МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
100
Hozirgi kunda an’anaviy ta’lim shakllari bilan birgalikda masofaviy ta’lim
texnologiyalari jadallik bilan keng joriy etilmoqda. Bu hozirgi yoshlarning, ya’ni yangi
avlodning ko‘pchiligi shaxsiy kompyuterdan erkin foydalana olishi va hozirgi kunda har bir
ta’lim muassasasi, har bir shaxs Internet tarmog‘i va undagi ma’lumotlardan mohirlik bilan
foydalanishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Xorijiy davlatlar olimlarining adabiyotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
hozirgi
kunda “masofaviy o‘qitish”, “elektron o‘qitish”, “e-learning”, “kompyuter texnologiyalarini
qo‘llab o‘qitish”, “masofaviy ta’lim texnologiyalari”, “tarmoq ichida o‘qitish” (ta’lim
dasturlarini amalga oshirishning tarmoqli shakli), “virtual o‘qitish” va boshqa tushunchalar
mavjud.
Masofaviy o‘qitish jarayonini amalga oshirishda interfaollikni ta’minlash maqsadida
asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, internet texnologiyalaridan
keng foydalangan holda o‘qitishning barcha komponentlar maqsad, mazmun, metod, shakl,
vositalarini amalda qo‘llash nazarda tutiladi. Bunda, albatta, o‘qitish texnologiyalarini va
o‘qitish modellarini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
Masofadan turib o‘qitish davomida o‘qituvchilar bajargan testlari
avtomatik baholash
tizimi yordamida tarmoqda hamda topshiriqlari tyutorlar tomonidan baholab boriladi.
Masofaviy talim olish o‘qituvchilarning mustaqil fikrlash harakatlariga yo‘naltirilgan.
Kursda ishtirok etgan o‘qituvchilar bilan suhbatlarda masofadan o‘qitish orqali malaka
oshirishda o‘qituvchining, ayniqsa chekka hududlardagi o‘qituvchilarning mustaqil o‘qishi
uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Masofadan malaka oshirayotgan o‘qituvchi pedagogik
faoliyatidan ajralmagan holda xohlagan vaqtida, internetga ulangan ixtiyoriy kompterda
o‘qishi o‘qituvchidan ortiqcha mablag‘ va vaqtdan yutishiga imkoniyat yaratadi.
Masofali o‘qitish talim oluvchilarning malaka oshirishga va ularning imkoniyatlarini
kengaytirishga ko‘mak berib, ushbu jarayonda:
– Mutaxassis uyda turib kompyuter orqali o‘z malakasini oshiradi, boshqa tahsil
oluvchilar bilan kommunikatsiya texnologiyalari orqali bog‘lanib turadi;
– Ta’lim oluvchilarning turli guruhlari bilan
ishlash imkoni yaratiladi;
– Ta’lim oluvchilar o‘zlariga mos hamda ma’qul bo‘lgan o‘qish tartibini va jadvalini
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
– Ta’lim oluvchilarning doirasi doimo kengayib borishiga imkon tug‘iladi;
– Bir vaqtning o‘zida ham masofadan turib bilim olishga hamda pedagogik faoliyatni
birga olib borish imkoniyati yaratiladi.
Masofaviy o‘qitishda didaktik tizim - bu masofaviy o‘qitishda ta’lim jarayoni va
natijalarining tarkibi jihatidan murakkab tizim hisoblanadi.
Didaktik tizimning asosiy
elementlari tyutor va ta’lim oluvchining faoliyati bilan bog‘liq masalalardan iborat
bo‘lib, o‘qitish jarayoni va ta’lim oluvchining o‘quv faoliyati hisoblanadi. Didaktik tizim
(yunoncha “systema” — yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) - ma’lum mezonlar
asosida ta’lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatishdan iborat. Didaktik
tizimni an’anaviy, ilg‘or (progressiv), zamonaviy kabi guruhlarga ajratish mumkin.
Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi komponentlarning mazmun mohiyati
quyidagilardan iborat:
•
masofaviy o‘qitish maqsadi - masofaviy o‘qitish
jarayonining oldindan
bashoratlanadigan natijasi va uning aniqlovchi komponenti hisoblanadi, maqsadlar
asosan ta’lim mazmunini belgilaydi;
•
masofaviy o‘qitish mazmuni - masofaviy o‘qitish kurslarida o‘zlashtirilishi lozim
bo‘lgan o‘quv materiallar, bilim, ko‘nikma,
malaka va kompetensiyalar;
•
masofaviy o‘qitish qonuniyatlari - an’anaviy o‘qitish shaklida o‘rnatilgan asosiy