МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
102
ционного обучения по частным принципам. Это будут общие правила, отражающие законы
дистанционного обучения и требования к постановке целей, задач, разработке содержания и
реализации учебного процесса.
SUMMARY
This article provides information on the essence of the didactic system of distance learning
based on private principles. These will be general rules reflecting the laws of distance learning and
the requirements for setting goals, objectives, developing content and implementing the educational
process.
Ergasheva G.S.
Nizomiy nomidagi TDPU Biologiya va uni o’qitish
Metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.d. (DSc)
Tayanch so’zlar:
elektron ta’lim, 3D texnologiya, modellashtirish, dastur, dasturiy ta’minot,
interaktiv dasturiy vosita, biologiya.
Ключевые слова:
электронное обучение, 3D-технологии, моделирование, программa, про-
граммное обеспечение, интерактивное программное средства, биология.
Key words:
e-learning, 3D technologies, modeling, software, information software, interactive
software, biology.
ELEKTRON TA’LIM MUHITIDA 3D TEXNOLOGIYALAR VA
MODELLASHTIRISH DASTURLARIDAN FOYDALANISH
Mamlakatimiz ta’lim tizimi barcha sohalarning axborotlashuvi borasidagi dunyoviy
tendensiyalarni hisobga olgan holda rivojlanmoqda. Chunki zamonaviy axborotlashgan
jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan doimiy o‘zgarishlar o‘z aksini bevosita o‘quv
jarayonining barcha jabhalarida ham zudlik bilan mos tarzda topishi zarur.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitishda 3D texnologiya vositasida
yaratilgan, interaktiv dasturiy vositalarning vizual va virtual imkoniyatlariga asoslangan,
shuningdek, o‘quvchilarda biologik jarayonlarga oid bilimlarni rivojlantirish, refleksiv
ko‘nikmalarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan elektron axborot resurslarining o‘rni beqiyos.
Mamlakatimizda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, umumiy o‘rta
ta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga
oshirilayotgan islohotlar tabiiy fanlar, jumladan, biologiya fanini o‘qitish samaradorligini
oshirishda ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari, multimediali ta’lim
resurslaridan foydalanish kabi imkoniyatlar biologiyani o‘qitishda axborot resurslaridan
foydalanishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko‘rsatadigan
o‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi.
Hozirgi vaqtda o‘quvchilarning 95% i zamonaviy yuqori texnologiyali “gadjetlar”:
kompyuterlar, planshetlar, mobil telefonlarga ega bo‘lib, doimiy Internetga ulanish
imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda biologiya xonalarida o‘qitishning zamonaviy vositalari kompyuter,
proektor, interfaol doska va LCD televizor mavjud. Bu esa deyarli har bir darsda,
shuningdek darsdan tashqari mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalarining turli usullaridan
foydalanish imkonini beradi. Biologiya fanidan axborot-resurslar bazasining o‘sishi,
mazkur resurslar bazasiga kirishning ochiqligi, turli biologik hodisa va jarayonlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |