organlar tomonidan o‘zgartirilishi yoki qo‘shimchalar bilan to‘ldirilishlari mumkin.


Download 78,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish