Qo’shimchalarning
oksidlanishi
va
shlakning
ajralishi.
Shixta
materiallarning suyuqlanish vaqtida temir ruda va pech atmosferasi kislorodi
hisobiga avval Fe oksidlanib, hosil bo’lgan FeO metall vannada erib, ajralayotgan
kislorod Si, P, Mn va S ni oksidlay boshlaydi. Hosil bo’lgan oksidlar (SiO
2
, P
2
O
5
)
FeO va MnO lar bilan birikib, shlak xosil qiladi. Bu shlakda 15 - 20% FeO va 40 -
50%SaO bo’ladi.
Yuqori temperaturada shlakdagi temirning fosforli (FeO)
3
· P
2
O
5
, birkmasi
parchalanadi. Ajralib chiqqan P
2
O
5
dan fosfor uglerod vositasida qaytarilib, yana
metall vannaga o’tib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun hali pech
temperaturasi u qadar ko’tarilmasdanoq shlakni pechdan chiqarish yoki uni shlakda
barqaror birikma holida saqlash uchun pechga ko’proq ohaktosh kiritish lozim.
Po’lat kutilgan tarkibga yaqinlashishi bilanoq birlamchi shlak pechdan chiqarilib
ikkilamchi muhim bosqich, ya'ni uglerod oksidlana boshlaydi. Vannada
oksidlanayotgan metalldan ajralayotgan SO gazi suyuq metallni shiddat bilan
aralashtirib uni gazlar va metallmas qo’shimchalardan tozalaydi. Agar olingan
namuna spektral analiz qilinganda uning tarkibida fosfor miqdori belgilangandan
ortiq bo’lsa, ikkilamchi shlak ham pechdan chiqarilib vannaga ma'lum miqdorda
yana ohaktosh kiritiladi.
Ko’pincha ikkilamchi, uchlamchi shlak pechdan chiqarilgan metalldagi
fosfor miqdori 0,01% gacha kamayadi.
Agar metallni qisman uglerodga to’yintirish zarur bo’lsa, vannaga ma'lum
miqdorda elektrod parchalari, koks va b'zan pista ko’mirda suyuqlantirilgan toza
cho’yan kiritilib, pech darchalari bir necha minut berkitilib uglerod miqdori
kutilgan darajaga yetkaziladi.
Po’latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash.
Buning
uchun vannadagi shlak sirtiga ma'lum miqdorda qaytaruvchi moddalar kukuni
kiritiladi. Shlakdagi FeO dan Fe qaytaruvchilar bilan qaytarilayotgan vaqtda
metalldagi FeO ning bir qismi shlakka o’tib metall FeO dan tozalab boradi. Shuni
ta'kidlash zarurki, metallning qaytarilish darajasi ortgan sari shlak rangi oqara
boshlaydi. Uning tarkibida 55 - 60% SaO, 0,5% gina FeO bo’ladi. Uta qizigan
shlak tarkibida SaS
2
ning mavjudligi metallni oltingugurtdan tozalashga qulay
sharoit yaratadi:
3[FeS] + (CaC
2
) + 2(CaO) = 3(CaS) + [3Fe] + 2CO.
Bu jarayon 0,5 - 1 soat davom etadi. Agar bu shlak sovitilsa, oq kukun tarzida
qotadi. So’ngra vannadan namuna metall olinib kimyoviy tarkibi analiz qilinadi.
Agar legirlangan po’latlar olinadigan bo’lsa, vannaga ma'lum miqdorda
legirlovchi elementlar yoki ularning qotishmalari kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |