Termiz Davlat Universiteti
Kimyo va texnologiya fakulteti
Kimyo ta’lim yo’nalishi
206-guruh talabasi
Rajabov Sarvarning
“Analitik kimyo” fanidan “Analiz xatoligining sinflanishi” mavzusi asosida tayyorlagan
KURS ishi
MUNDАRIJА:
Kirish.
I. Asosiy qism
I.1. Miqdoriy analizdagi xatolar
I.2. Gravimetrik analizning bajarilish tartibi.
I.3. Peptizatsiya, tuzlanish, birgalashib cho’kish, adsorbsiya, okkluziya, izomorf so’zlari va jarayonlari ma’no – mohiyati.
II. Tajribaviy qism:
II.1. BaCl2 • 2H2O tarkibidagi kristallangan suv miqdorini aniqlash.
II.2. Bariy xlorid tarkibidagi bariyning miqdorini aniqlash .
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Bizning yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim –yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
SH. M. Mirziyoyev.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 31-yanvar kuni poytaxtimizning Olimlar ko‘chasidagi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurdi.
Mazkur hududda ilm-fanning turli yo‘nalishlarida bir necha ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat olib boradi. Ma’lumki, 2020-yil mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e’lon qilindi. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida shu boradagi maqsadlarga to‘xtalar ekan, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiyada fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha sharoitlar yaratilishi belgilandi. Bugun O‘zbekistonda kimyo yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtta ilmiy-tadqiqot muassasasi mavjud, ularda 250-nafardan ziyod ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaratilgan ishlanmalar asosida yangi o‘g‘itlar, defoliantlar, o‘sish stimulyatorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Prezidentimiz kimyo sohasi mineral o‘g‘it ishlab chiqarish bilan cheklanib qolayotgani, bu yo‘nalishdagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish samaradorligini oshirish, buning uchun tadqiqotlarning tarmoq korxonalari ehtiyojiga hamohangligini ta’minlash muhimligi qayd etildi. “O‘zkimyosanoat” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlariga o‘z tizimidagi yirik korxonalarda zamonaviy infratuzilmaga ega tajriba-ishlab chiqarish laboratoriyalari tashkil etish, ularni fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga yo‘naltirish esa Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga yuklandi. Mineral resurslardan foydalanish unumdorligini oshirish maqsadida “Ko‘mir va materiallar kimyosi” ilmiy-tajriba laboratoriyasini, Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutida “Ko‘mir kimyosi va texnologiyasi” ilmiy yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Zamonaviy qurilish materiallari yaratish bo‘yicha yangi ilmiy muassasalar, xususan, yangi kompozit materiallar va innovatsion kimyo texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan laboratoriya tarmog‘ini tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |