Volfram boyitmalarini qayta ishlash texnologiyasi
Volfram boyitmalarini qayta ishlashdagi asosiy mahsulot volfram 3-oksidi
bolib, volfram karbidi va volframni metall holida olish uchun xizmat qiladi.
Sanoatda volfram boyitmalari qayta ishlashning bir qancha texnologik usullari
malum.
Qaysi texnologik usulni qollash xomashyoning turiga, ishlab chiqarish
miqyosiga, volfram 3-oksidining texnologik talablariga va uning fizikaviy sifatiga
hamda xomashyoni qanday usul bilan keltirilishiga, ya'ni uning tannarxiga bogliq
boladi.
Boyitmalarni qayta ishlash quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
- boyitmalarni parchalash;
- texnik volfram kislotasini olish;
- texnik kislotani aralashmalardan tozalash.
Bunda quyidagi texnologik parchalash usullari ishlatiladi. Volframit va
sheyelit boyitmalari kuydiriladi yoki soda bilan suyultirilib, suvda tanlab eritiladi
yoki avtoklavda sodaning suvli eritmasi bilan qayta ishlanadi. Ayrim hollarda
volframit boyitmalari natriy gidroksidining suvli eritmasi bilan qayta ishlov
beriladi. Sheyelit boyitmalari esa kislotalar bilan parchalanadi.
Bu usullarning hammasida ishqorli reagentlar (soda, o'yuvchi natriy)
qo'llanganda, natriy volframatning suvli eritmasi hosil bo'ladi va undan texnik
volfram kislotasi yoki volfram birikmalari hosil qilinadi.
Volfram boyitmalarini kislotalar bilan parchalashda volfram kislotasi
cho'kmada hosil bo'ladi va aralashmalardan tozalanadi. Quyida parchalash
texnologik usullaridan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
Sodali kuydirish texnologiyasi
Sodali kuydirish texnologiyasi sanoatda eng ko'p qo'llaniladigan parchalash
texnologiyasi hisoblanadi. Bu usulda quyidagi texnologik jarayonlar boradi va
uning texnologik tizimi I- chizmada berilgan.
Kuydirish
volframit boyitmasi kislorod ishtirokida soda bilan quyidagicha
reaksiyaga kirishadi:
179
2FeWO
4
+ 2Na
2
CO
3
+ 1/2O
2
= 2Na
2
WO
4
+ Fe
2
O
3
+ 2CO
2
3MnWO
4
+ 3Na
2
CO
3
+ 1/2O
2
= 3Na
2
WO
4
+ Mn
3
O
4
+ 3CO
2
Reaksiya qaytmas bo'lib, CO
2
uchib chiqadi va Mn va Fe to'liq oksidlanadi.
Bujarayon 800 - 900°C haroratda ro'y beradi. Reaksiya to'liq borishi uchun
sodaning miqdori 10 - 15% nazariy jihatdan ko'p olinadi. Boyitma tarkibidagi
boshqa elementlarni ham oksidlashga sarf bo'ladi. Temir va marganesning
oksidlash jarayonini tezlatish uchun 1 – 4 |% miqdorda o'g'it solinadi. Boyitma
tarkibidagi kremniy, fosfor, margimush, molibden va boshqa moddalar ham soda
ta'sirida eruvchan tuzlarni hosil qiladi, ya'ni:
SiO
2
+ Na
2
CO
3
= Na
2
SiO
3
+CO
2
Ca
3
(PO
4
), + 3Na
2
CO
3
= Na
3
PO
4
+ 3CaCO
3
As
2
S
3
+ 6Na
2
CO
3
+ 7O
2
= 2Na
3
AsO
4
+ 3Na
2
SO
4
+ 6CO
2
MoS
2
+ 3Na
2
CO
3
+ 2O
2
= Na
2
MoO
4
+ 2Na
2
SO
4
+ 3CO
2
Shixtadagi ortiqcha soda temir oksidi bilan reaksiyaga kirishib, natriy
ferritlarini hosil qiladi va u oqavali ishqorlash jarayonida ishqor hosil bo'lishi bilan
boradi.
Na
2
CO
3
+Fe
2
O
3
=2NaFeO
2
+CO
2
2NaFeO
2
+H
2
O=2NaOH+Fe
2
O
3
800—900
0
C haroratli o'zgarishda yuqoridagi reaksion moddalar aralashmasi
xamirsimon suyultma holida bo'ladi va uni kuydirma deyiladi. Bu kuydirmaning
tarkibi — natriy volframati, temir oksidi va ferriti, marganes oksidlari va
aralashmalarning natriyli tuzlari, ortiqcha soda va reaksiyaga kirishmasdan qolgan
volframit mineralidan iborat bo'ladi.
Sanoatda bu jarayonlar maxsus ishlangan to'xtovsiz yoki davriy aylanuvchi
pechda amalga oshiriladi. Bunday pechlarda volframit boyitmalarining
parchalanishi 98—99% ni tashkil qiladi. Sanoatda qo'llaniladigan aylanuvchi
pechlarning uzunligi 20—25 m bo'lib, uning ichi shamot g'ishtlari bilan o'ralgan
bo'ladi. Icliki diametri 1,8—2 m 2—3
0
qiya holida o'rnatiladi. Bu pechlardagi
harorat mazut, generator gazlarini yoqish bilan amalga oshiriladi. Pechlarning
aylanish tezligi daqiqada 0,5 dan 2 gacha bo'ladi. Quyidagi 8.1 – rasmda volfram
boyitmalarini soda ishtirokida kuydirish texnologiyasining apparat zanjir sxemasi
keltirilgan.
180
Do'stlaringiz bilan baham: |