МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
24
OngarovM.B.
Nizomiy nomidagi TDPU mustaqil izlanuvchisi
Таняч сўзлар:
педагогик олий таълим муассасалари, амалиёт, таҳлил, талаблар, морфоло-
гик, анатомик, физиологик,организм.
Ключевые слова:
педагогические вузы, практика, анализ, требования, морфологические,
анатомические, физиологические, организм.
Key words:
pedagogical universities, practice, analysis, requirements, morphological,
anatomical, physiological, organism.
PEDAGOGIK OILY TA‘LIM MUASSASALARIDA O‘QUV-DALA
AMALIYOTI O‘TKAZILISH HOLATI VA UNING TAHLILI
O‘quv-dala amaliyotining maqsadi talabalarning nazariy va laboratoriya mashg‘ulotalrida
olgan bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliyotda qo‘llash, hayvonlarni kuzatish, yig‘ish,
aniqlash qayta ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish va tabiatda sodir bo‘layotgan hodisalarni
mustaqil ravishda kuzatish orqali ularning sababini aniq tasvirlayolishga o‘rgatishdan iborat.
Amaliyot davomida talabalar bilan birga ishchi dasturga muoviq ekskursiya o‘tkaziladi,
ekskursiyalar davomida hayvonlarni yig‘ishning asosiy metodlarini ularni qayta ishalash,
quritish, fiksatsiya qilish, kolleksiya tayyorlash va saqlash hayvonlarni sisiteamitik gugurhlar
va taksonlar bo‘yicha aniqlash va rasmiylashtirishg ao‘rgatiladi.
Amaliyotga qo‘yiladigan talablar amaliyot jarayonida amalga oshiradigan masalalar
doirasida talabalar:
– o‘lkamiz umurtqasiz hayvonlarning keng tarqalgan turlari, Qizil kitobga kirgan turlari
tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishini bilishi kerak;
– hayvonlar ustida kuzatish olib borish, o‘z kuzatishlarini xulosalashda, ko‘nikmalariga
ega bo‘lishi kerak;
-hayvonlarni yig‘ish, jonsizlantirish, fiktsatsiya qilish, kollektsiya tayyorlash malakasiga
ega bo‘lishi kerak.
O‘quv-dalaamaliyotida boshqa biologiya fanlariga tegishli bo‘lgan tushunchalardan keng
foydalaniladi.
Umumbiologik tushunchalar zoologiya kursida umumbiologik tushunchalar mazmunan
juda xilma-xil bo‘lib, hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, to‘qimalari, organlari, ko‘payishi,
rivojlanishi, kelib chiqishi va boshqa bilimlardan iborat.
Anatomo-morfologik tushunchalar hujayra, to‘qimalar, organlar to‘g‘risidagi bilimlardan
iborat. Bu tushunchalar deyarli barcha mavzular mazmuniga kiradi.
Fiziologik tushunchalar organ, organlar sistemasi, organizm funktsiyasi to‘g‘risida
fikrlardan iborat. Ko‘payish va rivojlanish to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘pchilik mavzularning
asosi hisoblanadi .
Zoologiya darslarida o‘tiladigan har bir hayvon atrof muhit bilan birga o‘rganiladi.
Hayvonlarning tuzilishi, hatti-harakati, ko‘payishi va rivojlanishi hususiyatlari o‘zaro
chambarchas bog‘liq. Ana shu sababdan har bir mavzu hayvonlar yashaydigan muhitga tavsif
berishdan boshlanadi.
O‘quv-dala amaliyotining o‘tkazilish holati bo‘yicha quyidagi ikkita pedagogic oily ta‘lim
muassasasini tahlilini ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining Tabiiy fanlarfakulteti I
va II kurs talabalari o‘quv-dala amaliyotini 1947 yildan buyon Toshkent viloyati Bo‘stonliq
tumanining Xumson qishlog‘ida joylashgan o‘quv-dala bazasida o‘tkazib keladi. Bo‘stonliq
tumani uzunligi janubi-g‘arbdan shimoli sharqqacha 160 km, eni esa shimoli g‘arbidan janubi
Do'stlaringiz bilan baham: |