Cho’ktiriladigan shaklga qo’yiladigan talablar quyidagilar:
• aniq kimyoviy formulaga mos kelishi;
• kam eruvchan bo’lishi, ya’ni eruvchanlik ko’paytmasi 1*10-8 dan kichik bo’lishi;
• kristall tuzilishga ega bo’lishi;
• oson yuvilishi va filtrlanishi;
• tortiladigan shaklga oson va to’liq o’tishi kerak.
Tortiladigan shaklga qo’yilgan talablar:
• tortiladigan shaklning tarkibi (aniq biror) kimyoviy formulasiga mos kelishi;
• tortiladigan shakl kimyoviy jihatdan barqaror bo’lishi, ya’ni , havo, oksidlovchilar, , nam ta’sirida o’zgarmasligi;
• katta molekular massaga ega bo’lishi kerak.
Masalan, Ba2+ ionini cho’ktirish uchun cho’ktiruvchi modda tanlashda bariyning quyidagi kam eruvchi tuzlari eruvchanlik ko’paytmalarini solishtirish mumkin:
BaSO4 EK = 1,1 • 10-10
BaCrO4 EK = 1,2 • 10-10
BaMnO4 EK = 2,5 • 10-10
BaCO4 EK = 8,1 • 10-9
BaClO4 EK = 1,6 • 10-7
Mn ning ishlatilishi, kimyoviy analiz usullari orqali aniqlanishi, zaharliligi, tirik organizmlar tarkibiga kirishi va biologik o’rni.
Ishlatilishi. Marganetsning asosiy qismi poʻlat ishlab chiqarishda, rangli metallurgiya sanoatida, alyuminiy va magniy qotishmalari tayyorlashda, korroziyaga qarshi ishlatiladigan qoplamalar tayyorlashda qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |