Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021 Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 109 www.ares.uz
Pedagogik amaliyotning talabalar kasbiy kompetentligining shakllanishiga
qanchalik darajada ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun o‘quv yili boshida bo‘lajak fizika
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarining dastlabki holatini aniqlash uchun
tegishli anketalar tuzildi. Eksperiment o‘tkazish uchun Toshkent davlat pedagogika
universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Chirchiq davlat pedagogika instituti,
, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Farg‘ona davlat universiteti va Andijon
davlat universiteti tanlab olindi. Bunday tanlanishiga sabab pedagogika institutlarida
va universitetlarda bo‘lajak fizika o‘qituvchilarinning kasbiy kompetentlik darajasini
tahlil qilish.
Dastlabki tajriba sinov ishlari 2020 yilning sentyabr oyida o‘tkazildi. Buning
sababi, talabalar amaliyotga chiqishlaridan avval ularda kasbiy kompetentlik qay
darajada shakllanganligini aniqlab olish. Anketalar o‘tkazishdan oldin tajriba sinov
ob’yektlaridan (har bir oliy ta’lim muassasasidan) tajriba va nazorat guruhlari sifatida
ikkita guruh tanlab olindi va anketalar o‘tkazishdan avval talabalarga nazorat
o‘tkazishning maqsadi tushuntirildi. Anketa so‘rovnomalarida jami 185 nafar fizika
va astronomiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bitiruvchi (4 kurs) talabalari ishtirok
etishdi. Tajriba guruhida “Bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining kompetentligini
shakllantirishda va baholashda kompetentlikka yo‘naltirilgan topshiriqlardan
foydalanish” nomli metodik qo‘llanmadan foydalanildi. Qo‘llanmada bo‘lajak fizika
fani o‘qituvchilarining kompetentligini shakllantirishda va baholashda
kompetentlikka yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiya
va ularni shakllantirish usullari keltirilgan. Qo‘llanmada fizikaning asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha kompetentlikka yo‘naltirilgan topshiriqlar to‘plami berilgan.
Mashg‘ulotlarda kompetentlikka yo‘naltirilgan topshiriqlar(KYT)ni qo‘llash,
eng avvalo, o‘quvchilarda ta'limiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini
aniqlash imkonini beradi.
Tajriba sinov ishlarining boshida ya’ni pedagogik amaliyot davrini
o‘tamaslaridan avval maxsus kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasi
bo‘yicha olingan tashxis natijalari tajriba va nazorat guruhlarida bir-biridan deyarli
farqlanmadi.
Anketa so‘rovnomalari karantin sababli onlayn va oflayn tarzda o‘tkazildi.
Tadqiqot natijasi quyidagi jadvalda aks ettiriladi.