3.4.Shahar maydonlarini rekonstruksiya qilish konseptsiyasi va xulosalari 79
III bob bo'yicha xulosa 83
UMUMIY XULOSALAR 84
ADABIYOTLAR RO’YXATI 87
ILOVALAR 91
KIRISH
2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ko’rsatib o’tilgan muhim masalalar qatorida Arxitektura va shaharsozlik masalasi ham doimiy barqaror dolzarb mavzu bo’lib , davr talabi asosida muntazam tarzda yangilanib takomillashib borishni taqozo etadi [1].
O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Sh. M.Mirziyoyevning “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari“ asarida shunday deyilgan: urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirgan holda, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish kerak. Ana shu ishlar doirasida 7 ta yirik shahar –Andijon, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg’ona, Namangan, Nukusga tutash bo’lgan 12 ta yo’ldosh shaharcha tanlab olinib, ularni rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi [2].
Shu bilan bir qatorda shaharlar muammolari ham o’sib bormoqda. Demak bu masalalarni hal qilishda shaharsozlik va shaharlarning rivojlanish masalalarini tadqiq etish muhim masala hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 119 ta shahar va 1085 ta shahar posyolkalari mavjud. Mana shu shaharlarning 80 % o’rta va kichik shaharlarni tashkil etadi.
Shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy asoslashda shunga tayaniladiki, insonlarning mehnati, maishiy hayoti va dam olishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berishni ta’minlovchi ishlab chiqarish hududlari, madaniy-maishiy va o’quv tarbiyaviy muassasalar, sport inshootlari, savdo va maishiy korxonalar ratsional kompleks tarzda tashkil etilishi lozim.
Respublikamiz hududlarining tabiat iqlimi, aholisining yashash sharoiti va shu kabi barcha shaharsozlik shart-sharoitlarini mukammal o’rganib chiqish natijasida har bir hududga mos keladigan shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqish kerak.
Jahon shaharsozlik tajribalaridan shuni aniqlashimiz mumkinki, rivojlangan shaharlarning vujudga kelishi asosini ilg’or shaharsozlik g’oyalari tashkil qiladi. Ushbu shaharlarga odamlarning kelishi va shahar aholisining o’sib borish ya’ni urbanizatsiya jarayoni ham yuqori sur’atda o’sishini ko’rishimiz mumkin. Chunki shahar sharoitida insonlarning turmush darajasi va sifati yuqori darajada bo’lib, taraqqiyot uchun ko’plab imkoniyatlar mavjuddir.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Samarqand shahrida hamda respublikamizda joylashgan maydonlarning tipologik asoslarini, maydonlarning me’moriy-rejaviy yechimi takomillashgan zamonaviy shakllarini o’rgangan holda loyihaning yangi yo’nalishini izlab topish tadqiqotning predmetini tashkil etadi.
Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqot ishidan maqsad maydon va muhitni saqlab qolish, O’zbekiston sharoitiga qulay bo’lgan loyiha taklifini berishdir. Dunyo mamlakatlaridagi shaharlarda maydonlarini o’rganish, aynan shahar maydonlari haqida maxsus adabiyotlardan, internet saytlaridan foydalanish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida O’zbekiston sharoitida qo’llash bo’yicha taklif loyihasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot ishining bosh maqsadidan kelib chiqib quyidagilar dissertatsiyaning vazifalari sifatida belgilandi:
- shaharlar maydonlarini paydo bo’lish omillarini o’rganish;
-bu sohadagi xorijiy davlatlar tajribalarini o’rganish;
-O’zbekistondagi tarixiy shahar maydonlarni o’rganish ;
- Samarqand shahri misolida taklif loyihani ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |