Metallarni sanoatlashgan tasnifi
Sanoatlashgan tasniflashga asosan hamma metallar ikki guruhga qora va
rangli metallarga bo’linadi.
Qora metallarga temir (Fe) va uning qotishmalari (po’lat, cho’yan,
ferroqotishmalar), shuningdek marganes (Mn) va xrom (Sr) kiradi. Qolgan hamma
metallar rangli metallar hisoblanadi. Rangli metall deb nomlanishi shartli
hisoblanadi. Chunki oltin va mis aniq bir rangga egadir. Qolgan hamma metallar,
shuningdek, qora metallar ham turlicha och va to’q ko’rinishli kulrangga ega.
Rangli metallarni tasniflashda, ularning quyidagi turli xususiyatlariga
asoslangan:
- zichligi (og’ir va engil);
7
- kimyoviy inertligi (qimmatbaho);
- tarqalishini, ishlab chiqarish masshtabini va qo’llanishini chegaralanganligi
(noyob);
- yuqori erish harorati (qiyin eruvchi);
- izomorfligi (tarqoq);
- radioaktivligi (radioaktiv).
Rangli metallar shartli ravishda to’rt guruhga bo’linadi: og’ir, engil, nodir va
noyob.
Og’ir rangli metallar (hammasi 11 dona) asosiy va kichik guruhga bo’linadi.
Asosiy guruhga: mis (Cu), nikel (Ni), qo’rg’oshin (Pb), ruh (Zn), qalay (Sn) kiradi.
Bu metallar o’zining ahamiyati va ishlab chiqarilish hajmi bo’yicha rangli metallar
orasida muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik guruhga: vismut (Bi), mishyak (As),
surma (Sb), kadmiy (Cd), simob (Hg), kobalt (Co). Bular asosiy og’ir metallarning
tabiiy yo’ldoshi hisoblanadi. Ular odatda yo’ldosh komponent sifatida, lekin
kamroq miqdorda ishlab chiqariladi.
Engil rangli metallar (hammasi 7 dona) guruhiga alyuminiy (Al), magniy
(Mg), hamda ishqoriy metallar natriy (Na), kaliy (K) va ishqoriy-er metallari bariy
(Ba), kalsiy (Ca), stronsiy (Sr). Boshqa metallarga qaraganda bu guruh metallari
eng kichik zichlikka ega.
Nodir metallar (hammasi 8 dona) guruhiga oltin (Au), kumush (Ag), platina
(Pt) va platinoidlar: ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir)
kiradi. Bu metallar atrof – muhit va korroziyali muhitga qarshi yuqori bardoshlik
qobiliyatiga ega.
Noyob metallar (hammasi 57 dona) guruhi o’z navbatida qo’yidagi
guruhlarga bo’linadi:
a) qiyin eriydigan noyob metallar: titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, volfram,
molibden, tantal, niobiy, reniy;
b) engil noyob metallar: litiy, berilliy, rubidiy i seziy;
v) tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy;
g) noyob–er metallari: skandiy, ittriy, lantan i lantanoidlar (seriydan
lyutesiyagacha bo’lgan 14 element);
d) radioaktiv metallar: radiy, aktiniy va aktinoidlar (toriy, prokaktiniy, uran
va transuran elementlar), poloniy.
Rangli metallarni tasniflanishi shartli bo’lib, ayrim metallar turli guruhlarga
kirishi mumkin. Masalan, titanni ham qiyin eruvchi, ham engil noyob metallarga,
reniyni ham tarqoq, ham qiyin eruvchi metallarga kiritish mumkin.
Keltirilgan metallarning sanoatlashgan tasnifi hozirgi vaqtda ilmiy va
texnologik ketma – ketlik asosida tuzilgan deb tan olish mumkin emas. Unda
metall guruhlari nomlanishi ham ma’lum bir tamoyillarga asoslanmagan. Ko’p
hollarda u yoki bu metallning ishlab chiqarilishi va ishlatilishining o’sishi bilan
metallarni sanoatlashgan tasnifining umumiy tamoyillariga zid holda metall bir
guruhdan boshqa guruhga o’tishi mumkin. Shunday XIX asr oxirida alyuminiy
noyob metall hisoblanardi, biroq hozirda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi jihatdan
u qolgan barcha rangli metallar orasida birinchi o’rinni egallaydi. Ma’lum va juda
8
keng tarqalgan volfram, molibden, titan va boshqa ayrim metallarga «noyob
metall» degan terminning ishlatilishi ham to’g’ri emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |