4
chiqarish korxonasi, texnik direktori
t.f.n. Samadov A.U.
ToshDTU «Konchilik ishi»
kafedrasi mudiri t.f.n., dos. Petrosov Yu.E.
KIRISH
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng
muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan
rasional va kompleks foydalanishdir.
O’zbekiston metallurgiya sanoatining asosiy va muhim yo’nalishlaridan
biri, bu respublika hudidida joylashgan yirik metall saqlovchi konlarni qazib olish
va ishlab chiqarishga jalb etishdir va shunga respublikamizda barcha imkoniyatlar
mavjud.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O’zbekiston
XXI asr bo’sag’asida:
Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari" asarida O’zbekistondagi konchilik sanoatiga alohida to’xtalib o’tgan.
Tabiiy xom ashyo resurslari haqida so’z yuritilar ekan, Amudaryo bilan Sirdaryo
oralig’ida joylashgan O’zbekiston o’z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay
jo’g’rofiy-strategik mavqega ega ekanligi ta’kidlab o’tiladi.
Yuqorida qayd etilgan asarga murojaat qilib, ushbu satrlarni keltirsak:
«O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi" —
bu erda
mashhur D. I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Hozirga kadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali kazilma konlari va ma’dan namoyon
bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Bir qator foydali qazilmalar (metallar) bo’yicha O’zbekiston tasdiklangan
zaxiralar va istikbolli rudalar jixatdan MDH dagina emas, balki butun dunyoda
ham etakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Shunindek 2009 yilda Respublikamizda qabul qilingan Inqirozga qarshi
dasturi doyirasida, qat’iy tejamkorlik
tizimini joriy etish, ishlab chiqarish
harajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan
korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish choralarni amalga oshirilishi ko’zda
tutiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xozirgi paytda metallurgiya sanoatida
yangi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish dastgohlarni yaratish va ishlab
chiqarishga joriy etish bo’yicha keng maromli ishlar olib borilmoqda. Aytilgan
ishlarni amalga oshirish uchun yuqori malakali, yaxshi bilimga ega bo’lgan
mutaxassislarni tayyorlash zarurdir.
Ma’lumki respublikamiz o’quv ta’limidagi o’tqazilayotgan islohatlar o’rta-
umum, o’rta-mahsus va oliy ta’lim sohasidagi fanlar tarkibidagi ko’plab
o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Tizimning har pog’onalarida o’zgarishlar bo’lib,
alohida o’rta va o’rta-mahsus o’quv yurtiga etibor oshib bormoqda. Bu pog’onada
tayyorlanadigan mutaxassislarga ishlab chiqarishda talab juda katta. O’zbekiston
Respublikasida kasbiy ta’lim shunday darajaga etishi kerakki, bunday ta’lim
mamalakatimizda
va xorijda fan, texnika va texnologiya, hamda iqtisodiyot
5
sohalarida bo’lajak taraqqiyotni hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashni ta’minlay oladigan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: