Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 108 www.ares.uz
PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK FIZIKA
O‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH MASALASI
Shaxlo Rafikjonovna Qo‘qonboyeva
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI mustaqil izlanuvchisi
Pedagogika ta'lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil
etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol
ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5
iyundagi PQ-3775-son qarorlariga muvofiq oliy ta'lim muassasalari (keyingi
o‘rinlarda – OTM) bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari sinov-tajriba
asosida malakaviy
pedagogik amaliyoti (keyingi o‘rinlarda MPA deb yuritiladi)ni o‘tash tartibini
belgilaydi. [1]
Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday sifatlarga ega bo‘lishi lozim? Avvalo,
o‘zining pedagogik faoliyatini doimiy takomillashtirib borishi,
kasbiy sifatlarini
rivojlantirishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash malakasini egallashi, yangi
pedagogik g‘oyalarni
ishlab chiqa olish, zamonaviy axborot texnologiyalarini dars
jarayonida qo‘llash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi, o‘z imkoniyatlarini
ob’yektiv baholay olishi zarur. Kompetentli o‘quvchini tayyorlashda pedagogika oliy
o‘quv yurtlarini bitirayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zlari
ham kompetent
pedagog bo‘lib yetishib chiqishlari zaruriy shart hisoblanadi. [2]
Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarini tayyorlashning muhim bosqichlaridan biri
pedagogik amaliyot sanaladi. Oliy ta’lim muassasasi auditoriyasida egallangan
nazariy bilimlar, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar maxsus ta’lim muassasalarida
amaliyot davomida sinovdan o‘tadi, rivojlantiriladi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat
talabalarining pedagogik
amaliyoti muammosi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga
qaratilgan yangi davlat ta'lim standartlarini joriy etish munosabati bilan dolzarbdir.
Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik
darajasini aniqlash maqsadida Respublikamining turli
hududlarida joylashgan oliy
ta’lim muassasalarida pedagogik eksperiment o‘tkazildi.
Eksperiment o‘tkazishdan yana bir asosiy maqsad quyidagilardan iborat edi:
Talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qish jarayonida egallagan bilim,
ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga qay darajada ega bo‘lganliklarini va
mustaqil pedagogik faoliyatga qanchalik darajada tayyor ekanliklarini aniqlash;
Ishlab chiqilgan anketalar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini qanchalik
darajada to‘g‘ri ko‘rsatishini aniqlash;
Oliy ta’lim muassasasida va undan tashqarida
yaratilgan pedagogik shart-
sharoitlarni tashxislash;